ANDIJON KADASTR
1.45K subscribers
7.41K photos
866 videos
6 files
4.92K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Bilamiz kadastr xujjatlari tayyorlangandan so‘ng bir nushasi kadastr filialida qoladi. Shu kadastr xujjatlari tashkilotning arxivida saqlanadimi yoki Davlat arxivlariga topshiriladimi.

😄 Javob: Ko‘chmas mulk obyektlariga shaklallantirilgan kadastr hujjatining arxiv nusxasi kadastr organining arxivida doimiy salanadi va bu hujjatlar Davlat arxivlariga topshirilmaydi.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raddiya

Ijtimoiy tarmoqlarda Jalaquduq tumani Boycheki MFY hududida suv yolining to'sib olish holati bo'yicha tarqalgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan quyidagilar ma'lum qilinadi.

O‘rganishda murojaatda ko‘rsatilgan Jalaquduq tumani Boycheki mahalla fuqarolari yig‘ini Jasur ko‘chasida joylashgan hovli-joyga Jalaquduq tumani hokimining 12.12.2013-yildagi 46-q-sonli qaroriga asosan marhum Q.Teshaev nomiga egalik qilish huquqi tasdiqlangan va qarorga asosan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib "Ermulkkadastr" DK Jalaquduq tumani filiali tomonidan 24.12.2013-yilda 9/980 tartib raqami bilan davlat ro‘yxatiga olinganligi ma’lum bo‘ldi.

Murojaatni o‘rganish davomida marhum Q.Teshaevning o‘g‘li A.Teshaev bilan suhbatlashilganda bu hovli-joy taxminan 60 yildan buyon shu holatda bo‘lganligini va fuqaroni o‘zi ham shu uyda tug‘ilib katta bo‘lganini, murojaatda keltirilgan holatlar esa haqiqatga to'g'ri kelmasligini bayon qilgan.

Murojaatda Kadastr rahbari R.Karimov tomonidan yuqoridagi uy-joylarni kadastr hujjatlarini tayyorlashga aloqador ekanligi to‘g‘risida keltirilgan vajlar ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumot, boisi hozirda Kadastr agentligi tuman bo‘limi boshlig'i R.Karimov yuqoridagi hovli-joyga egalik huquqi tasdiqlanib kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan vaqti yani, 2013-yillari oliy o‘quv yurti talabasi (2010-2014-yillar) bo‘lganligi va o'sha vaqtlarda Kadastr organlariga hech qanday aloqasi bo‘lmaganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқанд шаҳрида Бутунжаҳон туризм ташкилоти Бош Ассамблеясининг 25-сессияси очилиш маросимида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии открытия 25-й сессии Генеральной Ассамблеи Всемирной туристской организации в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #sessiya #YNVTO #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Andijon #kadastr #amaliyot

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan Ma'muriy amaliyot yo'nalishida 2023-yilning 1-16-oktabr kunlari amalga oshirilgan ishlar tahlili.

➡️ Batafsil: Infografikada

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR MANZILLARI.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining Baliqchi tuman filiali.

📍Manzil: Baliqchil tumani, Markaz MFY Baliqchi shox ko'cha 16-a uy.

🇺🇿 Filial rahbari - Teshaboev Dilshodbek Chimberdievich

📞 Murojaat uchun telefon: 94-102-42-13

😎 Sizning ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash, bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash va shu kabi sohaga doir murojaatlaringizga huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

📝 Ma'lumot uchun: Tumanda 66 ta mahalla mavjud bo'lib, 211 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

🌍 Umumiy yer maydoni 33 892 gektarni tashkil etadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

⭕️Yer maydonlarini oʼzboshimchalik bilan egallab olganlik uchun javobgarlik mavjud.

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi 2-qismiga asosan;

🌍 Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish:

⭕️Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari;

⭕️Mansabdor shaxslarga ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Suhbat

🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining tuman va shahar filiallarida bo'sh turgan kadastr muhandislari lavozimlari uchun 16 nafar nomzodlar boshqarmaning "Ishga qabul qilish komissiyasi" a'zolari tomonidan suhbatdan o'tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Meni yashab kelayotgan uyimga kadastr raqami berilmagan ekan yangi kadastr raqami olish uchun qayerga murojaat qilishimiz kerak.

😄 Javob: Agar Siz yashab kelayotgan uy-joyingizga kadastr kod raqami berilmagan bo‘lsa u holda manzil kod raqami olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali orqali elektron buyurtma berishingiz kerak bo’ladi.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM