ANDIJON KADASTR
1.45K subscribers
7.42K photos
866 videos
6 files
4.92K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Geoinnovatsiya #xalqaro_uchrashuv

🇰🇷 Korea Respublikasining 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Tijoriy hamkorlik masalalari bo‘yicha bo‘linmasi (KOTPA), Korea Yer, infrastruktura va transport vazirligi hamda 🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi hamkorligida “Drone Show” ilmiy-amaliy seminari bo'lib o'tdi.

🇰🇷Koreadan tashrif buyurgan mehmonlar "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasining  Dronlar ishlab chiqarish,  ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash zavodiga tashrif buyurishdi.
🌟Kadastr  agentligi direktori o‘rinbosari,  "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasining rahbari  Abdushukur Abdullayev mehmonlarni markaz faoliyati bilan tanishtirib o'tdi.

Shuningdek, poytaxtimizning "Hilton" mehmonxonasida 🇰🇷 Koreya Respublikasining Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi huzuridagi Koreya Aviatsiya xavfsizligi texnologiyalari instituti hamda 🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" DUK o'rtasida o'zaro tomonlarga manfaatdor bo'lgan sohalarda hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida 🖋AHDLASHUV BAYONNOMASI imzolandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Andijon

Pul nafaqat oson bukiladi, balki unga ergashgan har qanday odamni osonlikcha egib oladi.

⚜️Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda va bu boradagi saʼy-harakatlar qatʼiy, ortga qaytmas tus olgan.

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda, shunday tadbirlardan biri bugun Qo'rg'ontepa tumani xodimlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi.

▪️Bunda, bo‘lim xodimlarga manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga ichki tartib, obod ahloq qoidalariga amal qilish, muomala madaniyati bo‘yicha tushuntirish, profilaktik ishlari olib borildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion

⚖️ Andijon viloyatida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun 678 ta yer uchastkalari auksion savdolarida sotildi.

➡️Batafsil: Infografikada

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #seminar #malaka_oshirish #inson_resurslari

Andijon davlat universitetida 🦅Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali tomonidan boshqarma va tashkilotlarda inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi rahbarlari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari o'tkazilmoqda.

📚 3 kunlik o‘quv-seminar davomida ishtirokchilarga soha mutaxassislari tomonidan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi hamda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, HRM.ARGOS.UZ tizimi bilan ishlash, jamoa shartnomasi va boshqa qator ish jarayonida zarur mavzularda maʼlumotlar berib o‘tildi.

💻 O‘quv-seminarda ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo'limi xodimlari F.Tadjixodjayeva va X.No'monovlar ishtirok etishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

⚜️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo'yicha

Agar auksion g‘olibi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasi narxini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanish istagini bildirsa, unga ko‘chirmani olgan kundan boshlab buyurtmachi bilan yozma shaklda shartnoma imzolash uchun 5 ish kunlik muddat beriladi.

⚖️ Bunda, auksion g‘olibi tomonidan shartnoma imzolanmasa va/yoki shartnoma imzolangandan so‘ng to‘lash rad etilsa (to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa) auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma, mulk huquqi uchun rasmiylashtirilgan davlat orderi o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi hamda bu haqida buyurtmachi o‘zining “YERELEKTRON” AATdagi kabineti orqali Davlat kadastrlar palatasini ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirmani bekor qilishi to‘g‘risida hamda operatorni yer uchastkasini takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha xabardor qiladi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 71-son qarori

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #ma_naviyat_soati #kadastr_boshqarmasi #Andijon_viloyati

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmalari hamda uning tuman, shahar bo'limlari va filiallari xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM