ANDIJON KADASTR
1.45K subscribers
7.4K photos
866 videos
6 files
4.91K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Kadastr #Geoinnovatsiya

⭐️Кадастр агентлиги "Геоинновация маркази" давлат унитар корхонаси мутахассислари 🇨🇳Хитой Халқ Республикасининг LONGi корхонаси билан 600 киловатт қуёш панеллари етказиб бериш бўйича шартнома имзолади.

Мазкур LONGi Hi-MO5 550w қуёш панелларининг ўзига хос хусусияти шундаки, у икки томонлама қувватланувчи Монокристалл панел ҳисобланиб, тўғридан-тўғри қуёш нури тушмаган ҳолатда, шунингдек булутли кунда ҳам ёруғликни ўзида ишлай олади.

Батафсил бу ерда ўқинг👇
https://uza.uz/uz/posts/hitoyning-longi-korxonasi-mamlakatimizga-600-kilovatt-quyosh-panellari-etkazib-beradi_457363

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #infografika

🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi va filiallariga 2022-yilda kadastr pasportnini shakllantirish uchun jami 71 582 ta arizalar kelib tushgan. To'liq ma'lumotni infografika orqali bilib oling.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Andijon

Korrupsiyasiz kelajak barpo etish asosiy maqsad.

🔹Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda va bu boradagi saʼy-harakatlar qatʼiy, ortga qaytmas tus olgan.

🔹Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i F.Berdikulov hamda komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassislari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda shunday tadbirlardan biri bugun Shahrixon tumani xodimlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi.

🔹Bunda, bo‘lim xodimlarga komplayens-nazorat xizmatini vazifalari, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga ichki tartib, obod axloq qoidalariga amal qilish, muomala madaniyati bo‘yicha tushuntirish, profilaktik ishlari olib borildi.

🔹Shuningdek, xizmat xonasida turli ortiqcha buyumlar saqlamaslik hamda sohada sidqidildan xizmat qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bahor

Xush kelding yurtimga bahor.🌺🌺🌺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_bilim

🟢 Bugundan "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni rasman kuchga kirdi

➡️Ushbu Qonunning maqsadi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

➡️Qonun ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni, yaʼni yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga hamda mulkiy majmua sifatidagi korxonaga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi.

➡️Mazkur qonun bilan Kadastr agentligi - ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib, 🌟Kadastr agentligining 👍Davlat kadastrlari palatasi - ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ etib belgilangan.

➡️Unda 👍Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalaridagi ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi mutaxassislar tomonidan ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi yoki Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazkur qonundagi asoslarga ko‘ra rad etadi.

➡️Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar, rieltorlik tashkilotlari, tijorat banklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – vositachilar etib belgilandi.

➡️Ushbu Qonun bilan ko‘chmas mulklarga oid nizolarni sudgacha hal etish komissiyasi va apellyatsiya komissiyalarini tashkil etilishi va ish yuritish tartibi belgilab qo‘yildi.

➡️Ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘luvchi 60 dan ortiq huquqiy hujjatlarning aniq ro‘yxati qonunda keltirilgan, yaʼni barcha davrlarda, 2021-yil 1-avgustdan keyingi davrdagi, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilingan davrdan keyingi va undan oldingi davrlarda asos bo‘luvchi hujjatlarning aniq ro‘yxati ko‘rsatilgan.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚜️ Xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:

- foydali qazilma konlari, qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari joylashgan yer uchastkalari;

- tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek o‘rmon hamda suv fondlarining, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarining muhofaza zonalari, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari);

- xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari;

- qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga taqdim etilgan yer uchastkalari — maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatadigan davrda;

- ko‘p kvartirali uylar joylashgan, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari;

- davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvlar va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan, shuningdek yuridik shaxslarga jamoat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon_kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya soʼnggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.

Taʼkidlash lozimki,
korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir koʼrsatadi.

Kadastr agentligi
tizimida ham korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boʼyicha ishlari olib borilmoqda. Jumladan, bugun Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i hamda boshqarmalarning Komplaens nazorat xizmati bosh mutaxssislari tomonidan Bo'ston, Izboskan hamda Baliqchi tumanlarida targʼibir-tashviqot ishlari olib borildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #dronlar_shousi

👌 OFK U-20 Osiyo kubogi ochilish marosimida Dronlar shousi 💫

🟢 Joriy yilning 1-mart kunida U-20 Osiyo kubogi 2023-musobaqasining ochilish marosimida 🌟Kadastr agentligining Geoinovatsiya DUK markazi tomonidan 💫"Dronlar shousi" o'tkazildi.

⭕️⭕️⭕️⭕️Mazkur tadbir dunyo bo'ylab 100 dan ortiq mamlakatlar televideniyasi orqali jonli teletranslyatsiya qilindi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #gazeta

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko'l tuman bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi 138-sonli Qarorida sohaga belgilab berilgan vazifalar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan "ANDIJONNOMA" gazetasining 2023-yil 4-mart kungi 7-8-sonida "Yerga bo'lgan munosabatni o'zgartirish vaqti keldi" nomli maqolasi chop etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌳11 mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi🍀

🇺🇿 Hukumat farmoyishiga (91-F, 04.03.2023 y.) asosan Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023-yil 11-mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #auksion

⚖️ AUKSION ORQALI BO'SH YERLARNI QANDAY SOTIB OLISH MUMKIN ?

📝 Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlari, yakka tartibda uy-joy qurish, ko’p qavatli binolarni barpo etish va qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer uchastkalari olish bir so’z bilan aytganda barcha bo’sh turgan yerlar e-auksion.uz platformasi orqali savdoga chiqarilib, sotilmoqda.

Mazkur platforma 2019-yil 20-dekabrda yerlarga egalik qilish tizimini shaffofligini oshirish maqsadida ishga tushirilgan. Biroq ko’plab yurtdoshlarimiz bu tizimdan to’liq xabardor bo’lmagani uchun yer sotib olishda firibgarlarning tuzog’iga tushib qolmoqda.

Xo’sh e-aukision.uz platformasiga bo’sh yer maydonlar qay tartibda joylashtiriladi va sotuvga chiqariladi? Ushbu savolga 🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi sektor boshlig'i M.Abdushukurov javob berdi.

Batafsil: 🫥

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#8mart

Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar, munis onaxonlar, lobar opa-singillar!

Sizlarni yosharish va yangilanish fasli bahor oyining ilk bayrami 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Farzandlarimiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha omon bo‘ling! Zero, ayol baxtli bo‘lsa, oila, jamiyat baxtli bo‘ladi.

Sizga tinchlik, xotirjamlik, dasturxonizga fayzu baraka tilayman. Umringiz uzoq, rizqu nasibangiz ziyoda, baxtingiz hamisha to‘kis bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram   📸Instagram 💬Facebook      📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #matbuot_anjuman

🟥🟥🟥🟥🟥🟥

⚡️ 10-mart KUNI O‘zbekiston Milliy matbuot markazida 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

Soat: 15:00 da,

🟢 Mavzu: 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to'g'risida"


📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

⭕️ Ushbu matbuot anjumaniga jurnalistlarni, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ayni_damda #matbuot_anjumani

🟢 Ayni damda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida 👍Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarma boshliqlari ishtirokida matbuot anjumani boshlandi.

➡️Mavzu: “Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar”

📲Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM