Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#kadastr #trening #kasaba_uyushmalari
🟢 Ayni damda 11-noyabr O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan 👍 Kadastr agentligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan kasaba uyushmalari a'zolari (xodimlari) ishtirokida kengaytirilgan trening o'z ishini boshladi.
➡️ Bizni kuzatishda davom eting
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling
Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish.
Topgan-tutganini yigʼib, oʼzaro ishonch shartnomasi asosida uy-joy sotib olish niyatingiz bor.
Erta-indin notarius idoralariga oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun murojaat qilinsa-yu, obyektga taqiq chiqib tursa yoki sotish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, yana ovoragarchiliklar boshlanadi.
Bularning barchasi boʼlmasligi ham mumkin!
Shartnoma tuzishdan avval my.gov.uz orqali koʼchmas mulkka nisbatan taqiq bor-yoʼqligini aniqlashtiring.
Shuningdek, umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yoʼqligini ham tekshiring.
Va albatta oldi-sotdi shartnomasini notarius organlarida rasmiylashtiring va toʼlovlarni qonun doirasida amalga oshiring.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik ma'muriy javobgarlikka olib keladi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 68 prim 1-moddasiga asosan;
Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʼlgan huquqni Davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik,
— Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 (oʼn) baravari,
— Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 (oʼn besh) baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

Forwarded from ANDIJON KADASTR
#bilasizmi
Qanday holatlar yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
1️⃣ Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun Qonunda nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi;
2️⃣ Xususiylashtiriladigan yer uchastkasiga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;
3️⃣ Xususiylashtiriladigan yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan qo‘yilgan taqiqning yoki belgilangan xatlovning mavjudligi;
4️⃣ Aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarida, hududlarni kompleks rivojlantirish va qurishga doir boshqa hujjatlarda yoki yer uchastkasidan foydalanishning ruxsat berilgan turlarida yer uchastkalarini xususiylashtirishga bevosita monelik qiladigan ma’lumotlarning mavjudligi;
5️⃣ Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida ariza topshirilguniga qadar qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqori Kengesining, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari mavjudligi;
6️⃣ Xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;
7️⃣ Arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlanganligi;
8️⃣ Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini to‘lash ushbu Qonunda belgilangan muddatda amalga oshirilmaganligi yoki to‘liq amalga oshirilmaganligi.
❌ Yer uchastkalarini xususiylashtirishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
🔁 Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, rad javobi olingan kundan e’tiboran bir oy ichida arizachi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun yig‘imni to‘lamasdan qayta ariza berish huquqiga ega bo‘ladi.
Asos: 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi Qonuni.

#Andijon_kadastr #Qonun_ijrosi #korrupsiyaga_qarshi_kurashish
Davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi va korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarning (harakatsizlikning) oldini olishi shart.
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari Komplaens-nazorat xizmati xodimlari tomonidan yangi qabul qilingan "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi O'RQ-788-sonli qonun mazmun-mohiyati tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar o'rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
O'z navbatida Kadastr agentligi tizimida "Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi" doirasida Komplaens nazorat xizmati bosh mutaxssislari tomonidan targ'ibot-tashviqot ishlari keng joriy etildi.
Jumladan mana shu mavzudagi tag'ibot ishi tizimdagi Marhamat tumanida bo'lib o'tdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #trening #kasaba_uyushmalari #no_comment
🇺🇿 O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Kadastr agentligi va uning tizim tashkiloti xodimlari uchun mehnat jamoalarida “Kasaba uyushmasining roli”, “Lider o‘zi kim?”, “Stress menejment” mavzularida trening bo‘lib o‘tdi.
💠 Tadbirdan maqsad–rahbar va xodimlar o‘rtasida samarali muloqot platformasini yaratish hamda xodimlarda “Yumshoq ko‘nikmalar–soft skills” shakllantirish hisoblanadi.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#kadastr #tayinlov #tabrik
📣 TAYINLOV
👍 Kadastr agentligining Metodologiya boshqarmasi boshlig’i lavozimiga Nishanov Bexzod Yusufovich tayinlandi.
🔠 Bexzod Nishanov shu kunga qadar ushbu boshqarmaning boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
👍 Kadastr agentligi jamoasi B.Nishanovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Davlat ro‘yxatidan o'tgan ▫️
🔘 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 2-8 noyabr kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 6 991 tani tashkil etdi.
#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

#Xalq_bilan_birga #Inson_qadri
⚜️"Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla" yilida kadastr tizimi xodimlari tomonidan har bir murojaat e'tibor bilan vakolat doirasida o'rganib chiqilishi davomida o'tgan 2022-yilning mos davriga nisbatan (802 ta) murojaatlar soni 119 taga kamaygan.
🏢Kadastr agentligining Andijon viloyati boshqarmasiga joriy yilning o'tgan davr mobaynida 683 ta murojaatlar kelib tushdi.
Ushbu murojaatlar ijro holati tahlil etilganda;
💠 Ijobiy yechimini topganlar - 137 ta:
💠 Huquqiy maslahat va maʼlumot berish orqali hal qilinganlar - 476 ta:
💠 Umumiy tushuntirish berilgan - 52 ta:
💠 Koʼrmasdan qoldirilgan - 6 ta:
💠 Ma'lumot uchun qabul qilingan - 1 ta:
💠 O'rganish jarayonidagi murojaaatlar - 11 ta.
Shundan, takroriy murojaatlar soni - 12 tani tashkil qilmoqda.

#yer_nazorat_loyihasi #Andijon_kadastr
Quyidagi infografika orqali o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan noqonuniy qurilmalar to'g'risida bilib olishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Quyidagi infografika orqali o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan noqonuniy qurilmalar to'g'risida bilib olishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#bilib_oling
Yer maydonlarini oʼzboshimchalik bilan egallab olmang.
🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi (2-qismi)ga asosan;
Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish:
— Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari;
— Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

#Tayinlov #DavKadastrPalata #Andijon
Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani filiali rahbari lavozimiga Abdukarimov Tojidin Abdujalilovich tayinlandi.
T.Abdukarimov tayinlovga qadar Davlat kadastrlari palatasi Shahrixon tumani filiali rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida faoliyat olib borgan.
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi jamoasi Tojidin Abdujalilovichni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Самарқандда Туркий давлатлар ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгашининг йиғилиши бошланди. Тадбирдан аввал иштирокчилар биргаликда суратга тушдилар.
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев раислик қилаётган йиғилишда Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев, Қирғизистон Президенти Садир Жапаров, Қозоғистон Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев, Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоған, кузатувчи мамлакат Венгрия Бош вазири Виктор Орбан саммитнинг фахрий меҳмони - Туркманистон Миллий Кенгаши Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедов, шунингдек, ташкилот бош котиби Бағдод Амреев иштирок этмоқда.
—
В Самарканде началось заседание Совета глав государств Организации тюркских государств. Перед мероприятием состоялось совместное фотографирование участников.
В заседании под председательством Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева принимают участие Президент Азербайджана Ильхам Алиев, Президент Казахстана Касым-Жомарт Токаев, Президент Кыргызстана Садыр Жапаров, Президент Турции Реджеп Тайип Эрдоган, Премьер-министр Венгрии (страны-наблюдателя) Виктор Орбан, в качестве почетного гостя саммита - Председатель Халк Маслахаты Милли Генгеша Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедов, а также генеральный секретарь организации Багдад Амреев.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter