ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.4K photos
863 videos
6 files
4.9K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda “Obunachilarimizdan taxrirsiz” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Mazkur murojaat ijtimoiy tarmoqlarda dastlab eʼlon qilinganida Kadastr agentligi Oltinko‘l tumani bo‘limi tomonidan joyida o‘rganilgan hamda qonun buzilish holati bo‘yicha fuqaro N.O ga o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilayotgan qurilishlarini o‘z hisobidan ixtiyoriy bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish va yozma ko‘rsatma berilganligi to‘g‘risida maʼlumot berilgan edi.

Yuqoridagi holat fuqaro tomonidan belgilangan muddatlarda ixtiyoriy bartaraf etilmaganligi sababli bo‘lim tomonidan joriy yilning 25-aprel kuni o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino-inshootlarni majburiy buzdirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga davo arizasi kiritiganligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Davlat ro‘yxatidan o'tgan ▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2023 yil 26-aprel 2-may kunlari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📁 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 8 455 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda “#обуначиларимиздан” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

O‘rganishda, Izboskan tuman hokimining 27.08.2017 yildagi 905-q-sonli qarori bilan Izboskan tuman, “Markaz” mahallasi hududidagi, tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan, qishloq xo‘jaligida foydalanishga mo‘ljallanmagan 0.50 gektar yer maydoni “I. Z.D” a/f ixtiyoriga “Meva va sabzavotlarni qadoqlash va quritish sexi hamda 500 tonnalik muzlatgich” qurilishi uchun ajratib berilgan.

Ushbu yer maydoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.10.2015 yildagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 3-bandi talablari asosida “Ochiq tanlov” o‘tkazilmagan holda qonunchilik hujjatlari talablari asosida to‘g‘ri ajratib berilgan.

Ajratib berilgan 0.50 gektar (amalda 4982.15 kv.metr) yer maydonida “I. Z.D” a/f tomonidan qurilgan bino-inshootlarga (foydalanish maydoni 443.31 kv.metr) nisbatan 06.03.2019 yilda  06 mart kuni 18-sonli “Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binoni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi”ga asosan mulk xukuki vujudga kelgan bo‘lib va bino-inshootlarga shakllantirilgan kadastr pasporti asosida Davlat kadastrlari palatasi Izboskan tuman filiali tomonidan 30.06.2020 yilda 1703214/R-A-1090123-tartib raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Shundan so‘ng, “I. Z.D” a/f o‘ziga tegishli bo‘lgan bino-inshootlarni qismlarga bo‘lgan holda quyidagi shaxslarga oldi-sotdi shartnomalarga asosan sotgan, jumladan;

- Z.Sga 1000,0 kv.metr yer maydonida joylashgan, jami qurilish maydoni  192.0 kv.metrni tashkil etadigan muzlatkich va naves inshootini,

- R.Dga 966.83 kv.metr yer maydonida joylashgan, jami qurilish maydoni 279.60 kv.metrni tashkil etadigan hojatxona va naves inshooti,

- G.Ega 400 kv.metr yer maydonida joylashgan, qurilish maydoni 14 kv.metrni tashkil etadigan qorovulxona binosi,

- X.Bga 2381.33 kv.metr yer maydonida joylashgan, jami qurilish maydoni 395.6 kv.metrni tashkil etadigan, 2 ta muzlatkich, yordamchi bino va qo‘rg‘on devor inshootlarni,

- P.Dga 541.33 kv.metr yer maydonida joylashgan, jami qurilish maydoni 133.20 kv.metrni tashkil etadigan, hojatxona, ishchilar dam olish binosi, muzlatkich va qo‘rg‘on devor inshootlarni sotilgan.

Yuqoridagilarga asosan “I. Z.D” a/f “Meva va sabzavotlarni qadoqlash va quritish sexi hamda 500 tonnalik muzlatgich” qurilishi uchun ajratilgan yer maydonlarini begona shaxslarga oldi-sotdi shartnomasi asosida sotish huquqiga ega ekanligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #iso_37001_2016

🌟 Кадастр агентлиги ISO 37001:2016 халқаро сертификатни қўлга киритди.

“Cert international”
ташкилоти томонидан 2022 йилнинг 7 декабрь ҳамда 6-8 апрель кунлари ISO 37001:2016 халқаро стандарти бўйича аудиторлик текшируви ўтказилди. Текширув натижасига мувофиқ 🌟Кадастр агентлиги марказий аппарати ISO 37001:2016 халқаро сертификатига лойиқ деб топилди.

➡️ BATAFSIL 👈

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

▪️DIQQAT E’LON!▪️

Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

◼️ Sizning kadastr xizmatiga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👔 Mavzu: "Ko‘chmas mulkka kadastr pasporti shakllantirish va unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish"

⚡️ Jonli efir TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

📆 Vaqti: 2023-yil 6-may, soat 11:00 da

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #kadastr #sayyor_qabul #Andijon

Oila muqaddas dargoh mavzusidagi seminar trening boshlandi.

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi tashabbusi bilan Andijon viloyatida kadastr sohasidagi xotin-qizlarning masalalarini mutasaddilar oldiga qo‘yish, yuzma-yuz ko‘rishgan holda muammolarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, ijobiy yechim topish maqsadida sayyor qabul boshlandi.

Uchrashuvda ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasidan mutasaddilar, Andijon viloyati Xotin-qizlar boshqamasi hamda boshqa mas'ullar ishtirok etishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#quyosh_panellari #Geoinnovatsiya

▪️Kadastr binosiga quyosh panellari o'rnatildi▪️

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 57-son qarori ijrosini ta'minlash hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishi borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish maqsadida respublikamiz bo'ylab bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu jumladan, 🌟 Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi mutaxassislari 🇨🇳Xitoy xalq Respublikasining LONGi korxonasi bilan 600 kw quyosh panellari yetkazib berishga shartnoma imzolangan edi.

Ana shu quyosh panellari yurtimizga yetib kelishi bilanoq o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi. Ayni damda energiya tejovchi manbalardan samarali foydalanish maqsadida 🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarining ma'muriy binosining tom qismiga har biri 550 watt elektr quvvatini beruvchi 30 kw quyosh panellari o'rnatilib, hozirda foydalanib kelinmoqda.

💬 Eslatib o‘tamiz mazkur LONGi Hi-MO5 550w quyosh panellarining o'ziga xos xususiyati shundaki u ikki tomonlama quvvatlanuvchi Monokristal panel hisoblanib, to'g'ridan to'g'ri quyosh nuri tushmagan holatda, shuningdek bulutli kunda ham yorug'likni o'zida ishlay oladi. Quyosh panellari maxsus kompyuter dasturida loyihalashtirilib, joyning geografik koordinatlari, bino va tom konstruksiyasi inobatga olingan holda, har bir obyektga individual yondashib o‘rnatiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM