ANDIJON KADASTR
1.42K subscribers
7.55K photos
882 videos
6 files
5.01K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 32 yil to'ldi

🌏 “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

🇺🇿 Ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom maʼnodagi asl tasvirini ko‘radi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan.

🇺🇿Davlat gerbining soʻl tomoni rizq-roʻzimiz timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa oʻzbekning dongʻini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan. Uzoqdagi togʻlar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu Oʻzbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa Oʻzbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma`nosi mamlakat aholisining ko`p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_bilim #kadastr_pasporti

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

◼️ Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ulug‘nor tumanida boshlangan noqonuniy qurilish to‘xtatildi.

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyat boshqarmasi Ulug‘nor tumani bo'limi tomonidan yer nazorati borasidagi targ‘ibot ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borilib yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi hamda noqonuniy qurilmalar qurish holatlari aniqlanmoqda.

💬 Xususan tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirda tumanning Guliston mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro J.Z tomonidan Ulug‘nor massivining 57 konturidan 300 kv. metr qismi o‘zboshimchalik bilan egallab olinib uy-joy qurish maqsadida beton poydevori qurayotgan holati aniqlandi.

📄Holat yuzasidan agentlikning tuman bo'limi tomonidan fuqaroga sodir etilgan yer qonunbuzilishi holatining huquqiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi hamda Ma'muriy Javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning tegishli moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

▫️Ijtimoiy tarmoqlar orqali Izboskan tumani Poytug‘ shaharchasida noqonuniy qurilma qurilayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat bo'yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

▫️O‘rganishda Poytug‘ shahar xududidagi Ishonch savdo majmuasiga tutash bo‘lgan 42 metr kvadrat yer maydoniga MCHJ tomonidan temir naves o‘rnatish ishlari boshlanganligi aniqlandi.

▫️ Holat yuzasidan Kadastr agentligi Izboskan tumani bo‘limi tomonidan olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida noqonuniy boshlangan qurilish joyida to‘htatilib bartaraf etilishi taminlandi.

❗️SHU O'RINDA ESLATMA

🌍 Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish:

🟢Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari.

🟢Mansabdor shaxslarga esa ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #amaliyot

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy tuman shahar bo'limlari tomonidan 2024-yilning o'tgan davri mobaynida Yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilgan maʼmuriy choralar to‘g‘risida ma'lumot.

⚡️ Infografika ko'rinishida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Murojaatlar tahlili.

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasiga 2024-yilning 6 oyi davomida Virtual va xalq qabulxonalari orqali 286 ta murojaatlar kelib tushgan.

➡️ Yuqoridagi infografikada siz murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oligan_yahshi.

Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish javobgarlikka sabab boʼladi.

Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish:

— Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari;

— Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Asos:
🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 68-moddasi 1-qismi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer nazorati Qo‘rg‘ontepa tumanda


⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyat boshqarmasi Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi tomonidan yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish maqsadida yer nazorati tadbirlari davom etmoqda.

💬 Nazorat tadbiri davomida tumanning Savay massivi o‘ramidagi fermer xo‘jaligi ixtiyorida bo‘lgan 54-qism konturida joylashgan 1000.0 kv.m sug‘oriladigan ekin yer maydoni Birlik mahallasida  yashovchi fuqaro U.R tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy beton poydevor qurib olinganlik holati aniqlandi.

🔺Holat yuzasidan Agentlikning tuman bo‘limi tomonidan fuqaroga yer qonun buzilish holati yuzasidan belgilangan javobgarliklar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi va hujjatlar rasmiylashtirilib huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️🌟"Kadastr xalq xizmatida" shiori ostida olib borilayotgan «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari Davlat kadastrlar palatasi Oltinko‘l tuman filiali xodimlari tomonidan olib borildi

💠Xususan tumanning Gulbog',Namuna mahallalariga biriktirilgan malakali kadastr muhandislari aholining kadastr bilan bog‘liq murojaatlarini qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib vakolat doirasidagi murojaatlarni ijobiy hal etmoqdalar.

❗️Hozirgacha tuman filialiga kelgan 32 ta murojaatlarga o‘z vaqtida javob berilgan bo‘lib hozirda 5 ta murojaat o‘rganish jarayonida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM