ANDIJON KADASTR
1.45K subscribers
7.42K photos
866 videos
6 files
4.92K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
▪️2-iyul - O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kun▪️

🌏 Gerb — har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. Bugun O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni! “O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan.

🇺🇿 Oʻzbek xalqining shon-sharafi, gʻururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassamlashtirgan gerbimiz jonajon Vatanimizning betakror timsoli, oʻziga xos va oʻziga mos davlat ramzlaridan biridir.

🇺🇿 Uni e’zozlash o‘zining, o‘z mamlakatining qadr-qimmatini bilgan har bir insonning muqaddas burchidir.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dron_shou #Kadastr_agentligi

Oldin xabar berganimizdek 2-iyul kuni Toshkent shahridagi Xalqlar doʻstligi maydonida 👌 dron shou boʻlib oʻtdi!

"Dronlar-shousi" 2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat 🌏 gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan o'tkaziladi.

👌 Dronlar shousi 250 ta dron ishtirokida 4 ta shakl yasaldi.

Tadbir tashkilotchilari tomonidan "Dronlar-shou"sini o'tkazgan Geoinnovatsiya markazi xodimlariga minnatdorchilik bildirildi.
Tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #qaror_ijrosi #Yangi_Andijon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 22-sentyabrdagi PQ-377-sonli qaroriga asosan Yangi Andijon shahrida tashkil etilgan Ipoteka markazi o‘z ishini boshladi.

Mazkur markazda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida uy-joy uchun subsidiya olish, turar-joy xarid qilishda ishtirok etadigan viloyatdagi barcha tashkilotlar uchun joylar ajratildi. Shuningdek, fuqarolarni kadastr sohasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish uchun 💫Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining 1 nafar malakali mutaxassisi biriktirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

🌍 Yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish bo‘yicha barcha imtiyozlar tugatildi

🇺🇿 Prezident Farmoni bilan yer uchastkalarini berish bo‘yicha ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

😎qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali beriladi (realizatsiya qilish);

😎yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni to‘liq chiqarib tashlandi;

😎jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlar takomillashtiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmarlari

🔘KADASTR XIZMATLARI UCHUN TO'LOVNI ONLAYN AMALGA OSHIRISH🔘

🌟Kadastr xizmatlari uchun to'lovlarni istalgan joyda turib 📲mobil dasturlar orqali to'lash imkoniyati mavjudligidan xabaringiz bormi?

📺 Mazkur video rolik orqali 5 ta qadam orqali to'lovlarni amalga oshirishni o'rganib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

💫 Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtaobodda yer sotilyabdi deyilmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Murojaatda keltirilgan yer maydoni tumanning Teraktagi MFY hududida joylashgan mahalla o‘yingohi bo‘lib, holat o‘rganilganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.07.2022-yildagi “Mahallada sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-331-sonli qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan Teraktagi MFY hududidan 0,43 gektar yer maydonida “MIKROMARKAZ” tashkil etish belgilangan.

Shunga asosan Paxtaobod tumani hokimining 2022-yil 22-oktabrdagi hamda 2023-yil 02-fevral kungi tegishli qarorlari bilan yer uchastkalari tuman zaxirasiga qaytarilib, har biri 0,0252 gektar o'lchamda lotlarga bo'linib "Yerelektron" AAT ga kiritilgan va fuqarolar tomonidan auksion savdolarida ishtirok etish orqali go'lib deb topilib, yer uchastkalarini sotib olgan. Yuqorida ko'rsatilgan yer maydonlarida bugungi kunda fuqarolar tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Paxtaobod tumani istiqomat qiluvchi fuqarolarga yuqoridagi kabi yer maydonlari olish istagi bo'lsa e-auksion.uz sayti orqali Teraktagi MFY hududidan auksion savdolariga chiqarilgan yer maydonlarini sotib olishi mumkinligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #amaliyot

⭐️ Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan Ma'muriy amaliyot sohasida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumot.

📃 Infografika ko'rinishida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

🇺🇿 Biz bir butun O‘zbekistonmiz!

📆 2023-yil 9-iyul O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tizimidagi eng yaxshi tuman-shahar bo'limiga ovoz bering.

Qaysi tuman-shahar bo'limining faoliyatini yuqori baholaysiz? O'sha bo'limga ovoz bering. Ovoz berish 14-iyul kuni soat 23.59 da to'xtatiladi. G'olib bo'lgan bo'limga viloyat boshqarmasi tomonidan qimmatbaho sovg'a va diplom topshiriladi.

‼️ Muhim: Ovoz berib, kanallardan chiqib ketilsa, ovoz avtomatik bekor bo'ladi.
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi Аndijon viloyati boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “Бизга ёрдам беринг” —Андижон ҳокимига Булоқбошилик аёллардан мурожаат. sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Murojaatda keltirilgan yer maydonlari tumanning A.Qayumov massivida joylashgan bog‘dorchilik yo‘nalishida “A.A” fermer xo‘jaligi 944-konturda faoliyatini olib borayotgan fermer xo‘jaligining balansidagi mavjud yer maydoniga B.N, X.X, T.M lar tomonidan  o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallab olib uy-joy solib olinganligi yuzasidan Buloqboshi tuman prokuraturasiga  “A.A” fermer xo‘jaligi ariza bilan murojaat qilgandan so‘ng Buloqboshi tuman prokuraturasi Xo‘jaobod tumanlararo fuqarolik sudiga daʼvo ariza bilan murojaat qilgan murojaatga asosan 2022-yil 1-iyun kuni Xo‘jaobod tumanlararo sudining 2-1706-2201/2247-sonli ish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi nomidan hal qiluv qarori qabul qilinib daʼvogar Buloqboshi tuman prokurorining “A.A” bog‘i fermer xo‘jaligi manfaatini ko‘zlab, javobgar X.Xga nisbatan o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani buzish va yer maydonini fermer xo‘jaligi ixtiyoriga qaytarish haqidagi daʼvosi qanoatlantirilgan.

fuqao X.Xning Andijon viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov xayʼatiga qilgan apelyatsiya shikoyati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov xayatiga ketirgan kasatsiya shikoyatlari qanoatlantirmasdan qoldirilgan.

Shuningdek, fuqaro X.X tomonidan Andijon tumanlararo maʼmuriy sudiga A.A fermer xo‘jaligiga Buloqboshi tumani hokimining 2019-yil 14-fevral kungi № 386-Q-sonli qarori bilan ajratilgan yer maydonininig qarorini bekor qilish hamda o‘zi tomondan qurilgan qurilmalarga kadastr hujjatini tayyorlab berishni so‘rab qilgan daʼvo arizasi maʼmuriy sud tomonidan rad etilgan.

Ijtimoiy tarmoqda chiqqan 3 nafar ayolllar uy-joy qurish uchun ajratilgan deb vaj qilib ko‘rsatilayotgan Buloqboshi tuman hokiminig 1993-yil 6-dekabr kungi 403-sonli qarori hamda A.Qayumov nomli jamoa xo‘jaligining 1993-yil 27-iyuldagi 3-sonli qarorlari davlat arxividan so‘ralganda O'zarxiv agentligi tomonidan 2022-yil 21-oktabr kungi -2388-7263-5230-620a-53a2-4433-6670-sonli ma'lumoti bilan bunday qarorlar arxiv saqlovida mavjud emasligini bildirgan, shu sababli sudlar tomonidan murojaatda keltirilgan fuqarolar tomonidan qurilgan qurilmalar noqonuniy ekanligi va ushbu qurilmalarni buzdirish yuzasidan Hal qiluv qarorlari qabul qilinganligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM