ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
860 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi Аndijon viloyati boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “Аndijon viloyati, Xo'jaobod tumani qoq markazidagi, tuman markaziy poliklinika bilan tuman Аgrobank binolari o'rtasida qurilish haqida fuqarolar murojaat qilishmoqda. Ushbu qurilish qanchalik qonuniy sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Mazkur qurilish ishlari olib borilayotgan yer maydoni Xo'jaobod tumani “Uzun ko'cha” MFY hududida joylashgan bo'lib, mazkur yer maydoni Xo'jaobod tumani hokimining 2019-yil 30-martdagi 656-q-sonli qarori bilan “Obod mahalla” Dasturi doirasida fuqaro U.Mga “Savdo do'koni” qurish uchun 120,0 kv.m yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilganligi aniqlandi.

Fuqaro U.M qurilish ishlarini Аndijon viloyati qurilish bosh boshqarmasining 2020-yil 17-sentabrdagi 1703-1703236-1428-sonli arxitektura-rejalashtirish topshirig'iga (АRT) va Oʼzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Аndijon viloyat Qurilish Bosh boshqarmasi loyiha smeta hujjatlarini kelishish bo'yicha Аrxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2022-yil 22-apreldagi 42491-sonli xulosalariga asosan qurilish ishlarini amalga oshirayotganligi ma'lum bo'ldi.

O'z navbatida qurilayotgan bino-inshoatlarni shaharsozlik normalari asosida qurilayotganlik holati bo'yicha viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan xulosa olinishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
▫️Milliy xisobotni shakllantirish bo‘yicha▫️

⬜️ Davlat kadastrlari palatasi raisining "O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining 2023- yil 1-yanvar holati to‘g‘risidagi Milliy xisobotini tuzish" haqidagi 201-09-sonli buyrug‘i ijrosini o‘z muddatida sifatli ta’minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Davlat Yer kadastrini yuritish bo‘limi tomonidan kuni kecha hududiy boshqarmalardagi Yer xisobini yuritishga ma’sul bosh mutaxassislari ishtirokida "ZOOM" platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

⬜️ Unda ma’sullarga 2023 yil 1- yanvar holatiga tuziladigan Milliy xisobotni shakllantirish bo‘yicha, uni mazmun-mohiyati yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tushunchalar berildi.

#DavKadastrPalata #milliy_xisobot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi,

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari.

Agarda siz kadastr sohasidagi korrupsiоn holatlarga guvoh boʼlsangiz, kadastr xodimlari sizdan noqonuniy talablarni qo'yib pul yoki moddiy ko'rinishdagi narsalarni talab qilganlik holatlariga duch kelsangiz Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalarining Komplaens-nazorat (Ichki nazorat) xizmatlariga murojaat qilishingiz so'raladi.

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi G'olibsher Odilov;
☎️ (74) 224-20-25 (ichki 105) @andkorrupsiyakadastrbot
📞 +99897 999-38-86

Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmasi Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi Anvarjon Mamadjanov;
☎️ (74) 224-20-25 (ichki 105) @andkorrupsiyakadastrbot
📞 +99890 529-70-01

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy
tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Taqdirlash_marosimi #Andijon #ARGOS

🇺🇿 Andijonda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan "Zamonaviy xalqchil davlat xizmatining yangi bosqichi sari" shiori ostida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasining kadarlar masalari bo'yicha bosh mutaxassisi Tadjixodjayeva Feruza Oxunovna "Namunali kadr" nominatsiyasi bo'yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tashakkurnomasi va esdalik sovg'alari bilan tadirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
⚡️Xabaringiz bor joriy yilning 7-oktabr kuni Kadastr agentligini Xotin-qizlar  masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotining Kadastr agentligi xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligi mavzusidagi 7-8-oktabr kunlarga mo‘ljallangan seminar trening boshlangan edi.

🔰 Seminarning ikkinchi kunida boshlang‘ich tashkilot rahbarlari Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida joylashgan bir nechta diqqatga sazovor joylarni ziyorat etishdi. Ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar tarqatildi. Shu bilan ikki kunlik seminar o‘z nihoyasiga yetdi
#Andijon_kadastr #Yer_nazorati

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasida faoliyat yuritayotgan Yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2022-yilning oʼtgan 9 oyi davomida 832 ta holatda 82,5 gektar yer maydoni oʼzboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

Аniqlangan holatlar boʼyicha Yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan quyidagi ishlar bajarildi:

📄 82,5 gektardagi 832 ta holat
boʼyicha noqonuniy egallab olgan shaxslarga yozma koʼrsatmalar yuborildi;

44,4 gektardagi 538 ta holat ixtiyoriy bartaraf etilishi taʼminlandi;

📨 29,1 gektardagi 237 ta holat boʼyicha sud orginlariga daʼvo arizalar kiritildi;

🧾 13,1 gektardagi 99 ta holat boʼyicha hal qiluv qarorlari tastiqlandi;

🛡22,9 gektardagi 173 ta holat qoʼshma tartib asosida prokuratura organlariga yuborildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Andijon_kadastr #Yer_hisobi

Bugun Davlat kadastrlari palatasining Аndijon viloyati boshqarmasida "ZOOM" platformasi orqali yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yigʼilishda, Davlat kadastrlari palatasining 29.08.2022-yildagi 201-09-sonli buyrug'i, shuningdek Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasining 2022-yil 30-avgust kungi 165-i/ch-sonli buyrug'iga asosan viloyatda 2023-yil 1-yanvar holatiga "Milliy yer hisobotini" o'z muddatida va sifatli tuzish maqsadida tuman va shaharlardagi yer hisobini yuritishga mas'ul mutaxassislarga o'quv-seminar o'tkazildi.

Unda mas'ullarga 2023-yil 1- yanvar holatiga tuziladigan "Milliy yer hisobotni" shakllantirish yuzasidan bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar bo'yicha tegishli ko'rsatma va tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok