ANDIJON KADASTR
1.44K subscribers
7.44K photos
874 videos
6 files
4.95K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#matbuot_anjuman

Республиканинг жами 44,9 млн гектар ер майдонидан 41,1 млн гектари (қишлоқ хўжалиги 23,6 млн гектар, ўрмон фонди 11,9 млн гектар) ёки 91,5 фоизи ЖАХОН БАНКНИНГ ЛОЙИХАСИГА АСОСАН “Кадастр ва рўйхатдан ўтказишнинг интегрaциялашган ахборот тизими”да “Uzkad” дастурида электрон харитаси яратилиб, кадастр ахборот тизимига киритилди.
Шундан:
– 36,4 млн гектар 505,3 мингта (қишлоқ хўжалиги 22,3 млн гектар, ўрмон фонди 11,7 млн гектар) ердан фойдаланувчилар кесимида кадастр йиғма жилдлари шакллантирилган ҳолда давлат рўйхатидан ўтказилди.

Давлат кадастрлари палатаси Раиси ўринбосари Нозимжон Инамов.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Bino va inshootlar davlat kadastri▫️

🔹 Davlat kadastrlari palatasi Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🔹Mazkur maʼlumotda siz, Bino va inshootlar davlat kadastri joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#live #sayyor_qabul #Xalq_bilan_birga

"Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yilida" fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o'rganish va bartaraf etish xar bir davlat tashkiloti xodimini vazifasidir.

Xabar berganimizdek aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Asaka tumanida Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'ining sayyor qabuli boshlandi.

Fuqarolar o'zlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Hozirda jarayonlar davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
▫️Yutuqlar o‘zimizniki, kamchiliklar bartaraf etilmog‘i lozim▫️

🔳 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan hududiy boshqarma xodimlarining maoshlari o‘z vaqtida to‘lanishini nazorati qilish, ularni qonuniy oshirilib borilishini ta’minlash maqsadida muntazam moliyaviy monitoring ishlari olib boriladi. Yutuqlar doimo alohida e’tirof etiladi ammo, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni ham qayd etish o‘rinlidir.

🔳 2021-yilning 4-choragi va 2022-yilning yanvar-aprel oylari davomida ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari evaziga tushgan pul mablag‘larining maqsadli ishlatilishi, hamda oylik ish haqlarini hisoblanishda amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi yuzasidan hududiy boshqarmalarda ana shunday o‘rganishlar o‘tkazildi. Bugun Davlat kadastrlari palatasi raisi boshchiligida yuqoridagi o‘rganish natijalariga ko‘ra hududiy boshqarmalar ishtirokida Zoom platformasi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘rganishlar natijasida boshqarmalarda jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi. Jumladan:

- xodimlarga oylik ish haqlarini hisoblashda mas’ul hisobchilar tomonidan xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi va buning oqibatida xodimlarga noto‘g‘ri ish haqlari hisoblanganligi aniqlangan;

- bir necha boshqarmalarning boshliqlari va bosh hisobchilari tomonidan asosli xujjatlarsiz moddiy rag‘batlantirishlar ham amalga oshirilgan;

- Davlat kadastrlari palatasining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizom talablariga amal qilmagan holda ish yuritilganligi kuzatilgan.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar alohida tahlil etildi.

🔳 Faoliyati davomida bir qator jiddiy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ayrim mutasaddilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Bir necha mutasaddilarga “hayfsan” intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

#DavKadastrPalata #hududlar_o_rganilganda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#rasmiy_munosabat

Ижтимоий тармоқларда эълон қилинган "Қўрғонтепа тумани Кодастр ходимлари мажлисбозлик билан оввора. Бу ёғда фуқаролар кутиш билан сарсон. " сарлавҳалари остида тарқалган мурожаат юзасидан қуйидагиларни маълум қилади.

Жорий йилнинг 23 июнь
куни Кадастр агентлиги комплаенс назорат хизмати рахбари бошчилигида ишчи гуруҳ вилоятимизга ташриф буюриб вилоятдаги туман, шаҳарларда коррупцион омилларни олдини олиш юзасидан ўрганиш ишларини олиб борган.

Ишчи гуруҳ томонидан шу куни соат 15:30 да ўрганиш якунлари юзасидан Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатаси вилоят бошқармаларида ва туман, шаҳарларда фаолият юритаётган барча ходимларга яна бир бор коррупцион ҳолатларга йўл қўймаслик, бу каби салбий ҳолатларга нисбатан кучайтирилган чоралар кўриш бўйича огоҳлантириш мақсадида ZOOM платформаси орқали йиғилиш ўтказилди.

Ижтимоий тармоқлар орқали эълон қилинган мурожаат айнан шу вақтда юборилганлиги маълум бўлди. Ўз ўрнида шуни таъкидлаш жоизки айнан мазкур йиғилиш ўтказилаётган вақтда Кадастр агентлиги вилоят бошқармаси ҳамда барча ҳудудларда, жумладан Қўрғонтепа туман бўлимида ҳам навбатчилик ташкил этилиб, фуқароларнинг мурожаатларини навбат билан қабул қилганлигини маълум қиламиз.

Ижтимоий тармоқларда саҳифаларимиз.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Президент Шавкат Мирзиёев электр энергетикаси корхоналари фаолиятини трансформация қилиш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.
Энергетика бозорини бошқариш бўйича янги тизим яратиш масалалари муҳокама этилди.
“Ўзбекистон миллий электр тармоқлари” акциядорлик жамиятининг электр энергиясини ягона харид қилиш ва магистрал тармоқларни бошқариш ваколатларини ажратиш таклифи билдирилди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам трансформации электроэнергетических предприятий.
Обсуждены вопросы создания новой системы управления энергорынком.
Предложено разделить полномочия акционерного общества «Узбекистон миллий электр тармоклари» по закупке электроэнергии и управлению магистральными сетями.

#Mirziyoyev #yigilish #energetika #transformatsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Xalq_bilan_birga

Xabaringiz bor Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi boshliqlari va tegishli mutasaddi rahbarlar tomonidan sayyor qabullar o'tkazib kelinmoqda.

Mazkur lavha mana shu haqida ANDIJON TRKning AXBORORT INFORMATSION dasturida.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok