ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.88K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Andijon_kadastr #Oylik_tahlil

Joriy yilning sentabr oyida yerqonunbuzilish holatlariga yo'l qo'ygan 344 ta shaxsga nisbatan maʼmuriy choralar ko'rildi.

🏢 Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasining Ma'muriy amaliyot bo'limi hamda hududlardagi inspektorlar tomonidan joriy yilning o'tgan 9 oyi mobaynida yerqonunbuzilish holatlariga yo'l qo'ygan 2 730 ta shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy choralar ko'rildi.

📈 Shundan, sentabr oyining o'zida 344 ta holat aniqlanib, qonunbuzilish holatlariga yo'l qo'ygan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Yuqoridagi holatlar MjTKning tegishli moddalari bo'yicha tahlil qilinganda:

💠 8 ta holatda (Yerlarni oʼzboshimchalik bilan egallab olish) 60-modda 2-qismi bilan;

💠 1 ta holatda (Sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish) 60¹-moddasi bilan;

💠 40 ta holatda (Yer tuzish loyihalaridan o'zboshimchalik bilan chetga chiqish) 68-moddasi 1-qismi bilan;

💠 295 ta holatda (Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik) 68¹-moddasi bilan qo'llanilgan.

📉 Yuqoridagi qonunbuzilish holatlari bo'yicha 1 mlrd. 66 mln. 600 ming so'm miqdorida jarima qo'llanildi.
#Andijon_kadastr #Yer_nazorati

⚜️Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasining Yer va kadastr nazorati bo'limi hamda hududiy inspektorlar tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijasida 2022-yilning oʼtgan 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 832 ta holatda 82,49 gektar yer maydonlari o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

Quyidagi infografika orqali o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarining egallab olinish maqsadlari haqida bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Andijon viloyati
, Buloqboshi tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i Berdikulov Fayoziddin Xolmatovich hamda tuman mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2022-yil 15-oktabr, soat 09:00 dan boshlanadi.

📍Manzil: Buloqboshi tumani, Chaqar MFY 31- maktabi binosi.

📱Qabulga yozilish uchun 91-497-20-20, 99-399-76-70, telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Live🔴 #Ma_rifiy_soat #kadastr_boshqarmasi #Andijon_viloyati

⚜️Kadastr agentli hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi хodimlari ishtirokida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlangan "Siyosiy-ma'rifiy" o'quv soatida ishtirok etmoqda.

⚜️Mazkur ma'rifiy soatda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali Kadrlar ma'muriyati bosh inspektori Pozilov Nozimjon Qosimjon o'g'li ishtirok etib, bugungi siyosiy-ma'rifiy soat kun tartibiga qo'yilgan yo'nalishlar bo'yicha o'zini fikr mulohazalarini bildirib o'tdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Andijon_kadastr #Yer_nazorati

Andijon viloyatida 2022-yilning 9 oyi davomoda 82,49 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingan.

Yuqoridagi noqonuniy egallab olingan yer maydonlari toifalari bo‘yich tahlil qilinganda:

💠 70,3 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;

💠 7,0 gektar aholi punkti yerlari;

💠 0,10 gektar tarixiy ahamiyatga molik yerlar;

💠 1,8 gektar suv fondi yerlari;

💠 2,4 gektar zaxira yerlari;

💠 0,9 gektar boshqa turdagi yer maydonlaridan egallab olinganligi maʼlum boʼldi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Kadastr sohasi: yer narxini tadbirkorlik subyektlari qanchaga baholasa, shunchaga sotilishi kerak

✔️ O‘zbekiston milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali 12-oktabr kuni «Kadastr sohasidagi kamchilik va yutuqlar» mavzusida ovozli chat bo‘lib o‘tdi. Kuzatuvchilar tomonidan berilgan savollarga Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i Bekzod Nishonov javob berdi.

📌Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #xususiylashtirish #Qaror_ijrosi

Andijon viloyatida yer uchastkalarini xususiylashtirish yuzasidan 1394 ta murojaatlar kelib tushdi.

"Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 71-sonli qarori ijrosini ta'minlash masadida Andijon viloyatida jismoniy va yuridik shaxslariga tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish yuzasidan 1394 ta murojaatlar kelib tushdi.

Quyidagi infografika orqali xususiylashtirish yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish holati haqida bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#sayyor_qabul #Kadastr_xalq_xizmatida

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i Berdikulov Fayoziddin Xolmatovich hamda tuman mutasaddilari ishtirokida o'tkazilishi rejalashtirilgan sayyor qabul boshlandi. Hozirgacha Buloqboshi tumanida yashovchi 6 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davom etmoqda natijalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok