#Konistitutsiya #Qabul_qilingan_kun
🟣 Bugun davlatimiz va jamiyatimiz hayotida eng katta va alohida o‘rin olgan bayramlar qatorida erkin va obod kelajagimizning poydevorini belgilab bergan Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning 31 yilligini nishonlamoqdamiz.
🇺🇿 Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi ilk bor 1990-yil 20-iyunda bo‘lib o‘tgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan hamda chuqur izlanishlar natijasi o‘laroq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8 dekabrda 12-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan.
📚 Konstitutsiya bu – fuqarolar va davlat manfaatlari, haq-huquqlarini qonuniy himoya qiluvchi muhim hujjatdir. Yuksak faxr bilan eʼtirof etish mumkinki, davlatimizda hozirgi kunda har jabhada ro‘y berayotgan faol o‘zgarishlar zamirida konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan meʼyorlar majmui yotadi. Biz erishayotgan yutuqlarga mustaqilligimiz hamda Konstitutsiyamiz mustahkam zamin bo‘lib kelmoqda. Uni qadrlash, ulug‘lash esa barchamiz uchun ham qarz, ham farz.
🫥 Kun munosabati bilan ⭐️ Kadastr agentligi hamda🌟 Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyat boshqarmalari jamoasi Respublikamizning Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor #Qabul
Xo'jaobod tumanida sayyor qabul o'tkazildi.
💸 Joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda shak-shubhasiz kutilgan natijalarni bermoqda. Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi desak mubolag‘a emas.
⭐️ Xabar berganimizdek bugun Kadastr agentligi Xo'jaobod tuman bo'lim boshlig'i hamda🌟 Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali rahbarlari boshchiligida sayyor qabul o'tkazildi. Sayyor qabulda 12 nafar fuqarlarning kadastr hujjati rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ma'lumotlar bazasi hamda kadastr sohasi bilan bog‘liq boshqa muammolari tinglandi.
🔺 Mazkur murojaatlarning 4 tasi joyning o'zida ijobiy hal etilgan bo'lsa, 5 nafar murojaatchilarga huquqiy tushunchalar berildi. Qolgan murojaatlar o'rganishda qo'shimcha vaqt talab etilganligi sababli alohida nazoratga olindi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Xo'jaobod tumanida sayyor qabul o'tkazildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM