ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
860 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Kadastr #davlat_xizmatlari #interaktiv_xizmatlar

HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

Quyidagi kadastr xizmatlaridan online foydalanishingiz mumkin. Buning uchun kerakli xizmatni tanlab ustiga bosing.

♦️Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

♦️Kadastr pasportini shakllantirish;

♦️Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

♦️Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga qarorni olish;

♦️Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;

♦️Ko‘chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo‘yicha murojaat yo‘llash;

♦️Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

♦️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

♦️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

♦️Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);

♦️Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

📌Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#rasmiy_munosabat

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda "Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmal matbuot xizmati sudiga davo arizasi kiritilganligiga yaqinda bir yil to‘ladimi"sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Mazkur murojaat dastlab o'rganilganda fuqaro Dj. U ga nisbatan Andijon shahar Ishchilar MFY M.Tiklanish ko‘chasi bo‘yida o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini boshlaganda hujjatlar taqdim etishi talab etilgan, ammo fuqaro qurilishga tegishli hujjatlar taqdim etmaganligi sababli 2022-yil 7-fevral kuni o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni o‘z ixtiyori bilan bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish berilgan. Fuqaro belgilangan muddatda o‘z ixtiyori bilan qurilgan bino inshootlarni bartaraf etmaganligi sababli majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan 2022-yil 2-mart kuni 66-03-sonli tartib raqami bilan FIB Andijon tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilgan.

FIB Andijon tumanlararo sudining 2022-yil 18-aprel kungi hal qiluv qaroriga ko‘ra Dj.U tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilgan 248,0 kv.metrdan iborat bino inshootlarni majburiy buzdirish bo‘yicha daʼvo qanoatlantirgan hamda FIB Andijon tumanlararo sudining hal qiluv qarori №2-1701-2202/4658-sonli ijro varaqasi bilan Majburiy ijro byurosiga ijro uchun yuborilgan.

Shuningdek, Kadastr agentligi Andijon shahar bo‘limi tomonidan 2020-yil 17-noyabr kungi 413-03-sonli xat bilan Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limiga FIB Andijon tumanlararo sudining № 2-1701-2202/4658- sonli ijro varaqasi ijro etish bo‘yicha qaytadan ko‘rsatma va amaliy yordam so‘ralgan.

Bundan tashqari, fuqaro Dj.U o‘zboshimchalik bilan yer maydonini egallab olganligi sababli MJtKning 60-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi tufayli huquqbuzarga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Fuqaro tuzilgan bayonnomaga eʼtiroz bildirganligi sababli mazkur holat 2022-yil 19-dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudiga yuborilgan hamda JIB Andijon shahar sudida №3-1701-2205/8484-sonli maʼmuriy huquqbuzarlik ko‘rib chiqilib, huquqbuzarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Malaka_oshirish #Andijon

Mehnat qonunchiligi hamda Davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi normativ hujjatlarni amaliyotda qo'llash kadrlarning asosiy vazifasidir.

Kadastr agentligi tashabbusi bilan Jahon banki loyihasi asosida tizim tashkilotlarining Inson resurslarini boshqarish bo'limi hamda kadrlar bo'yicha mutaxassislarni malakasini oshirib kelmoqda.

Mazkur malaka oshirish kursida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi hamda Davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonunni amaliyotda qo'llash va bilim salohiyatini kengaytirish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarining 3 nafar xodimlari ishtirok etishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
▪️Milliy hisobotni tuzish jarayonlari▪️

Bugungi kunda, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi qonunining 10-11-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 389-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining 2023 yil 1-yanvar holati to‘g‘risidagi Milliy hisobotni tuzish jarayonlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Kadastr #murojaat

🟢Fuqaro hamda tadbirkorlarga murojaat.

➡️ Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Kadastr tizimini korrupsiyadan holi sohaga aylantiramiz.

Xabaringiz bor kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish uni oldini olish boyicha tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan tizimda komplaens-nazorat xizmati yo'lga qo'yilib korrupsion holatlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish bo'yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda.

Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastralari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassislari tomonidan huddi shu maqsadda tizimda Korrupsiya holatlariga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha targʼibot uchrashuvlari Bo'ston tumanida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Komplaens-nazorat xizmati xodimlari tomonidan yangi boshlangan yilda ham soha xodimlar tomonidan korrupsion holatlariga yoʼl qoʼymaslik, manfaatlar toʼqnashuvini oldini olish boʼyicha tegishli koʼrsatma va topshiriqlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
⭕️⭕️⭕️
Yurtdoshlarimiz kadastr xizmatlaridan foydalanish uchun sovuqda yurishlari shart emas!

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

📝 Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Andijon viloyati teleradiokompaniyasida brifing bo‘lib o‘tdi⚡️

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Mirzaxmedov Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
🔤Kadastr atamalari🔤

➡️ Yer servituti - bu bir kishining qonun bilan tasdiqlangan cheklangan tarzda boshqa bir kishining yer uchastkasidan foydalanish huquqi.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #Kadastr_halq_xizmatida

Andijonda “Kadastr xalq xizmatida” shiori ostida aholiga kadastr sohasidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Batafsil: UzA

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#foydali_malumot #kadastr

⚡️ Foydali maʼlumot⚡️

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.

‼️ Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.

📝 Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-iyuldagi 186-son qarori.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Armiya va xalq – bir tanu bir jon!

Hurmatli qurolli kuchlarimiz fidoiylari!
Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etamiz.

Ushbu qutlug‘ ayyomda o‘z hayotini Vatan himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlagan siz, shijoatli harbiylarimizni sharaflab, xalqimiz, mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo‘lidagi xizmatlaringiz uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Mard va jasur Vatan himoyachilari!
Sizlarni ota-onalaringiz, oilalaringiz, butun xalqimiz bilan birgalikda keng nishonlayotgan bugungi shonu sharaf ayyomi — Vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilab qolamiz.

Hurmat bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari jamoasi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Муқаддас қасамёдига ҳамиша содиқ бўлиб, хизмат бурчини ерда ҳам, кўкда ҳам шараф билан адо этаётган баҳодир ва довюрак ҳарбийларимизга Ўзбекистон Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 31 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муборак бўлсин!

С 31-й годовщиной образования Вооруженных Сил Узбекистана и Днем защитников Родины вас, храбрые наши воины, верные священной присяге, с честью выполняющие свой долг на суше и в воздушном пространстве!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

O'zboshimchalik bilan egallab olish holatlari bartaraf etilmoqda.

🏢Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko'l tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning Navoiy massivi qishloq xoʻjaligi xaritasining 154-q-konturidagi tuman “Agropilla” MCHJ ixtiyorida boʻlgan 0,20 gektar yer maydonining 0,07 gektar qismining Temirxoʻja mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi fuqaro R.R tomonidan oʻzboshimchalik bilan eganlanib 40,0 kv.m yer maydoniga uy-joyga moslashgan holda qurilish ishlari olib borilganligi aniqlandi.

📝Holat yuzasidan agentlikning tumani boʼlimi inspektorlari tomonidan fuqaroga oʼzboshimchalik bilan qurilgan qurilmani oʼz hisobidan buzib bartaraf etish boʼyicha yozma koʼrsatma hamda ogohlantirish xati berilgandan so'ng fuqaro tomonidan oʼzboshimchalik bilan qurilgan bino-inshootlar joyida bartaraf etilishi ta'minlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok