ANDIJON KADASTR
1.47K subscribers
8.11K photos
930 videos
6 files
5.36K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

"Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

🔰 Ushbu qonun ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi:

🔸yer uchastkalariga;
🔸binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;
🔸ko‘p yillik dov-daraxtlarga;
🔸mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🔹mulk huquqi;
🔹doimiy egalik qilish huquqi;
🔹doimiy foydalanish huquqi;
🔹meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
🔹ijara huquqi;
🔹ikkilamchi ijara huquqi;
🔹xo‘jalik yuritish huquqi;
🔹operativ boshqarish huquqi;
🔹ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
🔹bepul foydalanish huquqi;
🔹renta;
🔹ipoteka;
🔹servitut;
🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga qo‘yilgan cheklovlar.

❗️ Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

☑️ Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹yer uchastkalarining belgilanganligi (realizatsiya qilinganligi);
🔹binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
🔹belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;
🔹ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;
🔹ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

📁Davlat reyestri - ko‘chmas mulk, unga bo‘lgan huquqlar, shuningdek huquq egalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarning elektron bazasi tarzdagi tizimlashtirilgan maʼlumotlar to‘plamidan iboratdir.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#брифинг

☑️ Географик объектларга ном бериш ва уларнинг номларини ўзгартиришда мазкур географик объект жойлашган ҳудудда яшовчи маҳаллий аҳолининг фикри ҳисобга олинади

АОКАда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъматжон Атамуратов иштирокида ўтказилган брифингда соҳага оид қонунчилик янгиликлари ҳақида маълумот берилди:

〰️〰️〰️
«Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш тўғрисида»ги Қонун кўчмас мулк объектлари бўлган ер участкаси, бино ва иншоот, кўп йиллик дов-дарахт ва мулкий мажмуа сифатида корхонага нисбатан тааллуқли бўлиб, ер қаърига нисбатан татбиқ этилмайди.

Фуқаролар учун кўчмас мулкни бўлиш ёки бирлаштириш имконияти яратилиб, ушбу жараёнлар мулкдор аризаси асосида амалга оширилиши белгиланди. Шунингдек, мамлакатимиз маъмурий-ҳудудий бирликлари ўзгарганда, улардаги кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқни давлат рўйхатидан ўтказиш мулкдор аризаси талаб этилмаган ҳолда бепул амалга оширилиши белгиланди.

Батафсил
〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparat mutasaddilari, bo‘lim boshliqlari hamda palataning hududiy viloyat, tuman va shahar filiallari xodimlari ishtirokidagi o‘tkazilgan yig‘ilish tafsilotlari mazkur videolavhada.

#DavKadastrPalata #tahlil #choralar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔸Huquqiy yangiliklar🔸

⚜️“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

♻️ Ushbu qonunning ahamiyatli jihatlari mazkur infografikalarda berilgan.

▫️Qonun haqida batafsil👈

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Ma’lumot o’rnida⚜️

🏢🏠 Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritish qay tartibda amalga oshiradi?

▫️Manzillarga raqam berish ishlari haqida ma’lumot.

▫️Bu yil Respublika bo‘yicha qancha manzillarga raqam berilgan?

🔘 Ushbu savollarga Davlat kadastrlari palatasi Ko'chmas mulk obyektlari manzillari reyestrini yuritish bo'limi mutaxassisidan javob olamiz.

#DavKadastrPalata #intervyu #ro_yxatdan_o_tkazish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#kadastr #xalqaro_seminar #koreya

⭐️Kadastr agentligi delegatsiyasi Koreya Respublikasida “Milliy geoaxborot tizimlarini tashkil etish uchun sunʼiy yo‘ldosh tasviridan foydalanish standarti tizimi” loyihasi doirasida malaka oshirib qaytdi.

🔸Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A. Allaberganov boshchiligida Agentlik, 🔹Respublika aerogeodeziya markazi, Geoinnovatsiya markazi mutaxassislaridan iborat delegatsiya 🇰🇷 Koreya Respublikasida ilmiy-amaliy seminar hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan uchrashuvda ishtirok etdi.

➡️Ilmiy-amaliy seminar kun tartibidan:

Kosmik suratlar texnologiyasining joriy holati va ularni tahlil qilish;

Orto-foto va sunʼiy yo‘ldosh tasvirlarini 3D modellashtirish;

Koordinatalarni transformatsiyalash modellari;

Aero va kosmik suratlar, uchuvchisiz uchish apparatlari orqali hududlarni monitoring qilish, jumladan, noqonuniy qurilishlarni aniqlashda foydalanish;

Geografik maʼlumotlarni raqamli maʼlumotlarga aylantirish tizimi kabilar o‘rin oldi.

🗣 Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari tomonidan “SI IMAGING SERVISES” (SIIS) kompaniyasi prezidenti Kim Mun Gyu bilan sunʼiy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilish borasida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, LX korporatsiyasining Global loyihalar departamenti bosh direktori Li Myong Shik bilan Yer va fazoviy maʼlumotlar bo‘yicha malaka oshirish institutida Kadastr agentligi mutaxassislari uchun uzoq va qisqa muddatli tajriba almashinuv dasturini yo‘lga qo‘yish, Milliy geografik axborot instituti bilan Markaziy Osiyo hududida fazoviy maʼlumotlar siyosati borasida o‘zaro xabardorlikni oshirish maqsadida, Yevroosiyo fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasi tashabbusi xalqaro konferensiyasini o‘tkazish yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон Республикаси билан Қирғиз Республикаси ўртасидаги давлат чегарасининг алоҳида участкалари тўғрисидаги шартнома ҳамда Андижон (Кампиробод) сув омборининг сув ресурсларини биргаликда бошқариш тўғрисидаги битимни ратификация қилишга оид қонунларни имзолади.

Президент Шавкат Мирзиёев подписал законы о ратификации Договора между Республикой Узбекистан и Кыргызской Республикой об отдельных участках Государственной границы и Соглашения о совместном управлении водными ресурсами Андижанского (Кемпир-Абадского) водохранилища.

#Mirziyoyev #qonun #chegara #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ерларни аукционга чиқариш ҳудудий қурилиш бўлимлари ва кадастр органлари биргаликда амалга ошириши таклиф этилмоқда.
Шунингдек, ерларни аукционга чиқариш босқичлари кўплиги. Ҳозирги кунда бу 13 та босқичдан иборат бўлиб, ижара ҳуқуқи билан ер олишда 48 иш куни, мулк ҳуқуқида 74 иш кунигача вақт кетмоқда. Шу боис ерни аукционга чиқариш босқичларини 8 тага тушириб, муддатларини тегишлича 16 ва 22 иш кунигача қисқартириш мумкинлиги айтилди.
#Konstitutsiyaga_30_yil

Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.

Bankka qo‘yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 36-moddasi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
⚜️1-dekabrdan qonunchilikdagi o'zgarishlar⚜️

🗓 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 1-dekabrdan qonunchilikda ro'y beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

🔹 Uy-joy sotib olish uchun subsidiya arizasini hokimlik va tashkilotlar ko‘rib chiqishi bekor qilinadi.

🔹 Yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi.

🔹 MCHJ va DUKlarda ichki auditni tashkil etish tartibi bekor qilinadi.

🔹 Bojxona ko‘rigini qamrab olgan mobil tizim ishga tushiriladi.

🔹 Ayrim tovarlar ichki bozorda birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi.

🔹 “Taekvondo (WT) hamma uchun” dasturi amalga oshiriladi.

🔹 $10 minggacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi.

🔹 ID-kartani rasmiylashtirishda fuqarolardan ortiqcha hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi.

🔹 Ayrim postlarda "Yashil" va "Qizil" tamoyili asosida avtotransportlar harakatlanishi yo'lga qo'yiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#kadastr_live #matbuot_anjumani

Ayni damda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida "Yerlarni hisobga olish va yuritishda kadastr organlarining roli” mavzusidagi matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumani tafsilotlari haqida yana batafsil ma'lumot beramiz.

🌐 Telegram     🌐 Instagram      🌐YouTube    🌐  Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM