ANDIJON KADASTR
1.44K subscribers
7.49K photos
877 videos
6 files
4.97K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda “Obunachilarimizdan tahrirsiz” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Murojaatga asosan Andijon tumani Zovraq MFY Shohi-zinda ko‘chasida qurilayotgan qurilishlarning huquqiy hujjatlari o‘rganilganda Xalq deputatlari Andijon nohiya kengashi ijroiya komitetining 06.01.1992-yil №3b/1-sonli qaroriga asosan fuqaro T.Z.ga uy-joy qurish uchun ajratib berilgan yer maydoni ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida «O‘ZARXIV» agentligi Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Oltinko‘l tuman davlat arxiviga belgilangan tartibda so‘rov yuborildi hamda Oltinko‘l tuman davlat arxivining 2023-yil 12-iyun kungi 01-23/99-sonli maʼlumotnomasiga asosan, Xalq deputatlari Andijon nohiya kengashi ijroiya komitetining 06.01.1992-yildagi № 3b/1 sonli yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer ajratish haqidagi qarorining ilovasida №86-tartib raqamida fuqaro T.Z nomiga yer maydoni ajratish haqidagi qarori mavjud ekanligi maʼlum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon_kadastr #Yer_nazorati #Oylik_tahlil

Аndijon viloyatida iyun oyida 112 ta holatda yer maydonlari oʼzboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

⭐️Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasining Yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning o'tgan davri mobaynida 500 ta noqonuniy holat anqilandi shundan, iyun oyining oʼzida 112 ta holatda 4,40 gektar yer maydonlari oʼzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.

O'tgan oy davomida aniqlangan 112 ta holatdagi 4,4 gektar oʼzboshimchalik bilan egallab olingan holatlarning barchasiga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo'yicha yozma ko'rsatmalar yuborildi.

💠Bundan tashqari boshqarmaning yer va kadastr nazorati bo'limi tomonidan 11 ta holatdagi oʼzboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini majburiy bartaraf etish bo'yicha fuqarolik ishlari boʼyicha sudlarga daʼvo arizalar kiritilishi ta'minlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xususiylashtirish

🌐 Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo’yicha kelib tushgan murojaatlarning 706 tasiga ijobiy xulosa berilgan.

🕓 O‘tgan davr mobaynida, (2023 yil 10 iyul holatiga) 1 881 ta yer uchastkalarini xususiylashtirish yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 706 tasiga ijobiy xulosa berilgan, 1 169 tasi rad etilgan va 6 tasi jarayonda.

⭕️Rad etish sabablari o‘rganilganda, aksariyat hollarda yerga bo‘lgan huquqni mavjud emasligi yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni xususiylashtirish masaladagi murojaatlar ekanligi aniqlangan.

🟢Bunday holatlarda, murojaatchilarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirish orqali tegishli yo‘nalish berib kelinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #yer_nazotari

Andijon viloyatida 2023-yilning o'tgan davri mobaynida 500 ta holatda 46,1 gektar yer maydonlari o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

Yuqorifagi infografika orqali o'zboshimchalik bilan egallab olingan holatlarga ko'rilgan choralar to'g'risida ma'lumot olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  |  🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #geoinovatsiya_markazi

Sohada qo‘llaniladigan texnikalar

👌Phantom-4 Pro V2.0 uchuvchisiz uchush qurilmasi parametrlari:

🕓 Uchish vaqti: 30 minut,
😬Uchish masofasi: 7 km,
👂Shovqin darajasi: 4 дБ,
📹 Video formati: 4K 60fps
📍Vizual joylashishni aniqlash diapazoni: 30 m

Eslatib o'tamiz: 🌟Kadastr agentligining "Geoinnovatsiya markazi" DUKda hamda Agentlikning hududiy boshqarmalarida jami 48 dona 👌Phantom-4 Pro V2.0 uchuvchisiz uchush qurilmasi mavjud. Bugungi kunda ushbu uchuvchisiz uchish qurilmasidan Respublikasmizning turli hududlarida kadastr, qurilish, sanoat va ishlab chiqarish yo'nalishlaridasamarali foydalanib kelinmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #seminar

🟢 Bugun Farg'ona viloyatida Jahon banki loyihasi doirasida 🌟 “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusidagi seminar-trening 1-kuni boshlandi.

🧊 Seminar 12-14 iyul kunlari bo'lib o'tadi.

➡️Unda 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasining Farg'ona, Andijon va Namangan viloyati tuman, shahar filiallari rahbarlari ishtirok etmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Биз Давлат кадастрлар палатаси Андижон вилояти шахар ва туман филиаллари ходимларидан мурожаатимиз бор" sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini boshlangan.
Holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#OAV_biz_haqimizda #Yer_nazorati

Andijon viloyatida 46,1 gektar yer noqonuniy o‘zlashtirilgani aniqlandi.

Eng ko‘p holat qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer bilan bog‘liq bo‘lib, bu boradagi ko‘rsatkich 38,6 gektarni tashkil etmoqda, — deydi boshqarma boshlig‘i Fayoziddin Berdiqulov. — Shuningdek, aholi turar joylari, sanoat, transport, aloqa mudofaasi turlari bo‘yicha ham noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan.

➡️Batafsil: Xs.uz maqolasida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_xalq_xizmatida

Xalq xizmatida bo‘lish oliy burch.

Kadastr tizimi hodimlari tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, muammolarni aniqlab, ularga aniq choralar ko‘rish, fuqarolarga kadastr sohasida huquqiy tushunchalar berish maqsadida soha xodimlari tomonidan "Mahallabay", "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Hususan, 🌟Davlat kadastrlari palatasi Shahrixon tumani filiali xodimlari tomonidan "Mahallabay" va "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilib xalq roziligi yo'lida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ma'lumot uchun: Shahrixon tumanida 58 326 ta ko'chmas mukl obyektlari mavjud bo'lib bugungi kunga qadar yuqoridagi ko'chmas mulklarining 21 237 tasiga soha mutaxassislari tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi ta'minlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Davlat xizmatida ishlashning o‘z odob-axloq qoidalari bor, xizmatchilar unga rioya qilishga majbur.

🟢Ushbu rolikda davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnat faoliyati va ishdan tashqari vaqtdagi xulq-atvorining umumiy qoidalari haqida maʼlumot berilgan.

❗️ Eslatib o‘tamiz, ushbu qoidalar majburiy.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

Savol: O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzdirish tartibi qanday, shu haqida maʼlumot beraolasizlarmi.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi VMning 05.07.2017-yildagi 467-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra yerlarni o‘zboshimcha egallab olib noqonuniy qurilmalar qurib olish holatlari aniqlangan taqdirda vakolatli organ tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi yuzasidan ko‘rsatmalar beriladi.

Belgilangan muddatda bartaraf etmagan taqdirda majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritilib, majburiy tartibda bartaraf etish chorasi ko‘riladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Andijon

⭐️ Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijasida 2023-yilning o'tgan davri mobaynida 500 holatda 46,1 gektar yer maydonlari o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

📃 Quyidagi infografika orqali o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlaring yer turlari to'g'risida ma'lumot olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #sohada_qullaniladign_texnikalar

🌟 SOHADA QO'LLANILADIGAN TEXNIKALAR

Leica GS10 GPS geodezik qurilmasi bu professional ajratilgan yechim bo’lib, tashqi alohida ko’chiriluvchi antenna, ikkita batareyka joylanishi mumkinligi hamda ko’plab kommunikatsiya portaliga ega qurilmadir.
🟢GNSS qurilmasi alohida RTK baza vazifasidan ham alohida rover sifatida ham ishlash imkoniyatiga ega. Mavjud barcha sun’iy yo’ldosh tizimlari bilan ishlash imkoniyatiga ega jumladan, GPS, GLONASS, Galileo i BeiDou
🟢Sun’iy yo’ldosh orqali ishlovchi ushbu qurilma geodeziya va kartografiya ishlarini bajaruvchi qurilmalarga qo'yilgan deyarli barcha talablarni bajarishi mumkin.
Himoya opsiyalari:
🟢 Leica GS10 GPS geodezik qurilmasi ekstrimal bo’lgan -40°S do +65°S haroratida ishlay oladi. Qurilma korpusi yuqori chidamli materialdan tayyorlangan bo’lib, urilishga va kuchli vibratsiyaga chidamli hisoblanadi.
🟢Suvda ishlash tizimi to’liq ishlaganda 1 metr suv ostida bo’lganda ham ishchi holatini saqlab qoladi.
🟢 Chang va namlikka qarshi IP68 standart qurilmani o’ta noqulay sharoitlarda ham ishchi holatda bo’lishini ta’minlaydi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM