ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.39K photos
860 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Andijon #Yer_nazorati

Andijon viloyatida 86,8 gektar yer maydoni noqonuniy egallab olingan.

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy tuman shahar bo'limlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijasida 2024-yilning o'tgan davri mobaynida 139 holatda 86,8 gektar yer maydonlari o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

📶 Quyidagi infografika orqali o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlaring turlari to'g'risida ma'lumot olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon_kadastr_toponimika

🌟Davlat kadastr palatasi Respublika toponomika xizmati boshqarmasi tomonidan Toponomika yo'nalishda olib borilayotgan ishlarni o'rganish va tahlili natijalari bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

❤️‍🔥Hususan navbatdagi o‘rganish ishlari Andijon viloyat boshqarmasida bo‘lib o‘tdi. O‘rganish davomida viloyatidagi mavjud ko'chalarni toifalarga ajratish va elektron xaritalarini shakllantirish hamda ko'chmas mulk obyektlari yagona reyestri ma'lumotlarini tahlil qilish bo‘yicha barcha turdagi ko‘chalarni elektron maʼlumotlar bazasiga to‘g‘ri kiritish hamda faoliyatdagi har bir ma'lumotga e'tibor bilan yondashish bo'yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

📄Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🧊 Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari;

🚜 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari;

🏢 Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari;

🗺 Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari;

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 186-son qarori.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tumani Abdusamad mahallasi yer maydoning auksion savdolariga chiqarilishida muammolar yuzaga kelayotganligi hamda hududda noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati bo‘yicha tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganish davomida Shahrixon tumani Abdusamat mahallasi xududidan aynan murojaatda keltirilgan yer maydoni auksion savdolariga chiqarilishi yuzasidan taklif sifatida "Yerelektron" AAT dasturiga kiritilgan va avtomobil yo'lining ximoya hududida joylashganligi sababli vakolatli tashkilot tomonidan rad etilgan.

Bundan tashqari murojaatning ikkinchi qismi, yani yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olish holati yuzasidan o'rganilganida fuqaro U.D tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan shu huddudagi mini futbol maydonchasining oldi qismidagi avtomobil yo‘lining ximoya mintaqasidagi yer maydonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligi tuman bo'limi tomonidan Ma’muriy Javobgarlik To‘g‘risidagi Kodeksining tegishli moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib fuqaro U.D ga sodir etilgan qonun buzilish holatini belgilangan muddatlarda o‘z xisobidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

O‘z o‘rnida fuqaro tomonidan belgilangan muddatlarda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etilishi belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Izboskan tumanida aholi foydalaniladigan ko‘cha fuqaro tomonidan noqonuniy to‘sib olinib o‘z tomorqasiga qo‘shib olganligi holati yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Murojaatdagi holat 2017-yilda o‘sha vaqtdagi Andijon viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi (Hozirgi Davlat kadastrlari palatasi andijon viloyati boshqarmasi) tomonidan o‘rganilib chiqilgan hamda o‘rganishda Izboskan tumani Chekyor mahallasi Ilg‘or ko‘chasi hududidan 470 kv.metr yer maydoniga fuqaro U.Sh tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlangan va vakolat doirasida tegishli barcha hujjatlar rasmiylashtirib maʼlumotlar taqdim etilgan.

Shundan so‘ng holat yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudiga o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilgan qurilish ishlarini majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan daʼvo ariza kiritilgan bo‘lib 2017-yilning 3-may sanasida o‘tkazilgan sud majlisida Izboskan tumani Lug‘umbek QFY, Chekyor MFY Ilg‘or ko‘chasidagi jami 470 metr kvadrat yer maydoniga qurilgan bino va inshootlar javobgar U.Sh hisobidan buzdirilishi to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan.

Holat yuzasidan Kadastr organlari tomonidan vakolati doirasida barcha ishlar amalga oshirilgan bo'lib yuqoridagi noqoniniy qurilgan bino va inshootlarni majburiy tartibda buzdirish va yer maydonini avvalgi holatiga qaytarish yuzasidan vakolatlari mavjud emasligi ma'lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Mening yurtim telekanali orqali Asaka tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorning yer maydoniga tutash bo‘lgan qismida qurilayotgan qurilmalardan noroziligi yuzasidan efirga uzatilgan murojaatning tegishli qismi o‘rganilib quyidagilar maʼlum qilinadi.

Asaka tumani Navkan mahallasidagi murojaatda keltirilgan yer maydoni “Oldi-sotdi shartnomasi”ga asosan fuqaro N.R ga tegishli ekanligi hamda Asaka tuman hokimining qarori bilan shu hududdagi qurilishi tugallanmagan bino va mevali bog‘ egallab turgan yer maydoni fuqaro N.R ga biznes-reja asosida Chorvachilikni rivojlantirish yo‘lida maqsadli foydalanish uchun biriktirib berilganligi aniqlandi.

Tuzilgan ishchi guruh tomonidan olib borilgan monitoring tadbirlari davomida murojaatda keltirilgan hududda Kadastr agentligining vakolatlariga kiruvchi yer qonun buzilish holatlari mavjud emasligi aniqlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌱 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida “22-aprel Butunjahon yer kuni” munosabati bilan talaba yoshlar uchun bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

🌟Kadastr agentligi, Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi hamda “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti hamkorligi yoshlar orasidan iqtidorlilarini tanlab olish, kelajakda ish bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi, ko‘ngil ochar tadbirlar, soha rahbarlari hamda universitet professorlari tomonidan konferensiyalar o‘tkazildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yer_kuni

22-APREL – BUTUNJAHON YER KUNI

🌍 Ma'lumki, Yer sayyorasi vujudga kelganiga qariyb to'rt yarim milliard yil bo'lgan. Uning 29 foizdan ortiqrog'i quruqlikka, qolgan qismi esa dengiz va okeanlarga to'g'ri keladi. Ishlov beriladigan maydonlar esa bor-yo'g'i 11 foizni tashkil qilishiga qaramasdan, insonlar uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini yetishtirib beradi.

🟢22-aprel sanasida ana shu jihatlarga e'tibor qaratilib, bu kun turli mamlakatlarda insonlarni sayyoramiz yagonaligini his etish, barcha kuchlarni dunyoda xavfsizlikni ta'minlash, xalqaro tinchlikni saqlash va barcha insonlarning yagona uyi hisoblangan Yerni himoya qilishga chorlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #kadastr #Butun_jahon_yer_kuni

22-APREL BUTUNJAHON YER KUNI.

📆 Bugun⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari hamda Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamkorligida 22-aprel – "Butun jahon yer kuni"ga bag‘ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

🌍 Sayyoramiz oʻrtacha haroratining koʻtarilib ketishi va insoniyatning yerdan notoʻgʻri foydalanishi hisobiga yuzaga kelgan choʻllanish, yer manbalarining ifloslanishi kabi global muammolar ona zaminimizni asrash boʻyicha olib borilayotgan tadbirlarni yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

🗣“Bizning yer bizning kelajak” hamda "Yangi hayot uchun Yangi O'zbekiston uchun" shiorlari ostidagi tadbirda boshqarma vakillari, faxriy ishchi xodimlar, institut talabalari, kollej oʻquvchilari qatnashishdi. Tadbir davomida talabalarga Kadastr sohasida bugungi kundagi moddiy-texnikalari, uchuvchisiz uchish aparatlari va boshqa zamonaviy texnikalarning imkoniyatlari tanishtirildi.
Shuningdek, Yangi O'zbekiston istiqboli uchun olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarida sadoqat bilan xizmat qilish barchamizni burchimiz ekanligi yana bir bor tushuntrildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM