ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#OAV_biz_haqimizda #gazeta

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Buloqboshi tumani bo'limi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan "BULOQBOSHI" gazetasida maqola chop etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_xalq_xizmatida

Xalq xizmatida bo‘lish oliy burch.

Kadastr tizimi hodimlari tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, muammolarni aniqlab, ularga aniq choralar ko‘rish, fuqarolarga kadastr sohasida huquqiy tushunchalar berish maqsadida soha xodimlari tomonidan "Mahallabay", "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Hususan, ⭐️ Kadastr agentligining 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jalaquduq tumani filiali xodimlari tomonidan "Mahallabay" va "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilib xalq roziligi yo'lida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ma'lumot uchun: Jalaquduq tumanida 41 545 ta ko'chmas mukl obyektlari mavjud bo'lib bugungi kunga qadar yuqoridagi ko'chmas mulklarining 24 360 tasiga soha mutaxassislari tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi ta'minlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “Men Toshkent shaxridan saylovchilarizdan biri Shukurullo Parpiyev” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilganda murojaatdagi turar-joy Shahrixon tumani To‘lqin MFY Qo‘rg‘oncha ko‘chasida joylashgan uy-joylarga nisbatan Shahrixon tumani hokimining 2006-yil 13-iyun kungi “Imoratlarga egalik huquqi tiklash haqida”gi 144-Q-sonli qarori bilan K.S ning 1200,0 kv.metrda joylashgan bino va inshootlarga egalik huquqi tiklanib, kadastr hujjatlari tayorlangan hamda Yer resurslari, geodeziya kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Аndijon viloyati ro‘yxatga olish ofisi tomonidan 2006-yil 27-iyun kuni kadastr kitobiga 230/52/65-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan.

Shundan so‘ng, fuqaro K.S o‘ziga tegishli hovli joylarini Shahrixon tumani 2-sonli Davlat notarial idorasining 2006-yil 3-iyul kungi reestr №1016 raqami bilan qayd etilgan hovli-joy xadya shartnomasiga asosan qizi Q.Zga o‘tkazib bergan.

Q.Z
2015-yil 21-sentabr kuni Shahrixon tumani 2-sonli Davlat notarial idorasi tomonidan reestr № 7117 raqami bilan qayd etilgan uy joy oldi-sotdi shartnomasiga asosan o‘ziga tegishli hovli-joyni S.J ga sotgan hamda fuqaro S.J sotib olgan uy-joyni Аndijon viloyati xo‘jalik hisobidagi “Yermulkkadastr” xizmati Davlat unitar korxonasi Shahrixon tuman idorasi tomonidan 2015-yil 3-oktabr kuni kadastr hujjatlari rasmiylashtirib kadastr kitobini 16/2207 tartib raqami bilan davlat ro‘yxatiga olingan.

Fuqaro S.J o‘ziga tegishli bo‘lgan hovli joyini 2020-yil 23-sentabr kuni Shahrixon tumani xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusi tomonidan 202001448001665 raqami bilan qayd qilingan turar-joy oldi-sotdi shartnomasiga asosan Toshkent viloyati Chirchiq shahri 3-kichik daxasi 11-uy 10-xonadonda yashovchi Parpiyev Shukurullaga sotganligi maʼlum bo‘ldi. Fuqaro Parpiev Shukurrulla sotib olgan ushbu uy-joyiga Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 2020-yil 24-sentabr kuni “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risida”gi 1703230/R-A1238746-sonli Davlat Reyestridan ko‘chirma taqdim etilgan.

Xozirgi kunda Shahrixon tumani To‘lqin MFY Qo‘rg‘oncha ko‘chasidagi Parpiev Shukurulloga tegishli hovli-joyda dastlabki egasi K.Sni o‘g‘li K.Sh ya’ni Q.Z ni akasi oila a’zolari bilan yashab istiqomat qilib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu uy-joylardan foydalanayotgan fuqaro K.Sh tomonidan tegishli tashkilotlardan hech qanday ruxsatnomasini olmasdan Parpiyev Shukurulloga tegishli bo‘lgan bino va inshootlarni buzib, ularning o‘rniga yangi qurilishlar qurib, olganligi aniqlandi. Ushbu holat natijasida fuqaro Parpiev Shukurulloga tegishli bo‘lgan uy-joyda mulkiy nizolar yuzaga kelgan. Mazkur nizolarni hal qilish uchun Uy-joy kodeksining 140-moddasiga asosan sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq ekanligini bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#suhbat #Andijon_viloyati

⭐️ Kadastr agentligining 🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining tuman, shahar filiallarida bo'sh turgan lavozimlari uchun 12 nafar nomzodlar boshqarmalarning "Ishga qabul qilish komissiyasi" a'zolari tomonidan suhbatdan o'tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TAYINLOV

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Andijon shahar bo'limi yetakchi inspektori lavozimiga Mavlyanov Alisher Shuxrat o'g'li tayinlandi.

Alisher Mavlyanov tayinlovga qadar Davlat kadastrlari palatasi Andijon shahar filialida kadastr muhandisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi jamoasi Alisher Mavlyanovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#auksion

⚖️ Andijon viloyatida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun 706 ta yer uchastkalari auksion savdolarida sotildi.

➡️Batafsil: Infografikada

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

O'zboshimchalik bilan egallab olish holatlari bartaraf etilmoqda.

🌟 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Bo'ston tuman bo'limi inspektorlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijasida tumanning Navoiy massivi qishloq xo'jaligi xaritasining 246-q-konturidagi tuman “Agropilla” MCHJ ixtiyorida bo'lgan 2,4 gektar yer maydonining 80 kv metr qismini fuqaro P.M tomonidan o'zboshimchalik bilan eganlanib 80 kv.m yer maydoniga qurilish ishlari olib borilganligi aniqlandi.

📃 Holat yuzasidan agentlikning tuman bo'limi tomonidan fuqaroga o'zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani o'z hisobidan ixtiyoriy buzib bartaraf etish bo'yicha koʼrsatmalar berildi hamda o'zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar belgilangan tartibda bartaraf etilishi ta'minlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

O'zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi.

🌟 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko'l tumani bo'limi inspektorlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijasida tumanning Dalvarzin mahallasi hududidagi 0,02 gektar yer maydonini Qo‘shtepa mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro E.N tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallanib uy-joyga moslashgan holda qurilish ishlari olib borilganligi aniqlandi.

📃 Holat yuzasidan agentlikning tuman bo‘limi tomonidan fuqaroga Vazirlar Mahkamasining 05.07.2017-yildagi 467-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari bo‘yicha o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani o‘z hisobidan ixtiyoriy bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident

Бош прокуратура, Кадастр агентлигига
бир ой муддатда Фарғона вилоятида сўнгги беш йилда саноат зоналари ва бўш турган ишлаб чиқариш майдонлари тоифасини якка тартибдаги уй-жой қуришга ўзгартириш ҳолатларини текшириб, қонун устуворлигини таъминлаш топширилди.

Бундан буён, саноат мақсадлари учун мўлжалланган ерлар тоифасини ўзгартириш бўйича қарорлар фақат Ҳукумат комиссияси розилиги билан амалга оширилиши белгиланди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy ma'lumot

Xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari.

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:

Foydali qazilma konlari, qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari joylashgan yer uchastkalari;

Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek o‘rmon hamda suv fondlarining, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarining muhofaza zonalari, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari);

Xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari;

Qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga taqdim etilgan yer uchastkalari — maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatadigan davrda;

Ko‘p kvartirali uylar joylashgan, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari;

Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvlar va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan, shuningdek yuridik shaxslarga jamoat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live🔴 #Ma_rifiy_soat #kadastr_boshqarmasi #Andijon_viloyati

⭐️Kadastr agentli hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi хodimlari ishtirokida 🦅Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlangan "Siyosiy-ma'rifiy" o'quv soatida ishtirok etmoqda.

Mazkur ma'rifiy soatda 🦅Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali yetakchi inspektori Qosimov Donyorbek ishtirok etib, bugungi siyosiy-ma'rifiy soat kun tartibiga qo'yilgan yo'nalishlar bo'yicha o'zini fikr mulohazalarini bildirib o'tdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM