ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.88K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Сенатнинг ўттиз учинчи ялпи мажлисида “Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш тўғрисида”ги Қонун сенаторлар томонидан муҳокама қилинди.

Ялпи мажлиснинг муҳокама якунида Қонун сенаторлар томонидан маъқулланди.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#xatlov #Andijon #DavKadastrPalata

Andijon viloyatida o'tkazilayotgan xatlovda qo'shimcha 81 mindan ziyod turar-joylar aniqlandi.

Xabaringiz bor Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan turar-joylarni yalpi xatlovdan o'tkazilayotganligi haqida xabar bergan edik.
Dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra viloyatda 250 mingdan ziyod turar-joylarning egalik hujjati mavjud emasligi aniqlangan edi.

Tizim muhandislari tomonidan joyiga chiqib o'tkazilgan xatlov natijalariga ko'ra viloyatda 331 518 ta (dastlabki ma'lumotga nisbatan 81 mingdan ziyod mulklar soni o'rtgan) turar-joylar mavjudligi aniqlandi.

Bugungi kunda kadastr arxivariuslari tomonidan 246 056 ta turar-joylar maʼlumotlari UZKAD dasturiga kiritildi, shundan 60 560 tasini kadastr hujjatlari mavjud emasligi aniqlandi.
#Andijon_kadastr #Yer_nazorati #Oylik_tahlil

Аndijon viloyatida sentabr oyida 43 ta holatda yer maydonlari oʼzboshimchalik bilan egallab olinganligi maʼlum boʼldi.

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasining Yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning o'tgan davri mobaynida 832 ta noqonuniy holat anqilandi shundan, sentabr oyining oʼzida 43 ta holatda 3,67 gektar yer maydonlari oʼzboshimchalik bilan egallab olingani ma'lum bo'ldi.

Yuqoridagi 3,67 gektar yer maydonlari tahlil qilinganda:

3,19 gektar Qishloq xoʼjaligi yerlar;

0,34
gektar Аholi punktlari yerlari;

0,01
gektar Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;

0,09
gektar Suv fondi yerlarini tashkil etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
🔹Xotin-qizlar seminari🔹

🟣 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Oila va xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "Kadastr agentligi xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligi" mavzusidagi seminar trening bo'lib o'tdi.

BATAFSIL.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#OAV_biz_haqimizda

Кадастр агентлиги Андижон вилояти бошқармаси, унинг туман, шаҳар бўлимлари томонидан кадастр соҳасига оид қонун, фармон ва қарорлар ижросини таъминлаш, тизимда олиб борилаётган ишлар самарадорлигини ошириш, аҳоли мурожаатлари билан ишлаш, бўш ерларни аниқлаш ва аукцион савдоларга чиқариш, кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш сингари қатор йўналишлар бўйича белгиланган ишлар олиб борилмоқда, – дейди Кадастр агентлиги Андижон вилояти бошқармаси бошлиғи Фаёзиддин Бердиқулов.

Батафсил:
УзА

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi Аndijon viloyati boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “Аndijon viloyati, Xo'jaobod tumani qoq markazidagi, tuman markaziy poliklinika bilan tuman Аgrobank binolari o'rtasida qurilish haqida fuqarolar murojaat qilishmoqda. Ushbu qurilish qanchalik qonuniy sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Mazkur qurilish ishlari olib borilayotgan yer maydoni Xo'jaobod tumani “Uzun ko'cha” MFY hududida joylashgan bo'lib, mazkur yer maydoni Xo'jaobod tumani hokimining 2019-yil 30-martdagi 656-q-sonli qarori bilan “Obod mahalla” Dasturi doirasida fuqaro U.Mga “Savdo do'koni” qurish uchun 120,0 kv.m yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilganligi aniqlandi.

Fuqaro U.M qurilish ishlarini Аndijon viloyati qurilish bosh boshqarmasining 2020-yil 17-sentabrdagi 1703-1703236-1428-sonli arxitektura-rejalashtirish topshirig'iga (АRT) va Oʼzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Аndijon viloyat Qurilish Bosh boshqarmasi loyiha smeta hujjatlarini kelishish bo'yicha Аrxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2022-yil 22-apreldagi 42491-sonli xulosalariga asosan qurilish ishlarini amalga oshirayotganligi ma'lum bo'ldi.

O'z navbatida qurilayotgan bino-inshoatlarni shaharsozlik normalari asosida qurilayotganlik holati bo'yicha viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan xulosa olinishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
▫️Milliy xisobotni shakllantirish bo‘yicha▫️

⬜️ Davlat kadastrlari palatasi raisining "O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining 2023- yil 1-yanvar holati to‘g‘risidagi Milliy xisobotini tuzish" haqidagi 201-09-sonli buyrug‘i ijrosini o‘z muddatida sifatli ta’minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Davlat Yer kadastrini yuritish bo‘limi tomonidan kuni kecha hududiy boshqarmalardagi Yer xisobini yuritishga ma’sul bosh mutaxassislari ishtirokida "ZOOM" platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

⬜️ Unda ma’sullarga 2023 yil 1- yanvar holatiga tuziladigan Milliy xisobotni shakllantirish bo‘yicha, uni mazmun-mohiyati yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tushunchalar berildi.

#DavKadastrPalata #milliy_xisobot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi,

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari.

Agarda siz kadastr sohasidagi korrupsiоn holatlarga guvoh boʼlsangiz, kadastr xodimlari sizdan noqonuniy talablarni qo'yib pul yoki moddiy ko'rinishdagi narsalarni talab qilganlik holatlariga duch kelsangiz Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalarining Komplaens-nazorat (Ichki nazorat) xizmatlariga murojaat qilishingiz so'raladi.

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi G'olibsher Odilov;
☎️ (74) 224-20-25 (ichki 105) @andkorrupsiyakadastrbot
📞 +99897 999-38-86

Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmasi Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi Anvarjon Mamadjanov;
☎️ (74) 224-20-25 (ichki 105) @andkorrupsiyakadastrbot
📞 +99890 529-70-01

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy
tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Taqdirlash_marosimi #Andijon #ARGOS

🇺🇿 Andijonda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan "Zamonaviy xalqchil davlat xizmatining yangi bosqichi sari" shiori ostida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasining kadarlar masalari bo'yicha bosh mutaxassisi Tadjixodjayeva Feruza Oxunovna "Namunali kadr" nominatsiyasi bo'yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tashakkurnomasi va esdalik sovg'alari bilan tadirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok