ANDIJON KADASTR
1.44K subscribers
7.49K photos
877 videos
6 files
4.97K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Andijon #DavKadastrPalata #xatlov

Andijonda kadastr hujjati bo‘lmagan turar-joylar xatlovdan o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 18-iyul kunida davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig'ilishida kadastr hujjatiga ega bo‘lmagan, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan yakka tartibdagi uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqni viloyatimizda ham ijrosini ta’minlash yuzasidan kadastr xodimlari tomonidan joylarda o'tkazilayotgan xatlovlar ishlari hamda egalik huquqi bo'lmagan xonadonlarga oid ma’lumotlar "Uzkad" elektron bazasiga kiritish ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
🔹Auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti🔹

📧
Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 6-12 sentabr kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 729 ta yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Yer hisobini yuritishda xorij tajribasi▫️

♻️ Xorij tajribasini o‘rgangan holda Yer fondi hisobotini yuritish tartibini ishlab chiqish bo‘yicha Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari boshqarmalaridan taklif etilgan yer hisobini yurituvchi bosh mutaxassislar bilan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish jarayonlari hamkorlikda olib borilmoqda.

♻️ Jarayon davomida bahsli savollar tahlil etilib, e’tibor qaratish muhim bo‘lgan jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tilmoqda.

#DavKadastrPalata #yer_hisobi #xorij_tajribasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#SCO2022Samarkand

Самарқанд шаҳридаги Конгресс марказида Ўзбекистонга расмий ташриф билан келган Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисийни расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.
————————-

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва расмий ташриф билан мамлакатимизга келган Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисийнинг музокаралари бўлиб ўтди.

————————-

Олий даражадаги Ўзбекистон-Эрон музокаралари якунида икки томонлама битим ва меморандумлар имзоланди.

————————-

Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши мажлисида иштирок этиш учун Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаров мамлакатимизга келди.
#SCO2022Samarkand

Дунёнинг бир қатор қудратли давлатлари раҳбарлари Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши мажлисида иштирок этиш учун Самарқандга етиб келишди.

Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши мажлисида иштирок этиш учун Самарқанд шаҳрига келди.
————
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедов Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши мажлисида фахрий меҳмон сифатида иштирок этиш учун мамлакатимизга келди.
————-
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин ташриф билан мамлакатимизга келди.
————-
Самарқанддаги Конгресс марказида давлат ташрифи билан мамлакатимизда бўлиб турган Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпинни расмий кутиб олиш маросими бўлди.
————-
Покистон Ислом Республикаси Бош вазири Шаҳбоз Шариф Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши мажлисида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Самарқанд шаҳрига келди.
————-
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиев Шанхай ҳамкорлик ташкилоти саммитида фахрий меҳмон сифатида иштирок этиш учун мамлакатимизга келди.
————-
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенко амалий ташриф билан мамлакатимизга келди.
————-
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған Самарқандга келди.
#SCO2022Samarkand

ШҲТнинг Самарқанд саммити иштирокчилари "Боқий шаҳар" мажмуасига ташриф буюрдилар. Улар шарафига Ўзбекистон Республикаси Президенти номидан қабул маросими уюштирилди.

Участники Самаркандского саммита ШОС посетили комплекс "Вечный город". В их честь устроен прием от имени Президента Республики Узбекистан.

#sammit #ShHT #qabulmarosimi
#Taziya

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo'limi boshlig'i Davronov Qaxramonjon Tulanboyevichni volidasi O'lmasxonhojiaya omonatini topshiribdi

Q.Davronov va uning oila a'zolariga sabr toqat tilab, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari jamoasi nomidan taziya izxor etgan holda chuqur hamdardlik bildiramiz. 
#xatlov #Andijon #DavKadastrPalata

Andijon viloyatida ko‘chmas mulklarning xatlovdan o'tkazish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Xabaringiz bor Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 18-iyulida o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida respublika bo‘yicha jami 2 mln 600 ming ta ko‘chmas mulklarni kadastr hujjati mavjud emasligi to‘g‘risida gapirib, Kadastr agentligi hamda Adliya vazirligiga 2022-yil 1-oktabrgacha kadastr hujjati yo‘q bo‘lgan turar-joylarni yalpi xatlovdan o‘tkazib, yangi Qonun loyihasini tayyorlash yuzasidan topshiriq berilgan edi.

Mazkur topshiriqni ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlarining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra viloyatda 250 mingdan ziyod turar-joylarning egalik hujjati mavjud emasligi aniqlandi.

Bugungi kunda kadastr arxivariuslari tomonidan 229 821 ta turar-joylar maʼlumotlari UZKAD dasturiga kiritildi, shundan 5 783 tasi kadastr muhandislari tomonidan joyga chiqqan holda to‘liq xatlovdan o‘tkazib chiqildi.