ANDIJON KADASTR
1.44K subscribers
7.49K photos
877 videos
6 files
4.97K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#OAV_biz_haqimizda

Жорий йилнинг ўтган тўққиз ойида Андижон вилоятида жами 82,5 гектар ер майдони фуқаролар томонидан ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган. Бу ҳақида Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатасининг вилоятдаги бошқармалари томонидан ташкил этилган матбуот анжуманида маълум қилинди.

Шунингдек, матбуот анжуманида Давлат кадастрлари палатасининг вилоят бошқармаси томонидан амалга оширилган ишларга ҳам алоҳида тўхтаб ўтилди. Баён этилишича, жорий йилнинг 1 сентябрь ҳолатига кўра жами 702 мингта кўчмас мулк объекти тўғрисидаги маълумотлар дастурга киритилган. Қолаверса, 35 минг 374 та кўчмас мулк объектига кадастр паспортлари шакллантирилди.

Батафсил: ©️XS.uz

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Президент Шавкат Мирзиёев куз-қиш мавсумида иқтисодиёт тармоқлари ва ижтимоий соҳа муассасаларининг барқарор ишлашини таъминлаш бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по обеспечению устойчивой работы отраслей экономики и учреждений социальной сферы в осенне-зимний период.

#Mirziyoyev #yigilish #energetika #kuzqish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#OAV_biz_haqimizda

Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатаси Андижон вилояти бошқармалари томонидан жорий йил 9 ойи давомида бажарилган ишлар юзасидан матбуот анжумани ўтказилди.

Батафсил: ©️УзА

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#MDH #xalqaro_hamkorlik #idoralararo_tajriba_almashinuv

Жорий йилнинг 24 октябрь куни Ереванда Арманистон Кадастр қўмитаси мезбонлигида МДҲ давлатларининг геодезия, картография, кадастр ва Ерни масофадан туриб зондлаш бўйича “Давлатлараро кенгаши”нинг 44-сессияси иш бошлади.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Matbuot_anjumani

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Barcha muvaffaqiyatlarga inson qadrini yuksaltirish orqali erishishda eng avvalo xalqni davlatdan rozi qilish maqsadi yotadi. Shu maqsadga ko'ra, kuni kecha Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan navbatdagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Batafsil: Andijon Avtoyo'l

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
▫️Rasmiy munosabat▫️

⚡️IJTIMOIY TARMOQLARDA AYLANAYOTGAN "10400 AQSH DOLLARI" HAQIDA ANIQROQ

Bugun kunning ikkinchi yarmida deyarli barcha ijtimoiy tarmoq kanallarida "Kadastr muhandisi 10.400 AQSh dollari bilan ushlandi" degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Aslida 10400 Aqsh dollarini kim olgan?

Demak, joriy yil 21 oktabr kuni fuqaro Sh.Ya. Toshkent viloyat IIBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida "Ibroxim" ismli shaxs Yangiyo‘l tumani Xalqobod maxallasi hududidagi “U.Yusupov” nomli agrofirmaga qarashli 32 sotix yer maydonini jami 29.000 AQSh dollariga sotishligini va ushbu yer maydonini Yangiyo‘l tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishi orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 2.400 AQSh dollari berish kerakligini, shundan "avans" sifatida oldindan kadastr xodimi 400 AQSh dollari va yer maydoni egasi "Ibroxim" ismli shaxs 10.000 AQSh dollari talab qilishayotganligini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida "Ibroxim" deya aytilayoigan fuqaro I.A kelishilgan summadan "avans" sifatida 10.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida, kadastr muhandisi esa 400 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Lekin, ijtimoiy tarmoq sahifalar sarlavhalarida esa "kadastr muhandisi" iborasi birinchi planga qo‘yilib, 10.400 AQSh dollari olganligiga urg‘u berilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq egalaridan har bir ma’lumotni yaxshi o‘rgangan holda omma e’tiboriga havola etishlarini so‘rardik, zero birgina yuzaki o‘rganilgan xabar ortidan nafaqat bir insonning balki butun bir tashkilotning nomi qoralanayotganini anglash lozim.

📌 Biz bu rasmiy munosabat orqali xodim tomonidan qilingan noqonuniy harakatni oqlamoqchi emasmiz, aksincha qonun ustuvorligi ta’minlanishi tarafdorimiz. OAVlar va blogerlardan esa ma’lumotni noto‘g‘ri tarqatmasliklarini so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#OAV_biz_haqimizda #Matbuot_anjumani

Kadastr agentli hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan 2022-yilning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlili mavzusida matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.

Mazkur lavha shu haqida.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni You tube tarmog'idagi ANDIJON KADASTR sahifasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yer ajratish haqida qarori bo‘lmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi.

“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (610-son, 18.10.2022 y.) qabul qilindi.

🗓 Qarorga ko‘ra, Kadastr agentligi tomonidan Milliy geoaxborot tizimida ochiq maʼlumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi va u 2023 yil 1 yanvarga qadar ishga tushiriladi.

❗️ Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

☑️ 2024 yil 1 yanvarga qadar davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi.

🗒 Davlat kadastrlarini yurituvchi vakolatli organlar 2022 yil oxiriga qadar o‘zlarining maʼlumotlar bazalari axborot tizimiga to‘liq integratsiya qilinishi taʼminlanadi.

Malaka shahodatnomasiga ega bo‘lgan kadastr muhandislari axborot tizimidan foydalanilganligi uchun har oyda BHMning bir baravari miqdorida to‘lov amalga oshiradi.

Ochiq maʼlumotlar ommaviy geoportal orqali davlat boshqaruvi organlariga bepul, jismoniy shaxslar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa yuridik shaxslarga to‘lov evaziga taqdim etiladi.

📝 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi yer uchastkasi kadastr raqami, uning manzili va undan foydalanish maqsadi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni foydalanuvchilar tomonidan bepul olish imkoniyati yaratiladi.
⚡️27-oktabr kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

➡️Mavzu: "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorining mazmun-mohiyati".

➡️Ishtirok etadi: Kadastr agentligi mutasaddilari

⌨️ Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

💬 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴#live #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Kadastr tizimini korrupsiyadan holi tashkilotga aylantirish asosiy maqsad!

💠 Kadastr agentligining tegishli buyrug'iga asosan tizimda 17-oktabrdan 15-noyabrga qadar "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" deb eʼlon qilindi. Ushbu munosabat bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar hamda Kadastr agentligining Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi I.Tadjibayev ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish yuzasidan amaliy seminar bo'lib o'tmoqda.

💠 Mazkur seminarda Kadastr agentligi tomonidan tayyorlangan videorolikda kadastr idorasi xodimlarini bugungi kundagi asosiy faoliyat yo'nalishlari to'g'risida ham diniy, ham dunyoviy tomondan tushuntirib o'tilgan videorolik namoyish etilmoqda.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
🔹DXMdagi xizmatlarimiz🔹

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
▫️ D
avlat xizmatlari markazi;
▫️YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔸Xizmatdan foydalanuvchilar:
▫️Yuridik va jismoniy shaxslar

🔸Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
▫️
375 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)
▫️Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube