ANDIJON KADASTR
1.43K subscribers
7.54K photos
882 videos
6 files
5K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
▪️ma'lumot_o'rnida▪️

📁 Maʼmuriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish kiritildi.

O‘zgartishga ko‘ra:
📝 Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

📃 Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

🔘jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

🔘xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.

Asos: 🇸🇱O‘zbekiston Respublikasining 18.04.2023 yildagi 830-sonli qonuni.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda “Андижон тумани Қоратут МФЙ фуқароларидан АРИЗА” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilganda murojaatdagi holat Andijon tuman Y.Oxunboboyev massivi qishloq xo‘jalik xaritasining 9310-qism konturida joylashgan yer hisoboti bo‘yicha bog‘zor o‘rnida turuvchi 3,05 gektar yer maydoni fuqaro Y.Rga ijara huquqi bilan bog‘dorchilik yo‘nalishida fermer xo‘jaligi tashkil qilish uchun ajratib berilgan.

O‘rganishda fermer xo‘jaligi rahbari Y.R tomonidan o‘zboshimchalik bilan 0,60 gektar yer maydonini qo‘rg‘on devor bilan o‘rab 500,0 kv.metr maydonga turar-joy ko‘rinishida poydevor qilib olinayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qaroriga muvofiq o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilib, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi va to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

O‘z navbatida fuqaro Y.R tomonidan noqonuniy qurilgan qurilmalar belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan takdirda majburiy tartibda bartaraf etish uchun sudga daʼvo arizasi kiritilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #gazeta

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan "ANDIJONNOMA" gazetasida "Yerdan oqilona foydalanish davr talabi" nomli maqolasi chop etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Andijon #ro_yxatga_olish

🏠 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning asosiy prinsiplari - Qonuniylik!

➡️Batafsil: Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining Ko‘chmas mulkka bo’lgan huquqlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i -
Obidjon Abduraximov
maqolasida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#Andijon #Kadastr #nazorat

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy tuman shahar bo‘limlari tomonidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Tadbirlar davomida fuqaro va tadbirkorlarga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarida faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar uchun Adliya vazirligining Yuristlarni malakasini oshirish markazi xodimi R.Shukurov tomonidan “Korrupsiyaviy huquqbuzarlik uchun javobgarlik” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Facebook You tube
Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

⭐️ Kadastr agentligining 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasiga 2023-yilning 1-25 iyul kunlari 5 mingdan ziyod ko'chmas mulklarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarning 2 495 tasi ijobiy hal etilib, ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlar Davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

➡️ Batafsil: Infografika.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #gazeta

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Buloqboshi tumani bo'limi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan "BULOQBOSHI" gazetasida maqola chop etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_xalq_xizmatida

Xalq xizmatida bo‘lish oliy burch.

Kadastr tizimi hodimlari tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, muammolarni aniqlab, ularga aniq choralar ko‘rish, fuqarolarga kadastr sohasida huquqiy tushunchalar berish maqsadida soha xodimlari tomonidan "Mahallabay", "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Hususan, ⭐️ Kadastr agentligining 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jalaquduq tumani filiali xodimlari tomonidan "Mahallabay" va "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilib xalq roziligi yo'lida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ma'lumot uchun: Jalaquduq tumanida 41 545 ta ko'chmas mukl obyektlari mavjud bo'lib bugungi kunga qadar yuqoridagi ko'chmas mulklarining 24 360 tasiga soha mutaxassislari tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi ta'minlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “Men Toshkent shaxridan saylovchilarizdan biri Shukurullo Parpiyev” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilganda murojaatdagi turar-joy Shahrixon tumani To‘lqin MFY Qo‘rg‘oncha ko‘chasida joylashgan uy-joylarga nisbatan Shahrixon tumani hokimining 2006-yil 13-iyun kungi “Imoratlarga egalik huquqi tiklash haqida”gi 144-Q-sonli qarori bilan K.S ning 1200,0 kv.metrda joylashgan bino va inshootlarga egalik huquqi tiklanib, kadastr hujjatlari tayorlangan hamda Yer resurslari, geodeziya kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Аndijon viloyati ro‘yxatga olish ofisi tomonidan 2006-yil 27-iyun kuni kadastr kitobiga 230/52/65-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan.

Shundan so‘ng, fuqaro K.S o‘ziga tegishli hovli joylarini Shahrixon tumani 2-sonli Davlat notarial idorasining 2006-yil 3-iyul kungi reestr №1016 raqami bilan qayd etilgan hovli-joy xadya shartnomasiga asosan qizi Q.Zga o‘tkazib bergan.

Q.Z
2015-yil 21-sentabr kuni Shahrixon tumani 2-sonli Davlat notarial idorasi tomonidan reestr № 7117 raqami bilan qayd etilgan uy joy oldi-sotdi shartnomasiga asosan o‘ziga tegishli hovli-joyni S.J ga sotgan hamda fuqaro S.J sotib olgan uy-joyni Аndijon viloyati xo‘jalik hisobidagi “Yermulkkadastr” xizmati Davlat unitar korxonasi Shahrixon tuman idorasi tomonidan 2015-yil 3-oktabr kuni kadastr hujjatlari rasmiylashtirib kadastr kitobini 16/2207 tartib raqami bilan davlat ro‘yxatiga olingan.

Fuqaro S.J o‘ziga tegishli bo‘lgan hovli joyini 2020-yil 23-sentabr kuni Shahrixon tumani xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusi tomonidan 202001448001665 raqami bilan qayd qilingan turar-joy oldi-sotdi shartnomasiga asosan Toshkent viloyati Chirchiq shahri 3-kichik daxasi 11-uy 10-xonadonda yashovchi Parpiyev Shukurullaga sotganligi maʼlum bo‘ldi. Fuqaro Parpiev Shukurrulla sotib olgan ushbu uy-joyiga Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 2020-yil 24-sentabr kuni “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risida”gi 1703230/R-A1238746-sonli Davlat Reyestridan ko‘chirma taqdim etilgan.

Xozirgi kunda Shahrixon tumani To‘lqin MFY Qo‘rg‘oncha ko‘chasidagi Parpiev Shukurulloga tegishli hovli-joyda dastlabki egasi K.Sni o‘g‘li K.Sh ya’ni Q.Z ni akasi oila a’zolari bilan yashab istiqomat qilib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu uy-joylardan foydalanayotgan fuqaro K.Sh tomonidan tegishli tashkilotlardan hech qanday ruxsatnomasini olmasdan Parpiyev Shukurulloga tegishli bo‘lgan bino va inshootlarni buzib, ularning o‘rniga yangi qurilishlar qurib, olganligi aniqlandi. Ushbu holat natijasida fuqaro Parpiev Shukurulloga tegishli bo‘lgan uy-joyda mulkiy nizolar yuzaga kelgan. Mazkur nizolarni hal qilish uchun Uy-joy kodeksining 140-moddasiga asosan sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq ekanligini bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#suhbat #Andijon_viloyati

⭐️ Kadastr agentligining 🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining tuman, shahar filiallarida bo'sh turgan lavozimlari uchun 12 nafar nomzodlar boshqarmalarning "Ishga qabul qilish komissiyasi" a'zolari tomonidan suhbatdan o'tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM