ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.68K photos
892 videos
6 files
5.09K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Soha a'lochilari hamda iftixorlari taqdirlandi

💐Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlar qatorida tizimning munosib vakillarini e'tirof etish maqsadida Kadastr agentligi binosida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Bunda Kadastr agentligi tomonidan tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan eng namunali va tajribali xodimlar uchun "Soha a'lochisi" hamda "Soha iftixori" ko'krak nishonlarini topshirish marosimi o‘tkazildi.

🏅Mazkur tadbirda eng munosib soha vakillari sifatida jami 25 nafar xodim ko'krak nishonlari bilan taqdirlanishdi.

🔠Bu kabi eʼtibor va eʼtirofning bo‘lishi nafaqat qilingan ishlar uchun rag‘bat, balki kelgusi ishlarda yana-da muvaffaqiyatga erishish uchun ham turtki bo‘lishiga ishonamiz va bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lishida yakdilmiz !

⭐️Kadastr agentligi tomonidan alohida e'tirof etilib, ko'krak nishonlari bilan taqdirlangan soha fidoyilarini samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz.
💐💐💐Mukofotlar muborak bo'lsin!


#Kadastr #mustaqillik_bayrami #33_yil #Soha_a_lochisi

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Namunali faoliyat yuritayotgan xodimlar taqdirlandi.


Bugun⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarida mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori asosida kengaytirilgan bayram tadbiri o'tkazildi.

💐Tadbirda so‘z olgan boshqarma boshliqlari tashabbuskor xodimlarga bayram kayfiyatini ulashgan holda mehnat insonni ulug‘laydi, Halol va fidokorona faoliyatingizga ko‘z tegmasin deya bayram tabriklarini yo‘lladilar.

💠 Xabaringiz bor kadastr agentligi tomonidan sohada faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarni har tomonlama qo'llab quvvatlash maqsadida ko'krak nishonlari ta'sis etilgan. Quvonarlisi bayram arafasida Kadastr agentligi Marhamat tumani bo'limi boshlig'i Qurbonov Umidjon Mahamatojiyevich "Soha a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

🫥 Bundan tashqari yil davomida o'zining bor kuch g'ayratini soha ravnaqi uchun sarflab, fidokorona mehnat qilib kelayotganliklari uchun bir guruh xodimlar ham boshqarmaning tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев давлат мукофотларини тантанали равишда топширди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tanlov g'oliblari taqdirlandi!


🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik ayyomining 33 yilligi munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi tomonidan eng faol va ilg'or hududiy boshqarmalarni ijtimoiy tarmoqlar orqali aniqlash hamda taqdirlash maqsadida tanlov tashkil qilingan edi.

Tanlov natijalariga ko'ra, "Eng faol va ilg'or hududiy boshqarma - 2024" nominatsiyasida quyidagi hududiy boshqarmalar g'oliblikni qo'lga kiritdilar:

🥇 I O'RIN - Andijon viloyati;
🥈 II O'RIN - Farg'ona viloyati;
🥉 III O'RIN - Surxondaryo viloyati


🎁 G'olib boshqarmalarga Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi. Mustaqillik shodiyonasi arafasida tizim xodimlari uchun munosib bayram sovg'asi bo'ldi desak, yanglishmaymiz.

Fursatdan foydalanib, faxrli o'rin sohiblarini yutuqlar bilan tabriklab, yanada yuqori marralarni zabt etishlarini, jamoatchilikka yanada yaqin bo'lishlarini tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #tanlov #Mustaqillik33

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi bino foydalanishga topshirildi.

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Shahrixon tuman bo‘limining yangidan bunyod etilgan binosi foydalanishga topshirildi.

🟢Zamonaviy keng yorug‘ va barcha qulayliklarga ega ushbu bino Shahrixon tuman aholisi uchun uzoq yillar sifatli va samarador xizmat qilishi shubhasiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #kadastr

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari‼️

Viloyatimizda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun auksion savdolariga chiqarilgan bo'sh yer uchastkalari bilan tanishib tadbirkorlikni rivojlantirishingiz mumkin.

🌍 Andijon shahrida
🌍 Xonobod shahrida
🌍 Andijon tumanida
🌍 Asaka tumanida
🌍 Buloqboshi tumanida
🌍 Baliqchi tumanida
🌍 Bo'ston tumanida
🌍 Izboskan tumanida
🌍 Jalaquduq tumanida
🌍 Marhamat tumanida
🌍Oltinko'l tumanida
🌍 Paxtaobod tumanida
🌍 Qo'rg'ontepa tumanida
🌍 Ulug'nor tumanida
🌍 Shahrixon tumanida
🌍 Xo'jaobod tumanida

⚖️ Siz uchun qulaylik e-auksion dasturining📱mobil ilovasi

▶️ Video qo'llanma

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun mohiyati OAV nigohida

🇺🇿Davlatimiz Rahbari tomonidan «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonunni imzolandi.

Qonun mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumotlar Bosh prokuratura va Kadastr agentligi mas'ullari ishtirokidagi intervyu "O’zbekiston 24" telekanalida yoritildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#radio

Radio tarmoqlarida kadastr mavzusi


O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida Andijon radiosining "Erkin fikir" eshittirishida ma'lumotlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Bilishingiz muhim

🇺🇿 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 05.08.2024 yildagi 937- Qonunga muvofiq huquqlarni eʼtirof etish hududlar boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun ⭐️ Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:

◾️Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar boʻyicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi;

◼️10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “Oʻzbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi boʻyicha oʻz vakolatidagi maʼlumotlarni tizimga kiritadi;

◼️tizimda shakllantirilgan elektron yigʻmajild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️Hurmatli Ulug'nor tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastr sohasiga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Ulug'nor tumani filiali raxbari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul: 2024-yil, 5-sentabr, soat 15:00 da

📍 Manzil: Ulug'nor tumani, Terakzor mahallasi, Maxalla fuqarolar yig'ini binosi.

📞 Qabulga yozilish uchun (93) 346-11-15 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Kadastr agentligi tomonidan aholiga yana qanday qulaylik yaratildi?

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM