ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.39K photos
863 videos
6 files
4.9K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#mini_futbol #kadastr

🏆 ⚽️ "MINI FUTBOL-2023" sport musobaqasi o'z nihoyasiga yetdi. 🏆

Musobaqaning yakuniy kuni natijalariga ko'ra:

1️⃣-o'rin- Andijon viloyati jamoasi;
2️⃣-o'rin- Qashqadaryo viloyati jamoasi;
3️⃣- o'rin- Sirdaryo viloyati jamoasi;
4️⃣-o'rin- Namangan viloyati jamoalariga nasib etdi.

➡️ Musobaqaning yakuniy kunida 🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida ham turli xil sport musobaqalari o'tkazildi.

Ayollar o'rtasida o'tkazilgan musobaqa natijalariga ko'ra:

1️⃣-o'rin- Respublika aerogeodeziya markazi jamoasi;
2️⃣-o'rin- Surxondaryo viloyati jamoasi;
3️⃣- o'rin- Navoiy viloyati jamoasi;
4️⃣-o'rin- "Geoinfocom" DUK jamoasi egalladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #kadastr #amaliyot

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan Ma'muriy amaliyot yo'nalishida 2023-yilning 1-25-avgust kunlari amalga oshirilgan ishlar tahlili.

➡️ Batafsil: Infografikada

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #qaror #vm_424

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi (2023-yil 25-avgust 424-son).

📄 Qarorning 1-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

😎 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va yagona hujjatga birlashtirish;

😎jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili;

😎ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va ularning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori;

😎davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, bu haqda guvohnoma berilgan ko‘chmas mulklarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va undan ko‘chirma berish, shu jumladan mazkur xizmatlarni bepul amalga oshirish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Andijon #Kadastr

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashga chorlaydi.

Kadastr sohasi bilan bog'liq korrupsiya va tamagirlik holatlariga duch kelsangiz boshqarmaning: ☎️ 74-224-20-25 📞 97 999-38-86, 90 529-70-01 raqamlariga murojaat qiling!

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #video_roliklar_tanlovi

🌟Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Ayoli ulug‘langan yurt” mavzusidagi ijtimoiy videoroliklar ko‘rik tanlovi o‘tkazilmoqda.

Unda Respublikamizning barcha viloyatlaridan 35 nafar ayollar ishtirok etib, o‘z ijod namunalarini tanlov hayʼat aʼzolariga taqdim etdilar.

💠 Mazkur tanlovga taqdim etilgan videoroliklarni tomosha qilishingiz va ovoz berishingiz mumkin.

🎞Tomosha qiling va haqqoniy tarzda ovoz bering.

❗️Eslatib
o‘tamiz, mazkur videoroliklar professional ijodkorlar tomonidan emas, oddiygina kadastrchi ayollarimiz tomonidan tayyorlangan!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ассалому алайкум ! Мен Андижон шаҳар кадастр идорасининг айрим мутасаддилари устидан шикоят қилмоқчиман" sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan murojaatdagi holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini boshlandi.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Facebook You tube
#auksion

⚖️ Andijon viloyatida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun 726 ta yer uchastkalari auksion savdolarida sotildi.

➡️Batafsil: Infografikada

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Kadastr agentligi xodimlari o‘rtasida mini-futbol musobaqasi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #gazeta

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tumani filiali tomonidan "DAVR SADOSI" gazetasida "Kadastr sohasidagi yangiliklar" nomli maqolasi chop etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #qarorga_sharx #vm_424



🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi 424-son Qaroriga sharx.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

Savol: Assalomu alaykum biz yashab kelayotgan uy-joyimizni kadastr hujjatlari yo‘q kadastr qilish uchun qarori yo‘q lekin marhum bobomning qo‘lda yozilgan vasiyatnomasi bor shu vasiyatnoma kadastr hujjatlari tayyorlash uchun asos bo‘ladimi.

Javob: Agar vasiyatnoma notarial tasdiqlangan bo‘lsa u holda vasiyatnoma bo‘yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan egalik huquqini oladi ammo, vasiyatnoma uy-joyga dastlabki kadastr hujjatini rasmiylashtirishga asos bo‘lmaydi.

Vasiyatnoma berilgan uy-joyga bo‘lgan huquq vasiyatnoma beruvchi shaxsning nomiga belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda vasiyatnoma asosida uy-joyga bo‘lgan huquqni vasiyatnoma oluvchi shaxsning nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkun buladi.

Andijonkadastr_bot yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda “Assalomu alaykum sizlarga murojaatim bor men Andijon viloyati Bo‘ston tumanidan yozayabman” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

O‘rganishda Kadastr agentligi Bo‘ston tumani bo‘limi bosh inspektori M.Abdullajonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
21-fevral kungi PQ-138-sonli qarori ijrosini ta’minlash, tumanda yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanish, yer qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer nazorati tadbirlari davomida tumanning Yangiobod mahallasida yashovchi fuqaro M.K tomonidan 0,10 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatini aniqlangan.

Holat bo‘yicha o‘rganilganda fuqaro M.Kga tuman hokimining 12.08.2017 yil kungi 540-sonli qaroriga asosan 0,25 gektar yer maydonlari "Savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchasi" qurish maqsadida ajratib berilgan, lekin o‘rganish kunida amalda 0,35 gektar yani huquqiy hujjatlardan 0,10 gektar ortiqcha yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab, shundan 348,1 kv.m yer maydoniga qurilish qurib olganligi aniqlangan.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan 0.10 gektar yer maydoni tahlil qilinganda tuman hokimining 24.10.2017-yil kungi 717-sonli qaroriga asosan tumanning Obod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro M.Sga “Chevarchilik sexi” bino-inshoatlari qurilish maqsadida ajratilgan 0.06 gektar hamda shu mahalla hududida bo‘sh turgan tuman zahirasidagi 0.04 yer maydonlari ekanligi tasdiqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha inspektor tomonidan Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 60-modda 3-qismi (O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda fuqaroga o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni o‘z hisobidan ixtiyoriy bartaraf etish bo‘yicha qonuniy tushuntirishlar berilganligi aniqlandi.

Shu o‘rinda murojaatdagi yana bir masalaga alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz kadastr agentligining asosiy vazifalaridan biri bu yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinish holatlarini oldini olish, aniqlash va belgilangan tartibda chora ko‘rish bo‘lib, murojaatda ta’kidlanganidek Agentlikning Bo‘ston tumani bo‘limi hodimlari bu joyda o‘z manfatlarini o‘ylab emas balki belgilangan xizmat vazifasini bajarayotganligini ta’kidlash joiz. Zero Yer umummilliy boylik uni asrab avaylash esa barchamizning burchimiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zboshimchalik bilan egallab olish holati aniqlandi.

🌟 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Marhamat tuman bo'limi inspektorlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida tumanning "Mirishkor" MFY hududidagi fuqaro X.Oga tegishli bo'lgan yer uchastkasining yon qismidan 600 kv metr yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib 200 kv.metr qismiga qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati aniqlandi.

📃 Holat yuzasidan Kadastr agentligi tuman bo'limi tomonidan MJtKning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda noqonuniy qurilmani majburiy tartibda buzdirish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudiga davo ariza kiritildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Mustaqillik_bayrami

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyat boshqarmasida taqdirlash tadbiri o'tkazildi.

💐 Tadbir davomida boshqarma rahbariyati tomonidan tizimda mehnat qiluvchi barcha xodimlarini istiqlol ayyomi bilan tabriklab, Samimiy tilaklar, ezgu niyatlar bildirildi.

Sohada uzoq yillar davomida o'zining samarali faoliyati bilan boshqalarga o'rnak bo'layotgan xodimlarning mehnatlari ham e'tirof etilib ularga faxriy yorliq va esdalik sovg'alar topshirildi.

Shuningdek Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha jamoatchilik ishlaridagi faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar ham munosib taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM