ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.88K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Андижон вилоятининг Хонобод шаҳрига келиб, аҳоли ҳаёти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в город Ханабад Андижанской области и ознакомился с жизнью населения.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kadastr_manzillari #Andijon

🗺 Andijon viloyatida joylashgan hududiy kadastr bo'limlarining manzillari.

📍 Andijon shahri
📍 Xonobod shahri
📍 Andijon tumani
📍 Asaka tumani
📍 Bo'ston tumani
📍 Buloqboshi tumani
📍 Baliqchi tumani
📍 Jalaquduq tumani
📍 Izboskan tumani
📍 Qo'rg'ontepa tumani
📍 Marhamat tumani
📍 Oltinko'l tumani
📍 Paxtaobod tumani
📍 Ulug'nor tumani
📍 Xo'jaobod tumani
📍 Shahrixon tumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

Savol: Assalomu alaykum yaxshimisizlar hokimiyatdan 2019 yilda obodonlashtirish, gul va manzarali daraxtlar ekish uchun 10 sotix yer maydoni ajratilgan edi Hokim qarori o‘zimni nomimga chiqqan. Shu joyni Turar joy yoki ishlab chiqarish uchun kadastr hujjati tayyorlatish imkoniyati bormi?

Javob: Afsuski, imkoni yo‘q yaʼni yer uchastkasi ajratilgandan boshqa maqsadlarda foydalanish ham yer qonun buzilish holatini yuzaga keltiradi va bu o‘z navbatida javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Andijonkadastr_bot yordamida kadastr sohasidagi savollaringizga mutaxassislarimizdan javoblar olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiya taraqqiyot kushandasi.


Bugun⭐️Kadastr agentligining hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati, korrupsiya illati, uning huquqiy oqibatlari oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

🗣Yig'ilishda korrupsion holatlarni salbiy oqibatlari tushuntirilib, korrupsiyaga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish zarurligi bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirishi ta’kidlandi.

📶 Bundan tashqari Kadastr agentligi Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i tomonidan soha xodimlarining ijro intizomi, odob-axloq qoidalari, muomila madaniyatiga rioya qilinishi, korrupsiya va ta'magirlik holatlariga yo'l qo'ymaslik bo'yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash #Andijon #Kadastr

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari barcha yurtdoshlarimizni korrupsiyaga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️ Siz Kadastr sohasi bilan bog'liq korrupsiya va tamagirlik holatlariga duch kelsangiz boshqarmaning ishonch raqami ☎️ 74-224-20-25, yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislarga📞97 999-38-86, 90 529-70-01 murojaat qiling!

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📝Yer uchastkasini uydan chiqmasdan turib xususiylashtirish mumkinligidan xabardormisiz?

📆Onlayn ariza topshirishga 4 daqiqa, javobni olishga 5 kun kifoya ekanligidan-chi?

💻Hozirgi kunda fuqarolarimiz o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) my.gov.uz yordamida onlayn xususiylashtirish imkoniyatiga ega (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi).

➡️ Xizmatdan foydalanishda:

‼️ Jismoniy shaxslardan hech qanday hujjat talab etilmaydi.

📝 Yuridik shaxslardan: yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori so‘raladi.

🧑‍💻Ushbu qulaylikdan foydalanish uchun fuqaro my.gov.uz portaliga kirib:

tegishli xizmatni tanlaydi
bo‘sh katakka kadastr raqamini yozadi
o‘zi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi va to‘ldiradi
yakunida to‘lovni amalga oshiradi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR MANZILLARI.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining Baliqchi tuman filiali.

📍Manzil: Baliqchil tumani, Markaz MFY Baliqchi shox ko'cha 16-a uy.

🇺🇿 Filial rahbari - Madaminov Abdulaziz Abdusattor o'g'li

📞 Murojaat uchun telefon: 91-100-56-00

😎 Sizning ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash, bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash va shu kabi sohaga doir murojaatlaringizga huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

📝 Ma'lumot uchun: Tumanda 66 ta mahalla mavjud bo'lib, 211 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

🌍 Umumiy yer maydoni 33 892 gektarni tashkil etadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xodimlari ishtirokida ochiq muloqot.

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari Taraqqiyot televideniyasi bilan hamkorlikda muntazam ravishda "Xalq bilan muloqot" dasturi yo'lga qo'yilgan va to'g'ridan-to'g'ri aholi murojaatlariga jonli efirda huquqiy tushunchalar berib kelinmoqda.

🔺Anashunday muloqotni yana bir soni ertaga 22-fevral soat 18:00 da Taraqqiyot televidiniyasi orqali efirga uzatiladi. Kadastr sohasiga oid savollaringiz bo'lsa to'g'ridan-to'g'ri efirda 74-228-36-55 raqamlari orqali yo'llashingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy ma'lumot.

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

◼️ Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 🎤🎤🎤🎤

🌟 Kadastr agentligida "E-yer nazorat" AAT dasturining taqdimoti bo'lib o'tdi.

🟢Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlarida Ommaviy axborot vositalari xodimlari va mustaqil blogerlar ishtirokida Kadastr agentligi tomonidan yuritiladigan yer va kadastr nazoratida shaffof mexanizmni shakillantirish maqsadida ishlab chiqilgan "E-yer nazorat" AAT dasturi taqdimoti bo'lib o'tdi.

🌟“E-YER NAZORAT” AAT yaratilishi natijasida Yer va kadastr nazorati sohasidan, Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar samarali davlat nazorati o‘rnatilishiga erishildi.

▶️Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-fevraldagi PQ–138-son qaroriga asosan takomillashtirildi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan integratsiya qilingan Ichki ishlar vazirligining “E-maʼmuriy ish” axborot tizimi o‘rtasida maʼlumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

“E-YER NAZORAT” AAT dasturi joriy qilinishi natijasida ortiqcha qog‘ozbozlik va huquqbuzarlikni bartaraf etishda muddatlar qisqarishi va hujjat almashishni samaradorligiga erishildi.

#kadastr_agentligi #taqdimot #e_yer_nazorat_aat

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM