ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.88K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Yangi_yil #Andijon

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari rahbariyati tomonidan 2022-yilda o'zining samarali mehnati bilan soha rivojiga munosib hissa qo'shgan bir guruh xodimlar taqdirlandi. Ularga boshqarmaning faxriy yorlig'i va yangi yil bayram sovg'alari topshirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Муҳим_хабар

⚡️ “Давлат фуқаролик хизматчилари фаолиятининг самарадорлигини энг муҳим кўрсаткичлар асосида баҳолаш Услубияти” тасдиқланди

▫️Услубият “Давлат фуқаролик хизмати тўғрисида”ги қонуннинг ижросини таъминлаш мақсадида ишлаб чиқилди.

Ушбу Услубият 9 та боб, 37 та банддан иборат бўлиб, унда баҳолаш тизимининг босқичлари, давлат органларида баҳолаш тизимини жорий этиш, ЭМСКнинг мақсадли кўрсаткичларини ишлаб чиқиш, тасдиқлаш ва баҳолаш, амалдаги ЭМСКни ҳисоблаш ва баҳолаш, давлат фуқаролик хизматчиси фаолиятини баҳолаш механизми, баҳолаш интервьюси, шикоят қилиш тартиби ҳамда якуний қоидалар билан боғлиқ муносабатлар тартибга солинмоқда.

Услубиятнинг амалиётга жорий этилиши келгусида давлат органлари олдига қўйилган вазифа ва функцияларни сифатли таъминланишига замин яратади.

Шунингдек, аҳоли муаммолари билан манзилли ишлаш ҳамда самарали меҳнат учун адолатли рағбат механизми шаклланишини таъминлайди.

🟢 Батафсил.

🟢 Услубият матни билан танишиш.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан:

- Ачилбай Жуманиязович Раматов Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Джамшид Анварович Кучкаров Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Жамшид Абдухакимович Ходжаев Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Зулайхо Бахриддиновна Махкамова Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Шерзод Давлятович Кудбиев Ўзбекистон Республикаси иқтисодиёт ва молия вазири лавозимига;

- Лазиз Шавкатович Кудратов Ўзбекистон Республикаси инвестициялар, саноат ва савдо вазири лавозимига;

- Бобир Фархадович Исламов Ўзбекистон Республикаси
тоғ-кон саноати ва геология вазири лавозимига;

- Батир Иркинович Закиров Ўзбекистон Республикаси
қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазири лавозимига;

- Бехзод Анварович Мусаев Ўзбекистон Республикаси камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири лавозимига;

- Иброхим Юлчиевич Абдураҳмонов Ўзбекистон Республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазири лавозимига;

- Хилола Уктамовна Умарова Ўзбекистон Республикаси
мактабгача ва мактаб таълими вазири лавозимига;

- Азиз Абдукахарович Абдухакимов Ўзбекистон Республикаси табиат ресурслари вазири лавозимига;

- Адхам Ильхамович Икрамов Ўзбекистон Республикаси ёшлар сиёсати ва спорт вазири лавозимига;

- Шерзод Хотамович Шерматов Ўзбекистон Республикаси рақамли технологиялар вазири лавозимига;

- Озодбек Ахмадович Назарбеков Ўзбекистон Республикаси маданият ва туризм вазири лавозимига;

- Жўрабек Турсунпулатович Мирзамаҳмудов Ўзбекистон Республикаси энергетика вазири лавозимига;

- Амрилло Шодиевич Иноятов Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазири лавозимига тасдиқланди.

Facebook|Instagram|Twitter
#OAV_biz_haqimizda #2022yil_sarhisobi #Andijon

2022-yilda qilingan ishlar sarhisob qilindi hamda xodimlar bayram sovg'alari bilan taqdirlandi.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida 2022-yilda amalga oshirilgan va 2023-yil "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar tahlil qilindi.

Mazkur lavha shu haqida.


@andijonkadastr
ANDIJON KADASTR kanalidagi xabarlar yil davomida 1 milliondan ortiq o‘qildi.

TGStat xizmati ANDIJON KADASTR kanalining 2022-yilgi statistikasini chiqardi:

2022-yil davomida 2 mingga yaqin post qoldirilgan (repostlar bilan birga);

yil davomida kanaldagi postlar jami 1 million 136 ming martadan ko‘proq ko‘rildi;

kanaldagi postlarni odamlar yil davomida turli guruhlarga va o‘zaro bir-biriga 9 ming martadan ko‘proq ulashgan (forvard qilgan);

Eʼtibor uchun barchangizdan minnatdorman!

@andijonkadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2022yil_sarhisobi #Andijon

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i F.Berdikulovning 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda 2023-yil "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" munosabati bilan soha xodimlari, shuningdek, viloyatimiz fuqarolariga bayram tabrigi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram  Instagram  Twitter  Facebook  You tube Tik Tok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️DAVLAT KADASTRLARI PALATASI videopasporti▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati - 8 ta boshqarma 19 ta bo‘limdan tashkil topgan.

🇺🇿 Respublika bo‘yicha 14 ta hududda boshqarma va 203 ta filial, shundan 174 ta tuman hamda 29 ta shahar filiallarini o‘z ichiga oladi.

🏙Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari:
🔹 Toshkent shahar
🔹 Toshkent viloyati
🔹 Jizzax viloyati
🔹 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🔹 Qashqadaryo viloyati
🔹 Namangan viloyati
🔹 Samarqand viloyati
🔹 Surxondaryo viloyati
🔹 Farg'ona viloyati
🔹 Andijon viloyati
🔹 Buxoro viloyati
🔹 Navoiy viloyati
🔹 Xorazm viloyati
🔹 Sirdaryo viloyati

☎️ Murojaatlar uchun: +99871 207 00 03 yagona aloqa markazi;
📱 @Dkpuz_boti telegram boti doimo faoliyatda.

📍DKP Markaziy apparati: Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasi 28 uyda joylashgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati #2022yil

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan o'tgan 2022-yil mobaynida 1 028 ta holatda 153,7 gektar yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.

Batafsil: Infografikada.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #ijtimoiy_rolik

🏠🏢 Uy-joyni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazmaslik ko’plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin.

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo’lmasligi uchun ko’chmas mulkingizni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazing.

🌟 Kadastr agentligi

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Andijon_kadastr

Andijon viloyatida 153,7 ga yer maydonlaridan noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlandi.

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan inspektorlar tomonidan o‘tkazilayotgan xatlovlar natijasida o'tgan 2022-yil mobaynida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha 1 028 ta holatdagi 153,7 gektar yer maydonlari aniqlandi.

Batafsil: infografikada.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Live #Seminar #Andijon #Farmon_ijrosi

▫️Huquqiy targ'ibot.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari uchun Adliya boshqarmasi xodimi A.Xasanov ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2022-yildagi "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-269-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan huquqiy targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

Mazkur Farmon bilan davlat organlarining sohaga oid bo‘lmagan vazifalarini qisqartirish va faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ularning tuzilmasi o‘rtacha 15 foizga maqbullashtirildi, shuningdek, 26 ta davlat organlari va tashkilotlarida 40 ta rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari qisqartirilganligi aytib o'tildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Kadastr #davlat_xizmatlari #interaktiv_xizmatlar

HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

Quyidagi kadastr xizmatlaridan online foydalanishingiz mumkin. Buning uchun kerakli xizmatni tanlab ustiga bosing.

♦️Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

♦️Kadastr pasportini shakllantirish;

♦️Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

♦️Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga qarorni olish;

♦️Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;

♦️Ko‘chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo‘yicha murojaat yo‘llash;

♦️Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

♦️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

♦️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

♦️Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);

♦️Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

📌Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#rasmiy_munosabat

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda "Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmal matbuot xizmati sudiga davo arizasi kiritilganligiga yaqinda bir yil to‘ladimi"sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Mazkur murojaat dastlab o'rganilganda fuqaro Dj. U ga nisbatan Andijon shahar Ishchilar MFY M.Tiklanish ko‘chasi bo‘yida o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini boshlaganda hujjatlar taqdim etishi talab etilgan, ammo fuqaro qurilishga tegishli hujjatlar taqdim etmaganligi sababli 2022-yil 7-fevral kuni o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni o‘z ixtiyori bilan bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish berilgan. Fuqaro belgilangan muddatda o‘z ixtiyori bilan qurilgan bino inshootlarni bartaraf etmaganligi sababli majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan 2022-yil 2-mart kuni 66-03-sonli tartib raqami bilan FIB Andijon tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilgan.

FIB Andijon tumanlararo sudining 2022-yil 18-aprel kungi hal qiluv qaroriga ko‘ra Dj.U tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilgan 248,0 kv.metrdan iborat bino inshootlarni majburiy buzdirish bo‘yicha daʼvo qanoatlantirgan hamda FIB Andijon tumanlararo sudining hal qiluv qarori №2-1701-2202/4658-sonli ijro varaqasi bilan Majburiy ijro byurosiga ijro uchun yuborilgan.

Shuningdek, Kadastr agentligi Andijon shahar bo‘limi tomonidan 2020-yil 17-noyabr kungi 413-03-sonli xat bilan Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limiga FIB Andijon tumanlararo sudining № 2-1701-2202/4658- sonli ijro varaqasi ijro etish bo‘yicha qaytadan ko‘rsatma va amaliy yordam so‘ralgan.

Bundan tashqari, fuqaro Dj.U o‘zboshimchalik bilan yer maydonini egallab olganligi sababli MJtKning 60-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi tufayli huquqbuzarga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Fuqaro tuzilgan bayonnomaga eʼtiroz bildirganligi sababli mazkur holat 2022-yil 19-dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudiga yuborilgan hamda JIB Andijon shahar sudida №3-1701-2205/8484-sonli maʼmuriy huquqbuzarlik ko‘rib chiqilib, huquqbuzarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Malaka_oshirish #Andijon

Mehnat qonunchiligi hamda Davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi normativ hujjatlarni amaliyotda qo'llash kadrlarning asosiy vazifasidir.

Kadastr agentligi tashabbusi bilan Jahon banki loyihasi asosida tizim tashkilotlarining Inson resurslarini boshqarish bo'limi hamda kadrlar bo'yicha mutaxassislarni malakasini oshirib kelmoqda.

Mazkur malaka oshirish kursida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi hamda Davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonunni amaliyotda qo'llash va bilim salohiyatini kengaytirish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarining 3 nafar xodimlari ishtirok etishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok