ANDIJON KADASTR
1.43K subscribers
7.45K photos
874 videos
6 files
4.96K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Ҳафта_давомида

Вилоят раҳбари кўрсатмалари бўйича тадбиркорлар билан яқиндан иш олиб борилмоқда
•••••••••••
Вилоят раҳбари гулчилик билан шуғулланиб келаётган тадбиркорлар билан учрашув ўтказди.

Мазкур учрашувда берилган топшириқ ижроси бўйича Андижон савдо-саноат палатаси ва кадастр агентлиги вилоят бошқармаси томонидан жойларда амалий ҳаракатлар бошлаб юборилди.

Давоми кейинги хабарда

Саҳифа: @andpress
Жумладан, кўрсатмага асосан гулчилик фаолияти билан шуғулланувчи тадбиркорларни алоҳида эътиборга олган ҳолда уларга етарлича шарт-шароитлар яратиш ва уларнинг муаммоларини ўрганиб, тизимли ҳал этиш ишлари амалга оширилмоқда.

Бугун Андижон савдо-саноат палатаси бошлиғи ҳамда кадастр агентлиги Андижон вилояти бошқармаси бошлиғи ҳамкорликда ҳудудларда фаолият олиб бораётган гулчилар билан учрашдилар.

Бугуннинг ўзида Избоскан ва Қўрғонтепа туманларида 5 гектардан, Олтинкўл туманида 15 гектар ва Хонобод шаҳрида 1 нафар тадбиркорга Хонобод сув таъминоти балансидан 50 сотих ер ажратиш юзасидан ҳаракатлар амалга оширилмоқда.

Саҳифа: @andpress
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

🌟Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyati boshqarmasida «mahallabay», «xonadonbay» ishlari davom etmoqda.

🫥"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Baliqchi tuman filiali xodimlari tomonidan aholini kadastr xizmatiga bo‘lgan murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish, murojaatlarni tez va sifatli ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

🔺Xususan xodimlar tumanning 14 dan ortiq mahallalarida bo‘lib, fuqarolarning Yer ajratish, kadastr pasporti shakllantirish, auksion orqali yer olish masalalari bo'yicha murojaatlarini o‘rgandilar. Aniqlangan muammolar vakolat doirasida joyida hal qilinib qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar nazoratga olinishi va malakali mutaxassislar tomonidan ijobiy hal etish choralarini ko‘rmoqdalar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV

🇺🇿 Xasanov Abduraxmon Validjonovich –Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati Andijon shahar filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

◼️ Abduraxmon Validjonovich – 1989-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug‘ilgan. 2013-yilda Toshkent Arxitektura qurilish institutini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmasi Ko‘chmas mulka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish bo‘imi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

◼️Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmalari jamoasi Xasanov Abduraxmonni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohadagi muhum masallar bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

◼️Bugun🌟Davlat kadastrlari palatasining Bino inshootlar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan boshqarmaning Bino inshoot bo‘limi va barcha tuman, shahar bosh muhandislari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.

🫥Seminarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qarorining mazmun mohiyati, tizimda yangi ishga tushirilgan xizmatlar (bo‘lish, birlashtirish, ko‘chmas mulk tarixi, ko‘chmas mulk maʼlumotlarni tahrirlash) to‘g‘risida batafsil tushuncha va ma'lumotlar berildi.

🫥 Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi raisining 2023-yil 26-martdagi 00013-RT-sonli buyrug‘i “Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘ma jildini(pasportini) tayyorlashga doir uslubiy qo‘llanma”sining ijrosi, “UZKAD” dasturida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil etilib bu yo‘nalishlarda ham bajarilishi lozim bo‘lgan zaruriy masalalar muhokama qilindi.

🫥 Shu bilan birga, Bino inshoot bo‘limi mutaxassislarining bilim va salohiyatlari o‘rganilib, xodimlarning kelgusi faoliyatida muhim bo‘lgan zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy inshootlar buziladi.

🟢Viloyatda yerdan maqsadli foydalanish, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy inshootlar qurish bilan bog‘liq holatlarni bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

🔺Shunga qaramasdan yerdan noqonuniy foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy inshootlar qurish holatlari aniqlanmoqda. Mutaxassislarimiz tomonidan ana shunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.    

➡️Batafsil: Uza.uz maqolasida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

Yer nazorati tadbirlari zamonaviy usullarda amalga oshirilmoqda.

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan Xonobod shahrida yer maydonlaridan maqsadsiz foydalanish, o'zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilishlarni aniqlash hamda belgilangan tartibda bartaraf etish maqsadida zamonaviy 👌 Uchuvchisiz uchish apparatlari (Dronlar) yordamida yer nazorati tadbiri olib borildi.

🗣 Tadbirlar davomida aniqlangan holatlar yuzasidan maxsus planshetlar yordamida joyning o'zida hujjatlar rasmiylashtirilib belgilangan tartibda choralar ko'rilishi ta'minlanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM