ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
860 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr agentligi xodimlari 🇰🇷Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi Yer va fazoviy maʼlumotlarni axborotlashtirish (LX) korporatsiyasining Seuldagi Global markazida malaka oshirdi.

Malaka oshirish kurslari 20-29 mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik masʼullari:

📱 Koreya manzillar reestri tizimi bilan tanishuv;
🌐Koreya yer siyosati va kadastr tizimi bilan tanishuv;
🌐Fazoviy maʼlumotlar yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash siyosatini joriy etish;
🗺Koreyaning geofazoviy axborot siyosatining joriy holati;
⌨️Sunʼiy yo‘ldosh tasvir platformasi va tasvir tahlilini joriy etish;
📍Ko‘chmas mulk hujjatlarining tizimi bilan ishlash kabi mavzular bo‘yicha malakali mutaxassislar hamda professor o‘qituvchilardan bilim va ko‘nikmalar oldi.

Shuningdek, Geofazoviy axborot akademiyasi, LX malaka oshirish instituti, Milliy geografik axborot instituti (NGII), Incheon Metropolis shahri yer departamenti, Smart Seul hamda Koreya hududlarni rivojlantirish muzeyi faoliyati bilan tanishildi.

Malaka oshirish kurslari yakuni bo‘yicha agentlik masʼullari sertifikatga ega bo‘lishdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Mening yurtim telekanali orqali Asaka tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorning yer maydoniga tutash bo'lgan qismida qurilayotgan qurilmalardan noroziligi yuzasidan efirga uzatilgan murojaatning tegishli qismi bo'yicha Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘rganish ishlari boshlandi.

Mazkur holat to'liq o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon_Kadastr

"Korrupsiyaga oid jinoyatlarning sabab va oqibatlari"

🫥 Kadastr sohasida huquqbuzarliklarni oldini olish xodimlarni korrupsiya holatlarni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi reytingini oshirish maqsadida ⭐️Kadastr agentligi hamda🌟 Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyati boshqarmalari Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan Paxtaobod tumanida yig‘lish o‘tkazildi.

🟢Yig'ilishda korrupsiya boradasida xodimlarni huquqiy ma’naviyatini rivojlantirish hamda bu illatni salbiy taʼsiri to'g'risida alohida misollar bilan tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Tuman, shahar hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni dehqon xo'jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn auksion savdolariga qo'yiladi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining (153-son, 05.04.2024 y.) "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali "mahalla yettiligi"ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladi. Bunda:

🪙 yer maydonlarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari g'oliblari yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;

💲 zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;

🫂 Talabgorlarga:

🧅 sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko'katlar, makkajo'xori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sug'oriladigan ekin yer maydonlari;

🍇 bog'dorchilik-uzumchilik yo'nalishlari uchun ko'p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog'lar yer maydonlari;

☘️ dorivor o'simliklar yetishtirish, chorvachilik yo'nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga mo'ljallangan, lalmi, bo'z, yaylov va yangi o'zlashtirilgan yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda "bir massiv - bir mahsulot" tamoyili asosida ijaraga beriladi.

🧊 talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari o'lchamlari "mahalla yettiligi" taklifiga ko'ra aniqlanadi.

Mazkur qarorga muvofiq ijaraga beriladigan yer maydonlarida tura joy, bino va inshootlar qurish qat'iy man etiladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhum_sanalar

Buyuk sarkarda, Davlat arbobi Amir Temur tavalludiga 688 yil to‘ldi.

⚜️ Amir Temur
- 1336-yilning 9-aprel kuni Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida (Qashqadaryo viloyati hududi) tug‘ilgan.

🔺Amir Temur o‘rta asrlarning yirik davlat arbobi, buyuk sarkardasi, kuchli markazlashgan davlat asoschisi, fan va madaniyat homiysi. Uning toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barquldir.

🫥Amir Temurni anglash o‘zimizni anglash, ulug‘ ajdodimizni ulug‘lash esa chuqur ildizlarimiz, madaniyatimiz va kuch-qudratimiz asosida buyuk kelajagimiz va ishonchimizni mustahkamlash demakdir.

❗️Kuch adolatdadur, degan ezgu g‘oya Amir Temur saltanatining barcha hududlarida ma’naviy-axloqiy shiorga aylangan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #amaliyot

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy tuman shahar bo'limlari tomonidan 2024-yilning o'tgan davri mobaynida Yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilgan maʼmuriy choralar to‘g‘risida ma'lumot.

⚡️ Infografika ko'rinishida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Xon atlas" haftaligida qadriyatlar
namoyon

🌏 Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tashabbusi bilan joriy yilning 8-14-aprel kunlari butun mamlakatimiz bo'ylab aholida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini shakllantirish, milliylikni asrash, o'zbekona kiyinish madaniyatini namoyon qilish maqsadida "Xon atlas" haftaligi bo'lib o'tmoqda.

🌟Ushbu haftalik doirasida Davlat kadastrlari palatasi ayollari ham faol ishtirok etib, barchaga milliylik va bahoriy kayfiyat ulashdilar. Ish joyida ham milliy qadriyatlarimizni yana bir bor yodga soldilar.

Xalqimizning ko'p asrlik boy madaniy merosi, chinakam go'zallik va nafosat namoyishi bo'lgan haftalikda sizni ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

#DavKadastrPalata #Xon_atlas

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #kadastr #ramazon_hayit

Qadrli yurtdoshlar va soha xodimlari!

🌙 Barchangizni ulug‘ ayyom, muborak Ramazon Hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz. Ushbu kunda xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, dasturxoningizni qut-baraka aslo tark etmasin.

Ayyom muborak, aziz yurtdoshlar!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

Savol bering javob beramiz!

✉️ Savol: Bizni uyimiz kadastr qilganimdan so‘ng yana yoniga qo‘shimcha qurilishlar qilingan. Bu holatda kadastr hujjatlarimga qo‘shimcha kiritamanmi.

😄 Javob: Bu holarda Sizda mavjud bo‘lgan kadastr pasportiga o‘zgartirish kiritib, yangilab beriladi. Kadastr xizmatlariga to‘lanadigan belgilangan xizmat haqqi faqat qo‘shimcha qurilgan (kadastr hujjatida mavjud bo‘lmagan) binolarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM