ANDIJON KADASTR
1.44K subscribers
7.5K photos
877 videos
6 files
4.97K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

O'zboshimchalik bilan egallab olish holatlari bartaraf etilmoqda.

🏢Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko'l tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning Navoiy massivi qishloq xoʻjaligi xaritasining 154-q-konturidagi tuman “Agropilla” MCHJ ixtiyorida boʻlgan 0,20 gektar yer maydonining 0,07 gektar qismining Temirxoʻja mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi fuqaro R.R tomonidan oʻzboshimchalik bilan eganlanib 40,0 kv.m yer maydoniga uy-joyga moslashgan holda qurilish ishlari olib borilganligi aniqlandi.

📝Holat yuzasidan agentlikning tumani boʼlimi inspektorlari tomonidan fuqaroga oʼzboshimchalik bilan qurilgan qurilmani oʼz hisobidan buzib bartaraf etish boʼyicha yozma koʼrsatma hamda ogohlantirish xati berilgandan so'ng fuqaro tomonidan oʼzboshimchalik bilan qurilgan bino-inshootlar joyida bartaraf etilishi ta'minlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Bu_muhim

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish uchun qulay imkoniyat yaratilgan.
Mazkur ochiq portal orqali Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari ham muntazam ravishda vakant lavozimlarga xodimalarni ishga qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Kadastr sohasidagi vakant lavozimlarni ushbu portal orqali bilib borishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#botga_kelgan_savol

Savol: Otamdan qolgan uyda 17 yildan beri soliq to‘lab yashab kelyabman uy kadastr bo‘lmagan endi kadastr qilsam o‘zimni nomimga bo‘ladimi yoki marhum otamni nomiga qilib notarial nomimga o‘tkazamanmi.

Javob: Ushbu uy-joyni qurish uchun yer uchastkasini ajratish haqidagi vakolatli davlat organining qarorida marhum otangiz ko‘rsatilgan bo‘lsa dastlab marhum otangiz nomiga kadastr pasporti shakllantirilib mulkiy huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Shundan so‘ng, kadastr pasporti shakllantirilgan uy-joyni notarial idoralar orqali o‘z nomingizga o‘tkazib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Andijonkadastr_bot yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

🌟Kadastr maslahatchi rubrikasi ish boshladi.

➡️Mazkur rubrika aholining kadastr masalalari bo'yicha savollariga javob berish maqsadida ishga tushirildi va maxsus telegram bot yaratildi. (Sinov tarzida ishlamoqda)

⁉️ Savollaringiz bo'lsa 🌐 @kadastr_maslahatchi_bot orqali bizga yo'llang.

‼️ Agarda savol emas murojaat yo'llamoqchi bo'lsangiz 📞1097 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qiling.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #Andijon #info

🔹Auksionga chiqarilgan yer uchastkalari🔹


💠 Andijon viloyatida auksion savdolariga chiqariloyatgan yer maydonlari to'g'risida statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

💠 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#botga_kelgan_savol

Savol: Assalomu alaykum sizlarga savolim men noturar joyni sotib olib oilam bilan yashayman.Xo‘jalik hisobida, lekin solig‘i ko‘p chiqyapti qanday qilib turar joyiga aylantirsak bo‘ladi.

Javob: Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022 yildagi 200-sonli qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Reglament asosida bino-inshootlarni ixtisoslashuvini o‘zgartirish tartiblari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra Siz noturar-joy obyektingizga tegishli bo‘lgan kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda Davlat xizmatlari markazi orqali buyurtma berganingizdan so‘ng, noturar-joy obyektini turar-joy obyektiga qayta ixtisoslashtirish masalasi Arxitektura organlari tomonidan ko‘rib chiqilganidan va ijobiy xulosa berilganidan so‘ng o‘tkazishingiz mumkin bo‘ladi.

Andijonkadastr_bot yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Taziya

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasining bosh yuristkonsulti Xusanov Saloxiddin Sobirovichning otalari Sobirjonhojiaka omonatlarini topshiribdi.

Sobirjonhojiakani Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin joylari jannatda bo'lsin.

S.Xusanovning oila a'zolariga sabr toqat tilab, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari jamoasi nomidan ta'ziya izhor etgan holda chuqur hamdardlik bildiramiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

⭐️Kadastr maslahatchi rubrikasi.

⁉️Fuqarolar o‘zi xohlagan yer maydonlarini auksionga chiqarish tartibi mavjudmi?

🗣Mazkur savolga javobni videoda olishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#malak_oshirish #Andijon

Malakali kadrlar bugungi kun davr talabi.

Dastlab xabar berganimizdek Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining inson resurslari boshqarishi bo‘limi hamda kadrlar bo‘limi xodimlari uchun 10 kunlik o‘quv seminari yakunladi.

Mazkur o‘quv kursida Andijon viloyatidan ishtirok etgan 3 nafar xodimlar ham kurs yakuni bo‘yicha berilgan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishib, sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#botga_kelgan_savol

Savol: Yaxshimisizlar hokimiyatdan 2019 yilda obodonlashtirish gul va manzarali daraxtlar ekish uchun 10 sotix yer ajratilgan edi. Xokim qarori o‘zimni nomimga chiqqan. Shu joyni Turar joy yoki ishlab chiqarish uchun xususiylashtirish imkoniyati bormi?

Javob: Afsuski, imkoni yo‘q yaʼni yer uchastkasi ajratilgandan boshqa maqsadlarda foydalanish ham yer qonun buzilish holatini yuzaga keltiradi va bu o‘z navbatida javobgarlikka tortilishingizga asos bo‘ladi.

Andijonkadastr_bot yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Yer_nazorati #Andijon_kadastr

Andijon viloyatida 153,7 ga yer maydonlaridan noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlandi.

⚜️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan inspektorlar tomonidan o‘tkazilayotgan xatlovlar natijasida o'tgan 2022-yil davomida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha 1 028 ta holatdagi 153,7 gektar yer maydonlari aniqlandi.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan 153,7 gektar yer maydonlarini qanday maqsadlarda egallab olinganligi bo‘yicha infografikadan bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#rasmiy_munosabat

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “Obunachilarimizdan taxrirsiz” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Mazkur murojaatni oʼrganish yuzasidan tuzilgan ishchi guruhning oʼrganish ishlari natijasida quyidagilar maʼlum boʼldi.
Jumladan, murojaatdagi yer maydoni boʼyicha dastlab fuqaro M.А.ning 2022-yil 16-iyun kuni Baliqchi tumani prokuraturasiga ariza yozib, onasi G.Mga tegishli boʼlgan yer maydoniga fuqaro R.А. tomonidan oʼzboshimchalik bilan qurilish ishlarini olib borayotganligi, shuning uchun mazkur noqonuniy qurilmalarni qurayotgan shaxsga nisbatan qonuniy chora koʼrish va yer maydonini oʼziga qaytarib olib berish yuzasidan murojaatiga asosan tuman hokimligi va boshqa maʼsullar ishtirokida oʼrganib chiqilgan.

Oʼrganishda haqiqatdan ham M.А.ning onasi M.G.ga “Omonariq” MFY hududidan Baliqchi tuman hokimining 06.09.2017 yildagi 1955-q-sonli qarori bilan “Intensiv usulda yong'oqzor” tashkil etish uchun 242 kv.m yer maydoni ajratib berilganligi, ushbu yer maydoniga oʼsha fuqaro R.А. tomonidan oʼzboshimchalik bilan yerni egallab, bino-inshootlar qurilayotganligi aniqlangan va qonunchilik talabiga koʼra “Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeks”ning tegishli moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirilgan. Аmmo fuaro R.A. bu qurilishlarni qurmaganligini bildirib, hujjatlarga imzo qoʼyishdan bosh tortgan.

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida mahalliy fuqarolar bilan suhbatlashilgan va hududdagi hokim yordamchisi, MFY raisi, tuman qurilish boʼlimi xodimi, Kadastr agentligi tuman boʼlimi inspektori hamda arizachi ishtirokida dalolatnoma tuzilgan va ushbu qurilishlarni fuqaro R.А. qurganligi boʼyicha dalolatnoma tuzilib, imzolangan. Fuqaro R.Aga oʼsha davrda qurilish ishlarini endigina boshlanganligini, zudlik bilan noqonuniy qurilishni toʼxtatishligini, qolaversa davlatimiz tomonidan yerlarni muhofaza qilish boʼyicha nazorat kuchaytirilganligi bildirilgan. Bundan tashqari, qonunchilik talabi boʼyicha noqonuniy tarzida qurilayotgan bino-inshootlarni 15 kun muddatda oʼz hisobidan ixtiyoriy bartaraf etishi aks holada majburiy bartaraf etish boʼyicha sudga da'vo ariza kiritilishi boʼyicha yozma koʼrsatma berilgan va pochta tizimi orqali RA175532306UZ tartib raqami bilan fuqaroga yuborilgan.

Аmmo noqonuniy qurilishlar toʼxtatilmaganligi, oʼz ixtiyori bilan muddatida bartaraf etilmaganligi sababli Kadastr agentligi Baliqchi tumani boʼlimi tomonidan majburiy bartaraf etish boʼyicha fuqarolik ishlari boʼyicha Izboskan tumanlararo sudiga da'vo ariza kiritilgan. Sud tomonidan 2022-yil 26-avgust kuni boʼlib oʼtgan 2-1704-2203/5338-sonli majlisning hal qiluv qaroriga asosan boʼlim tomonidan kiritilgan da'vo ariza qanoatlantirilib, fuqaro R.А. tomonidan oʼzboshimchalik bilan qurilgan bino-inshoot fuqaro hisobidan majburiy buzdirish boʼyicha qaror qabul qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#OAV_biz_haqimizda #gazeta #Marhamat_tumani

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Marhamat tuman bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi 708-sonli Qonuni hamda Vazirlar mahkamasining 1060-sonli Qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan "ANDIJONNOMA" gazetasining 2023-yil 21-yanvar kungi sonida "O'z vaqtida ro'yxatdan o'tkazing" nomli maqolasi chop etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#OAV_biz_haqimizda #Kadast

Boshqarma va uning quyi tizimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 2022 yil davomida 53 ming 841 ta ko‘chmas mulk obyektining mulkiy huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Dilshodbek Akbarov.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#bilib_oling

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-1(prim) -moddasiga asosan;

Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi uchun:

Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari;

Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Ma'umot uchun bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori 
(BHM 300 000 so'm)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
▪️OAV biz haqimizda▪️

👔 «Mamlakatimizda boshqa sohalar qatori Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyati ham sezilarli isloh qilindi. Mazkur tizimdagi yangilik va o‘zgarishlar haqida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev bilan suhbatlashdik», – deyiladi Uza.uz ijtimoiy tarmog‘ida berilgan suhbat avvalida.

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #ОАV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

⭐️Kadastr maslahatchi rubrikasi.

⁉️Auksion savdosida yutib olingan yerni o'lchash uchun kimga murojaat qilishni bilmayapsizmi?

🗣Mazkur savolga javobni videoda olishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

Huquqiy ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Korrupsiyaga befarq bo‘lmasligimiz kerak.

Korrupsiya — shaxsning o‘z mansabi yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yohud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga hilof ravishda foydalanishi, huddi shuningdek bunday nafni qonunga zid ravishda taqdim etish deganidir.

Shuningdek, jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda taʼminlash bo‘yicha qatʼiy choralar ko‘rishimiz zarur degan tashabbus natijasida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha yaxlit tizim yaratildi.

Mamlakatimizda, xususan Kadastr agentligi tizimida ham korrupsiyaga qarshi kurash ishlari tizimli amalga oshirilib kelinmoqda.

Agarda Siz kadastr sohasidagi korrupsiya holatlariga guvoh bo‘lsangiz, kadastr xodimlari sizdan noqonuniy talablarni qo‘yib pul yoki moddiy ko‘rinishdagi qiymatliklar talab qilganlik holatlariga duch kelsangiz Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarining Komplaens-nazorat (Ichki nazorat) xizmatlariga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi G'olibsher Odilov 📞 +99897 999-38-86, ☎️ (74) 224-20-25 (ichki 105) @andkorrupsiyakadastrbot

Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmasi Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi Anvarjon Mamadjanov 📞 +99890 529-70-01

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy
tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok