ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.66K photos
892 videos
6 files
5.08K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
АНДИЖОНДА 473 ТА МАҲАЛЛА ОБОД БЎЛАДИ...

Бугун вилоят ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов раислигида 2022-2023 йилларда маҳаллалар инфратузилмасини янада яхшилаш бўйича йиғилиш бўлиб ўтди.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 25 октябрь кунги “2022-2023 йилларда маҳаллалар инфратузилмасини янада яхшилаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-408-сонли қарори қабул қилиниб, унга асосан вилоятдаги 473 та маҳаллаларда умумий қиймати 581 млрд. сўмлик 527 та лойиҳаларни амалга ошириш белгиланган.

Жорий йилнинг 3 ноябрь куни Халқ депутатлари Андижон вилояти кенгашининг “Андижон вилоятида 2022-2023 йилларда маҳаллалар инфратузилмасини ривожлантириш бўйича лойиҳалар дастурлари доирасида амалга ошириладиган тадбирларнинг манзилли рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида”ги қарори қабул қилинди.

Мазкур қарорлар асосидаги ишларни ташкил этиш, сифат даражасига катта эътибор қаратилиши юзасидан масъулларга тегишли топшириқлар берилди.

Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Тантаналарнинг давоми Избоскан тумани Барҳаёт маҳалласида ҳам давом этмоқда.

Ушбу маҳалла, қолаверса Дарёбўйи маҳалласининг Хамид Олимжон кўчалари ҳам асфальтланишга тушиб, давлат томонидан 330 миллион маблағ ажратилди.

Айни дақиқаларда ушбу маҳалланинг фуқаролари ҳамда имомлари Қуръон тиловат қилиб, бошланажак ишлар олдидан дуолар қилмоқдалар.

Бу маҳаллаларда ҳам қўй сўйилиб, янгиликлар фуқароларга етказилиб, вилоят вакиллари иштирокида ушбу ташаббуслар тушунтирилиб, халқни шод ва хушнуд этмоқдалар.

Бу каби тадбирлар туманимизнинг 33 та маҳаллаларида бўлиб ўтмоқда.

Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
#Live #Qaror_ijrosi

Инсон қадри ҳар нарсадан устун!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 25 октябрь кунги “2022-2023 йилларда маҳаллалар инфратузилмасини янада яхшилаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-408-сонли қарори қабул қилиниб, унга асосан вилоятдаги 473 та маҳаллаларда умумий қиймати 581 млрд сўмлик 527 та лойиҳаларни амалга ошириш белгиланган.

Шундан, Тараққиёт, Машъал ҳамда Бўстон маҳаллари учун қарийб 1 млрд сўм маблағ ажратилиб, жойларда Кадастр агентлиги вилояти бошқармаси бошлиғи, Халқ депуталари вилоят кенгаши депутатлари ҳамда Андижон шаҳар ҳокимлигининг тегишли мутасадди раҳбарлари маҳаллаларда истиқомат қилувчи фуқаролар иштирокида йиғилиш ўтказилди.

Ажратилган маблағ доирасида Тараққиёт МФЙнинг 200 метр қисмига лоток ётказиш, Машъал МФЙнинг чоррахасига светафор ўрнатиш ва пиёдалар ўтиш йўлакчаси чизиш ҳамда Бўстон МФЙнинг 1 000 метр қисмини асфалтлаш ишлари 2022 йилнинг якунига қадар якунланиши бўйича фуқароларга маълумотлар етказилди.

t.iss.one/andijonkadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔸Kuz zavqi🔸

🍁Sarg‘aygan bog‘larda oltin kuz kezar
🍁Kuzning og‘ushida bugun Vatanim
.

#DavKadastrPalata #kuz

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#kadastr #trening #kasaba_uyushmalari

🟢 Ayni damda 11-noyabr O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan 👍Kadastr agentligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan kasaba uyushmalari a'zolari (xodimlari) ishtirokida kengaytirilgan trening o'z ishini boshladi.

➡️ Bizni kuzatishda davom eting
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish.

Topgan-tutganini yigʼib, oʼzaro ishonch shartnomasi asosida uy-joy sotib olish niyatingiz bor.
Erta-indin notarius idoralariga oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun murojaat qilinsa-yu, obyektga taqiq chiqib tursa yoki sotish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, yana ovoragarchiliklar boshlanadi.

Bularning barchasi boʼlmasligi ham mumkin!

Shartnoma tuzishdan avval my.gov.uz orqali koʼchmas mulkka nisbatan taqiq bor-yoʼqligini aniqlashtiring.

Shuningdek, umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yoʼqligini ham tekshiring.

Va albatta oldi-sotdi shartnomasini notarius organlarida rasmiylashtiring va toʼlovlarni qonun doirasida amalga oshiring.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#bilib_oling

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik ma'muriy javobgarlikka olib keladi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 68 prim 1-moddasiga asosan;
Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʼlgan huquqni Davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik,

— Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 (oʼn) baravari,

— Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 (oʼn besh) baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Forwarded from ANDIJON KADASTR
#bilasizmi

Qanday holatlar yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

1️⃣ Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun Qonunda nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi;

2️⃣ Xususiylashtiriladigan yer uchastkasiga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;

3️⃣ Xususiylashtiriladigan yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan qo‘yilgan taqiqning yoki belgilangan xatlovning mavjudligi;

4️⃣ Aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarida, hududlarni kompleks rivojlantirish va qurishga doir boshqa hujjatlarda yoki yer uchastkasidan foydalanishning ruxsat berilgan turlarida yer uchastkalarini xususiylashtirishga bevosita monelik qiladigan ma’lumotlarning mavjudligi;

5️⃣ Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida ariza topshirilguniga qadar qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqori Kengesining, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari mavjudligi;

6️⃣ Xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;

7️⃣ Arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlanganligi;

8️⃣ Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini to‘lash ushbu Qonunda belgilangan muddatda amalga oshirilmaganligi yoki to‘liq amalga oshirilmaganligi.

Yer uchastkalarini xususiylashtirishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔁 Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, rad javobi olingan kundan e’tiboran bir oy ichida arizachi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun yig‘imni to‘lamasdan qayta ariza berish huquqiga ega bo‘ladi.

Asos: 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi Qonuni.