ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.39K photos
861 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#sayyor_qabul #Kadastr_xalq_xizmatida

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i Berdikulov Fayoziddin Xolmatovich hamda tuman mutasaddilari ishtirokida o'tkazilishi rejalashtirilgan sayyor qabul boshlandi. Hozirgacha Buloqboshi tumanida yashovchi 6 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davom etmoqda natijalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Bu_muhim

📣 Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori qabul qilindi.

💠 Mazkur qaror bilan:

Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari

Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

🟢Davlat organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va boshqa tashkilotlar joriy yilning 25 oktyabr sanasiga qadar o‘z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda odob-axloq qoidalarini tasdiqlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Ona_tilim_faxrim

🇺🇿QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

⚜️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari xodimlari ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmatini #Onatilimfaxrim chorlovini ommalashtirish orqali ifoda etishmoqda.

🔷Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir."

Shunday ekan, davlat tiliga hurmat – yuksak insoniy burch ekanligini barchamiz yodda tutmog‘imiz lozim!

🗣 Ona tilimizni targ‘ib etishda siz ham faol ishtirok eting!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
📣 DIQQAT EʼLON!

Hurmatli bosma va elektron OAV vakillari, ijtimoiy tarmoq faoli va blogerlar!

🏢
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari va viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorlikda matbuot anjumani o‘tkazmoqda.

🔰 Mavzu: Boshqarmalar tomonidan 2022-yilning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlili.

Matbuot anjumaniga barcha bosma va elektron OAV vakillari, jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar, veb-saytlar adminlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari rahbarlari taklif etiladi.

✍️ Maʼlumot uchun: +99897 236 90 10, +99899 399 76 70

🕰 Boshlanish vaqti:
2022-yil 20-oktabr kuni 12:00

Manzil: Andijon shaxar A.Temurshox ko‘cha 7-uy. (Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi binosi)

Mo‘ljal: Korzinka.uz supermarketi oldidа

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Yer ajratish haqida qarori bo‘lmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi

⚜️“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (610-son, 18.10.2022 y.) qabul qilindi

⚜️ Qarorga ko‘ra, Kadastr agentligi tomonidan Milliy geoaxborot tizimida ochiq ma’lumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi va u 2023 yil 1 yanvarga qadar ishga tushiriladi.

⚜️ Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

Batafsil▶️https://t.iss.one/huquqiyaxborot/12572

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Forwarded from ANDIJON KADASTR
📣 DIQQAT EʼLON!

Hurmatli bosma va elektron OAV vakillari, ijtimoiy tarmoq faoli va blogerlar!

🏢
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari va viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorlikda matbuot anjumani o‘tkazmoqda.

🔰 Mavzu: Boshqarmalar tomonidan 2022-yilning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlili.

Matbuot anjumaniga barcha bosma va elektron OAV vakillari, jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar, veb-saytlar adminlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari rahbarlari taklif etiladi.

✍️ Maʼlumot uchun: +99897 236 90 10, +99899 399 76 70

🕰 Boshlanish vaqti:
2022-yil 20-oktabr kuni 12:00

Manzil: Andijon shaxar A.Temurshox ko‘cha 7-uy. (Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi binosi)

Mo‘ljal: Korzinka.uz supermarketi oldidа

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
ANDIJON KADASTR
📣 DIQQAT EʼLON! Hurmatli bosma va elektron OAV vakillari, ijtimoiy tarmoq faoli va blogerlar! 🏢 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari va viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorlikda matbuot…
Avval xabar berganimizdek Kadastr agentligi hamda davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan 2022-yilning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlili mavzusida matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok