ANDIJON KADASTR
1.43K subscribers
7.52K photos
878 videos
6 files
4.99K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Oila #Andijon #kadastr

Oila - muqaddas dargoh.

Oila shunday ilohiy-mo‘jizaviy maskan-manzilki, uning sha'ni, sizning sha'ningiz, o‘z oilangiz obro‘siga putur yetkazadigan hatti harakatlardan saqlanish zarur. O‘zbek oilasi, o‘zbek xonadoni shunday qurulganki, unga dunyo xalqlari havasmand desak sira mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. O‘zbek oilasida farzand tarbiyasi o‘ta muhim sanaladi.

Oiladagi tarbiya ajdod - avlodlarning ahloqiy, ma'rifiy shakillanishida va kamolotida jismoniy barkamolligiga hal qilivchi rol o‘ynaydi. Oddiy insonlarmi yoki buyuk allomalar, shunchaki fuqaromi yoki yurt sultonlari kichik suvoriymi yoki ulug‘ sarkardami ularning barchasi tarbiya ananalariga to‘la amal qilgan, unga suyangan, tayangan holda yashab, faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Darhaqiqat vatan taqdiri, xalq ravnaqi mustaqil yurtning kelajagi uchun avlod tarbiyasi bugunning birinchi masalasiga aylandi. Shu bois Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ota-onalarini joriy yilning 07-iyul kuni boshqarma binosiga taklif etilib "Bir oila - bir jamoa" shiori ostida kadastr sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirilib, mamlakatimizda yaqinlashib kelayotgan "Iyd Qurbon xayit" bayrami munosabati bilan boshqarma binosida bir piyola choy ustida dasturxon yozilib tashrif buyurgan ota-onalarga yurt ravnaqi yo'lida xizmat qilayotgan farzandlarni tarbiyalaganiligi uchun tashakkur bildirilib esdalik sovg'alar taqdim etilidi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Huquqiy_savodxonlik_oyligi #Andijon #Live

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022-yil 24-iyun kunidagi 148-09-sonli hamda Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasining 2022-yil 30-iyundagi 27-04-sonli buyrug‘lariga asosan “2022-yil 24-iyundan-24-iyul kuniga qadar xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Huquqiy savodxonlik oyligi”” e’lon qilindi.

🔰 Mazkur oy negizida iyul oyida bir nechta tadbirlar tashkillashtirilgan bo‘lib, 07-iyul kuni Andijon viloyati Adliya boshqarmasi xodimi A.Xasanov bilan hamkorlikda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasining ro'yxatga oluvchi xodimlari va tuman, shaharlardagi filial rahbarlari ishtirokida kadastr pasportlarini tayyorlash muddatlari, yer va ko'chmas mulklarni davlat ro'yxatidan o'tkazish sohasida amaldagi normativ huququiy hujjatlar ya'ni Vazirlar Mahkamasining 1060-sonli hamda 200-sonli qarorlarida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan amaliy seminar o'tkazilmoqda.
⚜️Mulohaza vaqti⚜️

🌍Yer o'z resurslari bilan odamzod ehtiyojlarini qondirishga qodir, biroq uning nafsini emas.

✏️Mahatma Gandi

#DavKadastrPalata #ibratli_fikrlar #aforizmlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube