ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.4K photos
863 videos
6 files
4.9K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayroq_qabul_qilingan_kun

O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i qabul qilingan kun.

🇺🇿 "O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari O‘tkazilgan VII-sessiyasida qabul qilingan va shu kundan e’tiboran har yili 18-noyabr kuni Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sifatida yuritimizda nishonlanadi.

🇺🇿 Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi.

😄 Javob: Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi. Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi asosida joylashtiriladi.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

Yer nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

🌟 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Izboskan tuman bo'limi inspektorlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida tumanning Daryo bo'yi MFYda yashovchi fuqaro U.R tomonidan Kuygan yor Siza avtomobil yo'li bo‘yidagi 150 metr kvadrat yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab noqonuniy qurilmalar qurib olganlik holati aniqlandi.

📃 Holat yuzasidan agentlikning tuman bo'limi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda ixtiyoriy bartaraf etish va yer qonun buzilish holatlariga belgilangan choralar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 2023 йилнинг 10 ойи давомида 19 359 та географик объект номлари давлат реeстрига киритилди

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Давлат кадастрлари палатаси ахборот хизмати раҳбари Муножат Йўлдошева маълум қилди.

Шунингдек, ўтган давр мобайнида географик обьектларга ном бериш ва уларни қайта номлаш тўғрисидаги таклифларни давлат экспертизасидан ўтказиш бўйича 46 330 та ном эксперт комиссиясига тақдим этилган.

Шундан, 22 970 та географик объект номларига қонунчилик ҳужжатларига мувофиқлиги юзасидан ижобий экспорт хулосалари берилган, 23 360 та ном қонунчилик ҳужжатлари талабларига номувофиқ деб топилиб, қайта кўриб чиқиш учун ҳудудий комиссияларга қайтарилган.

Шу билан бир қаторда, ҳудудий комиссиялар томонидан ўрганилган ва ҳудудда мавжуд бўлмаган 954 та географик обьект номларини давлат реестридан ўчириш, давлат реестрига киритилган 279 та географик обьектларнинг номларига тегишлича ўзгартиришлар киритиш ишлари амалга оширилди.

📌 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqni oʼz vaqtida Davlat roʼyxatidan oʼtkazing.

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazaorati inspektorlari tomonidan joriy yilning o'tgan davri mobaynida "Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik" holati boʼyicha 1 861 ta holatda maʼmuriy bayonnomala rasmiylashtirildi.

Eslatma;
Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy Javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 68-(prim) 1-moddasiga asosan, Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik,

— Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʼn baravari,

— Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʼn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_xalq_xizmatida

Xalq xizmatida bo‘lish oliy burch.

Kadastr tizimi hodimlari tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, muammolarni aniqlab, ularga aniq choralar ko‘rish, fuqarolarga kadastr sohasida huquqiy tushunchalar berish maqsadida soha xodimlari tomonidan "Mahallabay", "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Hususan,⭐️ Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Asaka tumani xodimlari tomonidan "Mahallabay" va "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilib xalq roziligi yo'lida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

Viloyatimiz bo'ylab Yer nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

🌟 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi O'ltinkol tuman bo'limi inspektorlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida tumanning Toptiq MFY hududidagi 200 kv.metr yer maydoni fuqaro X.S tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz egallab olinib, o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.

📝Holat yuzasidan Agentlikning tuman bo'limi tomonidan belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani qonunchilikda belgilangan muddatlarda ixtiyoriy bartaraf etish va yer qonun buzilish holatlariga belgilangan choralar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ер ресурсларидан оқилона фойдаланиш, ер ҳисобини юритиш ҳамда кадастр хизматларининг сифатини яхшилаш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам рационального использования земельных ресурсов, ведения учета земли и улучшения качества услуг кадастра.

Facebook|Instagram|Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Охирги уч йилда соҳани рақамлаштириш ҳисобига 40 миллион гектар ёки жами ерларнинг 90 фоизи кадастрдан ўтказилди.

Энди қолган муаммоли ерларни ҳам тўлиқ кадастр рўйхатидан ўтказиш шартлиги кўрсатиб ўтилди.

Қишлоқ хўжалиги ерларида аэросуратга оладиган замонавий самолёт ва лабораториялар олиб берилди.

Кадастр агентлигига туман ва шаҳар ҳокимлари билан бирга йил якунигача аэросуратга олиш ишларини Тошкент шаҳри, Тошкент ва водий вилоятларида, келгуси йили эса қолган ҳудудларда тўлиқ якунига етказиш топширилди.

Аэросуратлар асосида қишлоқ ерларини мониторинг қилиш тизими йўлга қўйилиши белгиланди.

Facebook|Instagram|Twitter
Йиғилишда қишлоқ хўжалигида:

- 286 минг гектар ерга бўлган ҳуқуқни тасдиқловчи ҳужжатлар тўлиқ эмаслиги;

- 159 минг гектар ернинг ҳужжатдаги ва амалдаги майдони бир-биридан фарқ қилиши;

- аввалги даврларда доимий фойдаланиш учун ажратилган 460 минг гектар ернинг ҳуқуқий мақоми аниқ эмаслиги қайд этилди.

Оқибатда жами 900 минг гектардан зиёд қишлоқ хўжалиги ерлари кадастр рўйхатидан ўтмасдан турибди. Кадастри йўқлиги сабабли такрорий экинлар учун бу ерларни расман иккиламчи ижарага бериш имкони бўлмаяпти.

Буларни оқибатида камида 300 минг иш ўрни, такрорий экиндан олинаётган маҳсулот ҳамда норасмий ижаранинг ҳисоби юритилмаяпти.

Facebook|Instagram|Twitter
#sayyor_qabul

Bo'ston tumanida sayyor qabul

🗣 Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan 🌟Davlat kadastrlar palatasi Bo’ston tuman filiali rahbari boshchiligida Bo‘ston tumanining “Sarbon” mahallasida sayyor qabul tashkil qilindi.

📃 Qabulda fuqarolarning ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, mutasaddilar tomonidan ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

📝 Kelib tushgan aksariyat murojaatlar joyida ijobiy hal etilgan bo'lsa, qo'shimcha vaqt talab qilgan murojaatlar yuzasidan mutaxasislar tomonidan o'rganish ishlari olib borilishi belgilandi.

😎 Bundan tashqari, yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Йиғилишда йўл хўжалигида ҳам шу аҳвол экани таъкидланди. Кўпгина ички йўллар ва унга туташ ерларнинг ҳужжати йўқлиги билан боғлиқ муаммолар кўрсатиб ўтилди.

Келгуси йилда “Ташаббусли бюджет” ва “Менинг йўлим” лойиҳаларига ажратиладиган маблағлар ҳисобидан таъмирланадиган ички йўлларни лойиҳалашда уларга кадастр ҳужжатини тайёрлашни ҳам назарда тутиш топширилди.

Айрим вазирликларга берилган ер ва бинолар кадастри ҳам қониқарсизлиги қайд этилди. Баъзи объектларнинг эгалик ҳужжати йўқлиги аниқланган. Ушбу ерларнинг ҳужжати йўқлиги сабабли талон-торож қилинган ҳолатлар мавжуд.

Вазирликларга ўзларига қарашли барча ер ва биноларни ҳужжатлаштиришни якунига етказиш, Бош прокуратурага ушбу ишларнинг қатъий назоратини йўлга қўйиш топширилди.

Facebook|Instagram|Twitter