ANDIJON KADASTR
1.44K subscribers
7.44K photos
874 videos
6 files
4.95K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#LIVE

Xabar berganimizdek Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjuman

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi hamda hududiy tuman va shaharlar bo‘limlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijasida 2023 yilning o‘tgan davri mobaynida  jami 815 ta holatda 74,3 ga yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurish holatlari aniqlandi.

Yerqonunbuzilish holatlari yer turlari bo‘yicha tahlil etilganida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda 299 taholatda 58,0 gektar,aholi punktlari yerlarida 301 ta holatda 5,3 gektar, sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa yerlarida 106 ta holatda 3,9 gektar, suv fondi yerlarida 62 taholatda 2,4 gektar, zaxira fondi yerlarida 45 taholatda 4,6 gektar va 2 taholatda 0,1 gektar boshqa turdagi yer maydonlarini tashkil etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ноқонуний қурилма (ҳожатхона)га икки фуқаро тушиб кеткан бўлиши мумкин" sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi.

Haqiqatdan xam tarmoqlarda berilgan bino-inshootlar hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan qurilganligi aniqlangan va agentlikning Andijon tumani bo‘limi tomonidan fuqaro G‘.Mga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, fuqaroga huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino-inshootlarni belgilangan muddatlarda o‘z hisobidan ixtiyoriy bartaraf etish bo‘yicha tushintirish ishlari olib borilgan.

21-avgust kuni yuqoridagi holat boshqarma mutaxassislari tomonidan qayta o‘rganilganda fuqaro tomonidan berilgan muddatlarda qonun buzilish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilmaganligi va Andijon tumani bo‘limi xodimlarining eʼtiborsizligi oqibatida mazkur o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani majburiy tartibda buzish bo‘yicha sud organlariga daʼvo ariza yuborilmaganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha yig‘ilgan hujjatlar shu kunni o‘zida, yaʼni noqonuniy qurilgan qurilmalarni majburiy tartibda buzish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga 01/02-345-03-sonli davo arizasi kiritilishi taʼminlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Андижонда ер ва курилишни назорат киладиган орган борми?" sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan murojaatdagi holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini boshlandi.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #matbuot_anjuman #Andijon

🟢Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan 2023-yilning 7 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan murojaatlar soni 269 taga kamaygan.

➡️Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Мен Андижон shahar фуқаролари номидан мурожаат qilyapman" sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 492-sonli Qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan Respublikadagi barcha ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari alohida-alohida shakllantirilishi hamda mazkur kadastr raqami takrorlanmas bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.
Mazkur Nizomga asosan 2023-yil 1-avgust holatiga Andijon shahar hududidagi 101 041 mingta ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari shakllantirilgan.

Ko‘chmas mulk obyektlariga yangi kadastr raqami va kadastr pasporti shakllantirish uchun jismoni va yuridik shaxslar tomonidan Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qarori talablariga asosan hududlardagi Davlat xizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv portali orqali ko‘chmas mulkga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qilinishi belgilangan.

Xususan, bunda tuman hokimining yer uchastkasini berish to‘g‘risida chiqargan qarori, notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan bitim, guvohnomalar, mulkiy huquqni tasdiqlovchi Davlat orderi, sud, sud ijrochilarining qarorlari va boshqa ko‘chmas mulkga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi. Mazkur murojaatlar yuqoridagi qarorga asosan, koʼp qavatli uylarga 3 ish kuni, turar-joylar uchun 5 ish kunida, noturar joyga oid ko‘chmas mulklar ish xajmiga ko‘ra 5 ish kunidan 25 ish kunigacha ko‘rib chiqilishi belgilangan. Ko‘chmas mulklarga kadastr raqamlari berilishi shu jarayon ichida amalga oshiriladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda murojaat muallifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qarorida ko‘rsatilgan tartibda Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki yogona interaktiv portali orqali ko‘chmas mulkga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi xujjatlarni ilova qilgan holda ko‘chmas mulkiga kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun murojaat qilishi mumkinligini ma‘lum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #kadastr #amaliyot

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan Ma'muriy amaliyot yo'nalishida 2023-yilning 1-20-avgust kunlari amalga oshirilgan ishlar tahlili.

➡️ Batafsil: Infografikada

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Андижонда ер ва курилишни назорат киладиган орган борми?" sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligi Andijon shahar bo‘limi tomonidan murojaatda keltirilgan manzilda yer nazorati tadbirlari olib borildi va o‘rganishlar natijasida yuqoridagi holatlar bo‘yicha yer qonun buzilish holatlari aniqlanmadi.

O‘rganishlar davomida mazkur hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga yer qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanishlari, shuningdek Yer qonunbuzilish holatlari bo‘yicha javobgarlik masalari bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

⭐️ Kadastr agentligining 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasiga avgust oyining 1-20 kunlari mobaynida 5 060 ta ko'chmas mulklarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarning 2 345 tasi ijobiy hal etilib, ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlar Davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

➡️ Batafsil: Infografika.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mini_futbol #kadastr

⚽️ "MINI FUTBOL-2023" sport musobaqasining 2-kuni yakuniga yetdi.

Guruh o'yinlarining ikkinchi kungi natijalari bilan infografika orqali tanishib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏙 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi

🇺🇿 Hukumat qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📃 Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

📝 Shunga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.

📆 Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

❗️O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi.

Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

👔 Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

📌 Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Noqonuniy egallab olingan yerlar o'z holiga qaytarilgan.

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 7 oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi.

➡️Batafsil: Aktual_uz TV.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM