ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.67K photos
892 videos
6 files
5.09K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#uchrashuv #texnikum #talabalar

▫️Bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi▫️

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari boshliqlari bilan Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo'limi xodimlari bilan Andijon shahridagi Andijon arxitektura va qurilish texnikumi rahbariyati bilan hamkorlikda texnikumning geodeziya va kadastr yo'nalishida tahsil olgan bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv o'tkazildi.

💠 Mazkur uchrashuvda yangi hayot ostonasiga qadam qo'yayotgan yoshlarni kadastr sohasiga bo'lgan qiziqishlari tinglandi hamda bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar haqida fikrlari eshitilib, boshqarma boshliqlari o'zlarini hayotiy tajribalarini talabalarga yetkazdi.

💠 Shuningdek, bitiruvchilarni boshqarma tizimida bo'sh turgan lavozimlar bilan tanishtirildi hamda ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilish tartiblari bo'yicha tushuntirishlar berib o'tildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda “Мурожаат #Таҳрирсиз” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Mazkur murojaat yuzasidan tegishli mas'ul tashkilotlar hamkorligida ishchi guruh tuzilib joyida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda murojaatda keltirilgan hudud Uyg‘ur MFY hududidagi Nurlidiyor hamda Uzumzor ko‘chalari oralig‘ida joylashgan bo‘lib, mazkur hududda yashovchi fuqarolar tomonidan murojaatda keltirilgan zavur atroflari o‘zboshimchalik bilan to‘silib olinayotganligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, tuzilgan ishchi guruh tomonidan shu hududdagi fuqarolarning yer maydonlariga tegishli huquqiy hujjatlari o‘rganildi hamda o‘z yer maydonlaridan ortiqcha yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan fuqarolarga Kadastr agentligi Oltinko'l tumani bo'limi tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlar o‘z ixtiyori bilan bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi va belgilangan tartibda yozma ko‘rsatmalar berildi.

O‘z navbatida fuqarolar tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zboshimchalik bilan egallab olinib yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish holatlarini ixtiyoriy bartaraf etmagan taqdirda, majburiy tartibda bartaraf etish bo‘yicha sud organlariga da'vo arizalari kiritilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#auksion

⚖️ Andijon viloyatida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun 2 951 ta yer uchastkalari auksion savdolariga yuborildi.

➡️Batafsil: Infografikada

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishonch_raqami

Savol: Men subsidiya asosida turar-joy sotib oldim. O‘sha uyni ipoteka shartnomasini taʼqiqqa qo‘yish uchun kadastr idorasiga 412 ming 500 so‘m miqdorida to‘lov qilish kerak ekan bunga sabab nima?

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2021 yildagi 306-sonli qarorining 4.12-bandiga asosan Ipoteka shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1.25 barobari miqdorida to‘lov undirish belgilangan.

☎️74-224-20-25 raqami yordamida kadastr sohasida o'zingizni qiziqtirgan savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#ro_yxatdan_o_tkazish

⚜️ Andijonda 2023-yil 6 oyi davomida 25 mingdan ziyod ko'chmas mulklarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha kelib tushgan murojaatlar ijobiy hal etildi.

Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasiga ko‘chmas mulkni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 38 223 ta arizalar ko'rib chiqilib, 25 308 tasi ijobiy hal etilgan.

Batafsil: Infografika.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda “Андижон шаҳридаги Жаҳон бозори олдида юқори кучланишли электр линияси остида автотураргоҳ қурилиши бошланган” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Mazkur holat Kadastr agentligi Andijon shaxar bulimi tomonidan o‘rganilganda yuqorida yer maydoni Andijon shaxar xokimining 2018 yil 30-iyun kungi 737-K, sonli qaroriga asosan fukaro A.N. zamonaviy loyixalar asosida savdo va maishiy xizmat kursatish shaxobchasi tashkil etish uchun ajratib berilganligi xamda fukaro A.N. o‘ziga tegishli Andijon shaxar Aylanma 70-manzildagi savdo dukoni bino-inshootini Xususiy Rieltor tomonidan 2021 yil 15-dekabr kungi 353-sonli olddi sotdi shartnomasiga asosan “Xolis Savdo Vodiy” MCHJ sotib olgani maʼlum buldi.

“Xolis Savdo Vodiy” MCHJ raxbari bilan birgalikda yuqoridagi masala bo‘yicha joyida mavjud xujjatlar asosida o‘rganilganda ushbu savdo dukoni old kismida loyixa smeta xujjatlarida kursatilgandek mijozlar uchun avtoturargox sifatida foydalanilayotganligi xamda “Xolis Savdo Vodiy” MCHJ o‘ziga yer maydonlari va loyixa xujjatlaridan chetga chiqmaganligi hamda yer qonun buzilish holati mavjud emasligi ainqdandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#Andijon #Kadastr #amaliyot

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan Ma'muriy amaliyot sohasida amalga oshirilgan ishlar tuman va shaharlar kesimi bo'yicha ma'lumot.

📃 Infografika ko'rinishida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi.

📆 Joriy yilning 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining 848-sonli Qonuni qabul qilindi, qonunga asosan Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solinmoqda.

📌 Batafsil: Infografikada.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#bilasizmi

Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish javobgarlikka sabab boʼladi.

Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish:

— Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari;

— Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Asos:
🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 68-moddasi 1-qismi.

Ma'lumot uchun bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori (BHM 330 000 so'm)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi

"Kadastr agentligi tomonidan hududlarda tashkil etilgan 10 784 ta saylov uchastkalarining manzillari  va chegaralari to‘g‘risida  elektron xarita yaratildi hamda axborot tizimiga joylashgan manzillari to‘g‘risida maʼlumotlar kiritildi. Shuningdek, viloyat va tumanlardagi saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini dolzarblashtirish uchun tashkil etilgan shtablarga axborot tizimidan foydalanish imkoniyati yaratildi."

🌏Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov ishtirokida o‘tkazilgan brifingdan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon shaxar, S.Zulunova ko'chasida yo'l bo'yidagi bu binoning qanday normatif hujjatlari bor" sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘rganish ishlarini boshlangan.
Holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#nazorat #Andijon

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida 46,1 gektar yer maydonlari o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi anqilandi.

📃 Batafsil: Infografika.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#Kadastr_xalq_xizmatida

Xalq xizmati va manfaatlari ulug‘ qadriyat.

Avval xabar berganimizdek yangi barpo etilayotgan “Yangi Andijon” shahridan uy-joy sotib olish istagidagi fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida “Ipoteka markazi” tashkil etilgan.

Mazkur markazda kadastr xodimlari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilib “Ipoteka markazi”ga kelgan fuqarolarning muammolarini joyida bartaraf etish hamda ularga yangi sotib olayotgan uy-joylariga rasmiylashtirilishi uchun belgilangan hujjatlar to‘g‘risida huquqiy yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Yurtimizdagi qadamjolar▪️

🫥 Yurtimizdagi qadamjolar - Mazkur loyihamiz orqali yurtimiz bo‘ylab sayohat qilasiz va turizm maskanlari haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishasiz.

📍 Andijon viloyati, Andijon shahri - "Bobur Milliy bog'i"

◼️ Andijon shahri Bog'i shamoldagi adirda joylashgan ushbu majmua Qobul shahridagi "Bog'i Boburiy" ga qiyoslanib qurilgan.

#DavKadastrPalata #yurtimizdagi_qadamjolar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon shahar, S.Zulunova ko'chasida yo'l bo'yidagi bu binoning qanday normativ hujjatlari bor" sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Murojaatga asosan Andijon shahar hokimining 2019-yil 14-iyun kungi 418-Q sonli qaroriga asosan Andijon shahar Shahrixon ko’chasi 318-318/a-manzillarda joylashgan 708.50 kv.metr yer maydonidagi turar-joy binolarini buzib, yon qismidan o'lchami 183.50 kv.metr yer maydonini qo’shgan holda umumiy 892.0 kv.metr yer maydonini doimiy foydalanish huquqi bilan zamonaviy loyihalar asosida ko’p qavatli, 1-qavatini savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchasiga yuqori qavatlarini turar joyga moslab qayta qurishga hamda loyixa smeta hujjatlari tayyorlashga ruxsat berilgan.

O'rganishda Andijon shahar hokimining 2020-yil 3-aprel kungi 176-Q sonli qaroriga asosan yuqorida ko’rsatilgan shahar hokimining 2019-yil 14-iyun kungi 418-Q sonli qarorining 2-bandida ko’rsatilgan 183.50 kv.metr yer maydoni qo'shish qismi bekor qilingan. Shundan so'ng Xalq deputatlari Andijon shahar kengashining 2020-yil 2-iyul kungi 36/6-6-sonli qaroriga asosan Andijon shahar hokimining 2020-yil 3-aprel kungi 176-Q sonli qarori bekor qilinganligi ma’lum bo’ldi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube