ANDIJON KADASTR
1.44K subscribers
7.52K photos
878 videos
6 files
4.99K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Andijon #Kadastr

⚜️Ibrat vaqti⚜️

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari
- Korrupsiyaga qarshi kurashda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi Аndijon viloyati boshqarmsi ijtimoiy tarmoqlarda “Obunachilarimizdan taxrirsiz” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

O‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Andijon viloyati Shahrixon tuman bo‘limiga qarashli Yakka tut MFY hududida joylashgan 65-maktab hisobidagi yer maydonlariga Shahrixon tumani Beshariq MFY hududida yashovchi fuqaro M.Z tomonidan hech qanday hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda 600,0 kv.metr yer maydoni egallanib, ushbu yer maydoninig 350,0 kv.metr qismiga ko‘p qavatli uy-joyga mo‘ljallangan bino inshootlar qurib olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.Zga Kadastr agentligi Shahrixon tumani bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekisining tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib fuqaro M.Z tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy qurilmalarni majburiy tartibda buzdirish va yer maydonini qaytarish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudiga 2023-yil 10-yanvar kuni daʼvo ariza kiritilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudi tomonidan 2023-yil 15-mart kungi 2-1703-2301/988sonli sud ishining hal qiluv qaroriga asosan kiritilgan daʼvo ariza qanoatlantirilib javobgar M.Z tomonidan o‘zboshimchalik bilan Shahrixon tumani Yakka tut MFY hududidagi 65-umumtaʼlim maktab hisobidagi 600kv.metr yer maydonini egallab, 350 kv.metr qismiga ko‘p qavatli uy-joyga mo’ljallangan qurilmalar majburiy tartibda buzdirish va yer maydoni qaytarishi bo‘yicha qaror qabul qilinganligini maʼlum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #malaka_oshirish

Malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyoj bugungi kun davr talabi.

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan muntazam ravishda sohada faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarni malakasi oshirib kelinmoqda.

Jumladan, 2023-yilning o'tgan davri mobaynida quyidagi yo'nalishlarda xodimlar malakasi oshirildi.

Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo'yicha 4 nafar:

⚜️Toshkent Geodeziya va kartografiya kollejida.

Yer va kadastr nazorati yo'nalishida 2 nafar;

Ma’muriy amaliyot yo'nalishida 2 nafar;

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yo'nalishida 3 nafar;

Topografiya-geodeziya va kartografiya yo'nalishida 2 nafar;

Yerlarni auksionga chiqarish yo'nalishida 3 nafar;

Boshqa yo'nalishlar bo'yicha 12 nafar, jami 30 nafar xodimlar malakasini oshirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "#обуначилардан_тахрирсиз" sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlangan. Holat o‘rganilib yakunlari bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📩 Ko‘chmas mulkimni garovga qo‘yib bankdan kredit olmoqchi edim bank xodimlari mulkimni kadastrdan taqiqqa qo‘ydirishim kerakligini aytishdi taqiqqa qo‘yish qanday amalga oshiriladi to‘lovlari qancha?

Javob: Ko‘chmas mulk garovga qo‘yilgan hollarda shu ko‘chmas mulklarning yagona elektron bazasida (reyestrida) bu haqda tegishli yozuv kiritish orqali taʼqiqi belgisi qo‘yiladi va garov shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1.25 baravari miqdorida to‘lov shakillanadi.

Andijonkadastr_bot yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_xalq_xizmatida

🔹Kadastr aholi manfaatlari yo'lida🔹

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasida xalqni rozi qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni manzilga borgan holda o'rganib yechimini topishda amaliy yordam ko'rsatib kelinmoqda.

◼️ Jumladan, Davlat kadastrlari palatasining Izboskan tumani filial xodimlari ham "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_ma_lumot

O‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etisa, javobgarlikdan ozod etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy Javobgarlik To‘g‘risidagi Kodeksining 60-moddasi 2-qismiga asosan:

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish,

🟢 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari;

🟢 Mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi Аndijon viloyati boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “Obunachilarimizdan taxrirsiz” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Murojaatda keltirilgan yer maydonlari tumanning “Xo‘jaobod” massivi “Mustaqillik 27 yilli”gi MFY hududidagi yer maydonlari hisoblanib, Andijon shahrida joylashgan umumiy hovli joylarni buzilishga tushishi munosabati bilan Xo‘jaobod tumani Xidirsha MFY hududidan shahar fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer maydonlari Xo‘jaobod tuman hokimining 2018-yil 9-fevral kungi 396-q-sonli qarori bilan 76,18 gektar yer maydoni tuman zaxirasiga olingan.

Tuman zaxirasiga qaytarilgan yer maydoni tuman hokimining 2018-yil 7-sentyabr kungi 2736-q-sonli qarori bilan Andijon shahrida joylashgan umumiy hovli-joylari buzilishga tushishi munosabati bilan Xo‘jaobod tumani “Xidirsha” MFY hududidan shahar fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berilgan.

Ushbu murojaatda ko‘rsatilgan holatdagi qurilishlar, Xo‘jaobod tumani “Xo‘jaobod” massivi hududidagi fermer xo‘jaliklariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida Nizomini tasdiqlash haqida”gi 97-sonli qaror talablariga asossan fermer xo‘jaliklarining ko‘p yillik mevali daraxtzorlarining kompensatsiyasi hisobiga tuman hokimining 2019-yil 30-apreldagi 917-q-sonli qaroriga asosan ajratib berilgan lekin 2021-yil 20-aprel kungi Xo‘jaobod tuman prokuraturasining 11/11/21-sonli protestiga asosan yuqoridagi qaror bilan bekor qilinganligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur yer maydoniga tegishli huquqiy hujjatlar bekor qilinganidan so‘ng qurilish ishlari to‘xtatilganligi, ushbu yer maydonida qurilish ishlarini amalga oshirayotgan  fuqarolarga yerga egalik huquqi bilan bog‘lik masalalar qonunda belgilangan tartibda sud orqali ko‘rib chiqilishi tushuntirilgan hamda qurilgan qurilmalarni ixtiyoriy bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar berilganligini maʼlum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat #Andijon

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 01.05-20.05-2023-yil holatiga olib borilgan nazorat tadbirlari davomida 40 ta holatda yer maydonlari o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi anqilandi.

📃 Batafsil: Infografika.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Takror va takror aytishimiz kerakki, korrupsiya - bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir.

Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazibgina qolmay, inson huquqlari buzilishiga, moliyaviy bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilinishiga, har bir jabha taraqqiyotini sekinlashishiga va jamiyat xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib ketishiga sharoit yaratib berishi hammamizga kundek ravshandir.

Tan olishimiz kerakki, korrupsiyaga qarshi kurashish birinchi navbatda oiladagi muhit va taʼlim-tarbiyadan boshlanadi. Jamiyatda nima halol nima harom ekanligi farzandlarimizga ota-onalar va ustozlar o‘giti bilan singdiriladi.

Shu sababli, 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari xodimlari o'rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish maqsadida boshqarmalarning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislar tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Yuqoridagi targ'ibot tadbirlaridan biri tizimdagi Izboskan va Oltinko'l tumanlari xodimlari o'rtasida o'tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #kadastr #amaliyot

Yer qonun buzilish holatlariga belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan may oyining ikkinchi 10 kunligida (10-20 may) yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklar uchun 90 ta holatda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

📗Maʼmuriy bayonnomalar MjTKning quydagi moddalari bilan rasmiylashtirilgan:

🟢 74 ta holatda 68 (prim) 1-moddasi bilan (Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik);

🟢 15 ta holatda, 60-modda 2-qismi bilan (Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish);

🟢 1 ta holatda, 68-modda 1-qismi bilan (Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish) holatlari bo'yicha maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro

💠 Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida hamkorlikda iqtisodiy koridorni rivojlantirish borasida o‘tkazilgan o‘quv seminarida ishtirok etildi

🔵 Joriy yilning 15-19 may kunlari Batumi shahrida Osiyo taraqqiyot banki hamda 🇬🇪 Gruziya davlati tomonidan tashkillashtirilgan iqtisodiy koridorni rivojlantirish uchun transchegaraviy mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan o‘quv dasturi bo‘lib o‘tdi.

➡️Amaliy seminarda 🇺🇿O‘zbekiston, 🇵🇼Qozog‘iston va 🇹🇯Tojikiston respublikalari vazirlik va idoralari vakillaridan iborat ishchi guruhlar ishtirok etdi.

😄O‘quv dasturi doirasida mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani rivojlantirish, iqtisodiy koridor salohiyatini oshirish orqali mamlakatlar iqtisodiyotiga daromadlarni ko‘paytirish kabi masalalarda ilg‘or tajriba almashinildi.

Transchegaraviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida Gruziya tajribasi o‘rganildi. Shuningdek, seminarning amaliy bosqichida 🇬🇪Gruziya-🇹🇷 Turkiya o‘rtasidagi Sarpi chegara postiga tashrif buyurgan holda iqtisodiy koridor imkoniyatlari bilan tanishildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM