ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.4K photos
863 videos
6 files
4.9K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Bilasizmi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘ladi.

🔘 Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi hamda faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va shaxsning o‘zining, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi organ rahbarining yozma ruxsati asosida oshkor etiladi.

🔘 Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslarning hamda ularning yaqin qarindoshlarining hayotiga va sog‘lig‘iga haqiqiy tahdidni, ularga nisbatan zo‘rlik ishlatilganligini, ularning mol-mulki yo‘q qilinganligini yoki shikastlantirilganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, korrupsiyaga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ularni himoya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi shart.

🔘 Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslarning va ularning yaqin qarindoshlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qilganligi sababli tajovuz qilishga, shuningdek ish beruvchi tomonidan ularning mehnatga oid huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bu qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.

🔘 Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslarni rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ushbu moddaning qoidalari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida bila turib yolg‘on axborotni xabar qilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, ular bunday huquqbuzarlik uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиев давлат ташрифи билан мамлакатимизга келди.
Тошкент халқаро аэропортида олий мартабали меҳмонни Ўзбекистон Бош вазири Абдулла Арипов ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.
Ташрифнинг асосий тадбирлари бугун бўлиб ўтади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев прибыл в нашу страну с государственным визитом.
В международном аэропорту Ташкента высокого гостя встретил Премьер-министр Узбекистана Абдулла Арипов и другие официальные лица.
Основные мероприятия визита состоятся сегодня.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from markaz16
⚡️  Ўзбекистон Миллий матбуот марказида  Ўзбекистон Республикаси Давлат Солиқ  қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлигининг матбуот анжумани бошланди.

Мавзу: Ерларни хатловдан ўтказиш ишларида қўлланиладиган замонавий техникалар.

📲  Матбуот анжумани трансляциясини UzReport TV телеканали ва телеканалнинг Youtube ва Facebookдаги саҳифалари орқали ЖОНЛИ томоша қилинг.

👉 Савол, мурожаат, ариза ёки шикоятларингизни @MARKAZ16Uz. га юборинг.
    
📲 Каналга уланиш: @MARKAZ16Uz.

https://youtu.be/6XKySg-LOr4
#sayyor_qabul #Asaka_tumani

Hurmatli Andijon viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatning Asaka tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 22-iyun kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i Berdikulov Fayoziddin Xolmatovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Andijon viloyati Asaka tumani G'anchiyuz mahalla fuqarolari yig'ini binosida.
Tel: 91-497-20-20, 88-224-22-11, 94-022-11-22

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#matbuot_anjuman

Республиканинг жами 44,9 млн гектар ер майдонидан 41,1 млн гектари (қишлоқ хўжалиги 23,6 млн гектар, ўрмон фонди 11,9 млн гектар) ёки 91,5 фоизи ЖАХОН БАНКНИНГ ЛОЙИХАСИГА АСОСАН “Кадастр ва рўйхатдан ўтказишнинг интегрaциялашган ахборот тизими”да “Uzkad” дастурида электрон харитаси яратилиб, кадастр ахборот тизимига киритилди.
Шундан:
– 36,4 млн гектар 505,3 мингта (қишлоқ хўжалиги 22,3 млн гектар, ўрмон фонди 11,7 млн гектар) ердан фойдаланувчилар кесимида кадастр йиғма жилдлари шакллантирилган ҳолда давлат рўйхатидан ўтказилди.

Давлат кадастрлари палатаси Раиси ўринбосари Нозимжон Инамов.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Bino va inshootlar davlat kadastri▫️

🔹 Davlat kadastrlari palatasi Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🔹Mazkur maʼlumotda siz, Bino va inshootlar davlat kadastri joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#live #sayyor_qabul #Xalq_bilan_birga

"Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yilida" fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o'rganish va bartaraf etish xar bir davlat tashkiloti xodimini vazifasidir.

Xabar berganimizdek aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Asaka tumanida Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'ining sayyor qabuli boshlandi.

Fuqarolar o'zlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Hozirda jarayonlar davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
▫️Yutuqlar o‘zimizniki, kamchiliklar bartaraf etilmog‘i lozim▫️

🔳 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan hududiy boshqarma xodimlarining maoshlari o‘z vaqtida to‘lanishini nazorati qilish, ularni qonuniy oshirilib borilishini ta’minlash maqsadida muntazam moliyaviy monitoring ishlari olib boriladi. Yutuqlar doimo alohida e’tirof etiladi ammo, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni ham qayd etish o‘rinlidir.

🔳 2021-yilning 4-choragi va 2022-yilning yanvar-aprel oylari davomida ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari evaziga tushgan pul mablag‘larining maqsadli ishlatilishi, hamda oylik ish haqlarini hisoblanishda amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi yuzasidan hududiy boshqarmalarda ana shunday o‘rganishlar o‘tkazildi. Bugun Davlat kadastrlari palatasi raisi boshchiligida yuqoridagi o‘rganish natijalariga ko‘ra hududiy boshqarmalar ishtirokida Zoom platformasi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘rganishlar natijasida boshqarmalarda jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi. Jumladan:

- xodimlarga oylik ish haqlarini hisoblashda mas’ul hisobchilar tomonidan xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi va buning oqibatida xodimlarga noto‘g‘ri ish haqlari hisoblanganligi aniqlangan;

- bir necha boshqarmalarning boshliqlari va bosh hisobchilari tomonidan asosli xujjatlarsiz moddiy rag‘batlantirishlar ham amalga oshirilgan;

- Davlat kadastrlari palatasining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizom talablariga amal qilmagan holda ish yuritilganligi kuzatilgan.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar alohida tahlil etildi.

🔳 Faoliyati davomida bir qator jiddiy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ayrim mutasaddilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Bir necha mutasaddilarga “hayfsan” intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

#DavKadastrPalata #hududlar_o_rganilganda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube