ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.4K photos
863 videos
6 files
4.9K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

SNOSlar haqida ma'lumotga egamisiz?

📹Bu savol javobini videorolikni tomosha qilib bilib olishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mulk huquqiga oid bir qator cheklovlar bekor qilinadi

“Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–198-son, 24.08.2022 y.) qabul qilindi

🔰Farmon bilan quyidagi tartiblar, talablar va cheklovlar 2022 yil 1-sentabrdan bekor qilinadi:

🔘 yerga bo‘lgan huquqlardan foydalanishda:

▫️yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishiga asos bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish orqali yerga bo‘lgan huquqni tugatish, mazkur hujjatlar faqat sud tomonidan bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi mumkin;

▫️yerdan ixtiyoriy voz kechishni Hukumat yoki hokimlik qarorlari bilan rasmiylashtirish (ixtiyoriy voz kechish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan ariza huquqni bekor qilish uchun asos bo‘ladi);

▫️yuridik shaxs tugatilishi bilan uning yeriga bo‘lgan huquqlarini bekor qilish;

▫️yerni jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda kompensatsiya sifatida davlatning boshqa ko‘chmas mulkini berish, bunda ko‘p kvartirali uylardagi turar joy berilishi mumkin;

🔘 turar joyga bo‘lgan mulkiy huquqlarni amalga oshirishda:

▫️turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmaganlarni doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish;

▫️sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 3 yil o‘tgach natura shaklida talab qilib olish.

🗓 2023-yil 1-yanvardan Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi (UZKAD) ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri va unga oid maʼlumotlar yuritiladigan, maʼlumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi hisoblanadi.
#OAV_biz_haqimizda #xatlov #Andijon

Вилоятдаги мавжуд хонадонларда хатлов ишлари учун 133 нафар кадастр муҳандиси жалб қилиниб, кунлик хатлов натижаларини умумлаштириш ва хатлов жараёнида юзага келган муаммоларни тезкорлик билан ҳал қилиш мақсадида Давлат кадастрлари палатаси Андижон вилояти бошқармасида штаб фаолияти йўлга қўйилди.

Айни пайтда кадастр ҳужжати мавжуд бўлмаган турар-жойларнинг электрон рўйхатларини шакллантириш ишлари давом этмоқда. Бунинг учун маҳаллабай асосида иш ташкил этиш ўз самарасини бермоқда дейди - Давлат кадастрлари палатаси Андижон вилояти бошқармаси бошлиғи Д.Акбаров

Батафсил бу ерда ўқишингиз мумкин.

Ижтимоий тармоқларда саҳифаларимиз.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
▫️OAV biz haqimizda▫️

💠 “Zo‘rTV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturida aholi uy-joylarining kadastr hujjatlari, ularni elektron tizimda shakllantirilishi bo‘yicha ma’lumotlar jamlangan reportaj efirga uzatildi.

💠 Unda, Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatining mutaxassislari tomonidan zaruriy ma’lumotlar taqdim etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Qonun_ijrosi #Andijon #DavKadastrPalata #Live

Kadastr agentligi hamda Vazirlar Mahkamasining Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlarini to'g'risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 117-sonli Rayosat majlis bayonida berilgan topshiriqlarni ijrosini o'z vaqtida va sifatli ta'minlash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

Mazkur yig'ilishda viloyatdagi mahallalarda 6001 ta ko'chalar mavjudligi shundan, 649 ta ko'chalarning nomlari mavjud emasligi mahallalardagi ko'chalar nomlari qayta-qayta takrorlanayotganligi ta'kidlab o'tildi hamda nomsiz ko'chalarga tezkorlik bilan nom berish va Kadastr agentligiga ekspertizaga yuborish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#ma_naviyat_soati #kadastr_boshqarmasi #Andijon_viloyati

💠 Kadastr agentli hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari va tuman, shahar хodimlari ishtirokida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlangan "Siyosiy-ma'rifiy" o'quv soatida ishtirok etishdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#sayyor_qabul #Inson_qadri_uchun #Live

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i F.Berdikulov hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi boshlig'i D.Akbarovlar viloyatning Yangi Andijon shahrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini sayyor qabulda ko'rib chiqmoqda.

@andijonkadastr