ANDIJON KADASTR
1.47K subscribers
8.23K photos
942 videos
6 files
5.44K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#Farmon_ijrosi #Oliy_majlis_qonunchilik_palatasi #Kadastr_agentligi

‼️Ayni damda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-sonli Farmonining ijro etilishi holati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi deputatlari tomonidan eshitilmoqda.

Yig‘ilishda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari M.Mirmaksudov Farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot bermoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#xatlov #Asaka #Shahrixon

Hurmatli fuqarolar ko'chmas mulklaringizni o'z vaqtida davlat ro'yxatidan o'tkazing!

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 avgustdagi "Аndijon viloyatining Аsaka va Shahrixon tumanlarida koʼchmas mulk obyektlariga boʼlgan huquqlarni eʼtirof etish toʼgʼrisida"gi 520-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida boshqarma tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Аsaka va Shahrixon tumanlarida oʼtkazilayotgan xatlov natijalarida aniqlangan koʼchmas mulklarini oʼz vaqtida Davlat roʼyxatidan oʼtkazmaslik holatlari boʼyicha mulkdorlarga koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni oʼz vaqtida Davlat roʼyxatidan oʼtkazish boʼyicha ogoxlantirish xatlari berilmoqda.

Fuqarolarga koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni oʼz vaqtida Davlat roʼyxatidan oʼtkazmaganlik uchun Oʼzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeks”ning tegishli moddalariga maʼmuriy javobgarlik turlariga keskin o'zgartirishlar kirirtilganligi yuzasida huquqiy tushunchalar berib kelinmoqda.
Forwarded from Kadastr - Live
KADASTR SOHASIDA KO’RSATILAYOTGAN DAVLAT XIZMATLARI SONI YANA BITTAGA KO’PAYDI

Joriy yilning 5 oktabr sanasidan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko’chmas mulk ob’yektiga kadastr pasportini berish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamenti 5-bandiga asosan kadastr pasportini olish hamda belgilangan tartibda ko’chmas mulkni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun ariza beruvchining ixtiyoriga ko’ra bir vaqtda yoki alohida murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

Belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga ko’ra ob’yektning qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan taqdirda, bitta so’rovnomaga asosan kadastr pasporti, ob’yektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi, ko’chmas mulk davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi reyestrdan ko’chirma bir vaqtda berilishi yo’lga qo’yildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #haftalik_xisobot #axborot_xizmati

HAFTA DAVOMIDA KADASTR AGENTLIGI TIZIMIDA SODIR BO'LGAN ENG ASOSIY YANGILIKLARNI VIDEO LAVHA ORQALI BILIB OLISHINGIZ MUMKIN.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Andijon viloyatida o'tkazilayotgan xatlov jarayonlarida korrupsion holatlarni oldini olish uchun boshqarmaning komplaens-nazorati xizmati bosh mutaxassisi tomonidan targʼibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarining You Tube ijtimoiy tarmog'idagi sahifasini kuzatib borishni tavsiya etamiz.
#Andijon #kadastr #yer_nazorati

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi Oltinko'l tumani boʼlimida faoliyat yuritayotgan yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan, amalga oshirilgan ishlar boʼyicha ma'lumot.

Nazorat tadbirlari;
Inspektorlar tomonidan 37 ta holatda 1,5 gektar yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlanib, yuqoridagi yer qonun buzilishlarning 25 ta holatdagi 0,6 gektari joyida bartaraf etilishi ta'minlandi.

Qolgan 0,9 gektardagi 12 ta holatlar bartaraf etish jarayonida.

Koʼchmas mulkni davlat roʼyxatidan oʼtkazmaganlik uchun qoʼllanilgan ma'muriy jarimalar;

Jami qoʼllanildi: 167 ta holatda 43 mln. 238 ming soʼm
Jami undirilgan: 27 mln 360 ming soʼm
Undirilish jarayonida: 8 mln 820 ming soʼm

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Andijon #Kadastr #raqamlashtirish #qishloq_xojaligi

Аndijon viloyatidagi mavjud qishloq xoʼjaligiga mo'ljallangan yer maydonlari Davlat roʼyxatidan oʼtkazilmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyat boshqarmasi tomonidan qishloq xoʼjaligi yoʼnalishidagi yerdan foydalanuvchilarning yer maydonlarini Davlat roʼyxatidan oʼtkazish ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning o'tgan davri mobaynida 9 263 ta qishloq xoʼjaligi yerlaridan foydalanuvchilar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar ArcGIS dasturiga kiritilib maxsus dasturga yuklandi hamda 7 138 tasi Davlat roʼyxatidan oʼtkazilishi taʼminlandi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Live #Andijon

Qishloq xo'jaligi yer maydonlari to'g'risidagi ma'lumotlar oktabr oyi yakuniga qadar elektron dasturga tushirish ishlari yakunlanadi.

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasida Agentlik hamda Palatadan Andijon viloyatiga biriktirilgan vakillar va boshqarma boshlig'i ishtirokida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mazkur oy davomida viloyatdagi barcha yerdan foydalanuvchilarning yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona platformaga joylashtirish ishlarini yakuniga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tizimidagi barcha tuman shaharlarga boshqarmaning bo'lim boshliqlari va yetakchi mutaxassislari biriktirilib Agentlik direktori tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok