ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
860 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Йиғилишда Кадастр агентлигига йил якунигача 20 та вазирликнинг кадастр маълумотларини Миллий геоахборот тизимига тўлиқ киритиш топширилди.

1 сентябрга қадар 205 та туман ва шаҳарда 253 та махсус савдо ва хизмат кўрсатиш кўчаларини ташкил этиш режа қилинган.

Ушбу мақсадлар учун ўтган йили республика бюджетидан
1,4 триллион сўм, жорий йилда эса 900 миллиард сўм ажратилди.

Масалан, Жиззах шаҳри “Жиззахлик” маҳалласидаги боши берк кўча Шароф Рашидов марказий кўчасига боғланиб, 1,4 километр автомобиль йўли, пиёдалар ва велосипед йўлакчалари барпо этилган. Савдо ва сервис объектларига туну-кун ишлашга рухсат берилган.

Натижада, илгари ушбу ҳудуддаги 1 квадрат метр жой
2-3 млн сўмга ҳам сотилмаган бўлса, ҳозир нархи
8-9 млн сўмга етган. Энг муҳими, савдодан тушган маблағларни бошқа кўчаларнинг инфратузилмасини яхшилашга йўналтириш ишлари бошланган.

Вилоят ҳокимларига Жиззах тажрибаси асосида 1 тадан кўчани танлаб, уларни серқатнов кўчаларга улаш орқали сервисни ривожлантириш лойиҳасини бошлаш топширилди.
Хизматлар соҳасини ривожлантириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Жорий йилда 120 мингдан ортиқ янги лойиҳаларни амалга ошириб, хизматлар ҳажмини 435 триллион сўмга етказиш режа қилингани айтилди.
25 мингта ер майдонлари сервис ва савдо объектлари учун аукционга чиқарилиши белгиланди.
Шаҳар ва туманларда туну кун ишлайдиган кўчалар ташкил этиш, 28 та шаҳар ва 10 та туманнинг “мастер режаси”ни ишлаб чиқиш бўйича кўрсатмалар берилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития сферы услуг.
Отмечалось, что в текущем году планируется реализовать в сфере более 120 тысяч новых проектов и довести объем услуг до 435 триллионов сумов.
Определено, что для создания объектов сервиса и торговли будут выставлены на аукцион еще 25 тысяч земельных участков.
Даны указания по организации в городах и районах улиц с круглосуточными заведениями, разработке мастер-планов 28 городов и 10 районов.

#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #xizmatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент тадбиркорларни энг кўп ўйлантираётган масалалардан бири - аукционда ер олиш жараёнлари соддалаштирилишини эълон қилди

Президент объявил об упрощении одного из самых волнующих предпринимателей вопросов - процесса приобретения земли через аукцион

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#malaka_oshirish #Andijon

Malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyoj bugungi kun davr talabi.

Avval xabab berganimizdek Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarida faoliyat yuritib kelayotgan rahbar va xodimlarni muntazam ravishda malakasini oshirish yil boshidan rejalashtirib olingan edi.

Reja asosida malaka oshirish kurslari Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali bilan hamkorlikda tashkillashtirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi Farg'ona filialida tashkillashtirilgan vebinar va trening mashg'ulotlarida boshqarma xodimlari doimiy tarzda ishtirok etib kelmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi dahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Twitter | Facebook | You tube | Tik Tok
#Bilasizmi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodesning 68-moddasi bilan belgilab qo'yilgan ma'muriy javobgarlik to'g'risida bilasizmi?

Batafsil: infografikada

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔸Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish🔸

⚜️
Ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning tartiblari qanday?

⚜️ Sizga, mazkur tartibni tushuntirish orqali Davlat kadastrlari palatasining asosiy yo‘nalishi kechagi kuni va buguni - tizimda faoliyat yuritayotganlar, sohadagi o‘zgarishlar haqida ham so‘z yuritamiz. (2-qism)

#DavKadastrPalata #reportaj #davlat_ro_yxatidan_o_tkazish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Bilasizmi #Yangi_imkoniyat

Uy-joy buzilishga tushgan (Snos) yoki tushmaganligi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani my.gov.uz orqali onlayn olish imkoni paydo bo‘ldi.

Mazkur ma'lumotni yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma berish xizmatini tanlab, bo‘sh kataklarga kadastr raqami va bino nomini yozish orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Xizmat ko‘rsatish muddati 3 kun.

Telegram |Instagram |Twitter |Facebook |You tube |Tik Tok
#Andijon #kadastr #ma_muriy_amaliyot

Аndijonda 2022 yilda yer munosabatlariga oid 3 mlrd.dan ziyod maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi.

🏢 Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat olib borayotgan yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2022 yilning o'tgan davri mobaynida O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan 1 952 ta holatda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib 3 mlrd. 24 mln 970 ming soʼmlik maʼmuriy jarimalar qoʼllanildi.

🔰 Hisobot kuniga qadar qo'llanilgan jarimalarning 1 mlrd. 372 mln. 338 ming soʼm miqdoridagi jarimalar undirilishi ta'minlandi.

Telegram |Instagram |Twitter |Facebook |You tube |Tik Tok
#Bilasizmi

Kadastr pasportini shakllantirishga qancha muddat belgilangan?

Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

a) ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

🏢ko‘p kvartirali uydagi kvartira - 3 ish kunigacha;

🏠yakka tartibdagi turar joy - 5 ish kunigacha;

b) ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
1️⃣umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
2️⃣umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
3️⃣umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
4️⃣umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
5️⃣umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha - 20 ish kunigacha;
6️⃣umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq - 25 ish kunigacha;

🏕Аjratilgan yer uchastkalari bo‘yicha - 3 ish kunigacha.

Kadastr (yig‘ma-jildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🔘Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk
- Bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 baravari;
🔘Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun BHMning 1,15 foizi;
🔘Umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan 5000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - BHMning 17,25 baravari;
🔘Umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan 15000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - BHMning 34,5 baravari;
🔘Umumiy maydoni 15000 kvadrat metrdan 50000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - BHMning 57,5 baravari;
🔘Umumiy maydoni 50000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulk - BHMning 80,5 baravari.

Ko‘chmas mulk obyektlarining turarjoy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish:

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira
- Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun BHMning 1,15 foizi;

🏠Yakka tartibdagi turarjoy - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun BHMning 1,15 foizi.
🔹9-iyun — Xalqaro arxivlar kuni🔹

📄Tarixning tilsiz ko‘zgusi - sohalar tarixi arxivdir.

📜Dunyoda har bir mamlakatning o‘z milliy arxivi bor. Aslida u butun soha tarixini qamrab oluvchi bebaho manbaa. Respublikamizda esa rasman arxivga bundan yuz yil oldin asos solingan va u bugungacha Markaziy Osiyodagi yagona arxiv agentligi hisoblanadi.

📑 Davlat kadastrlari palatasi tizimida 203ta arxiv xonalari mavjud bo'lib, ularda 217 nafar arxivariuslar faolyat ko'rsatishadi. Kadastr faoliyati esa aynan arxiv xujjatlar bilan chambarchas bog'liqdir.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
🌀 Кадастр агентлиги ер ва кадастр назоратчилари томонидан амалга оширилаётган ишлар таҳлили, соҳадаги долзарб масалалар

АОКАда Кадастр агентлиги раҳбарияти ва мутасаддилари иштирокида шу мавзуда матбуот анжумани бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин:

📹 Жонли эфир
〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
#Kadastr #Yer_nazorati #Matbuot_anjuman

Ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаш ҳолатлари бор, ер участкаларидан мақсадсиз фойдаланиш ҳолатлари бор. Бу иккала тушунчани бир-биридан фарқлаб олиш керак.

Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаси
— қонунчиликда белгиланган тартибда ажратилмаган (реализация қилинмаган), шу жумладан, берилган (реализация қилинган) ер участкасининг чегаралари ваколатли органлар томонидан натурада (жойнинг ўзида) белгиланмаган, ер участкасига бўлган ҳуқуқни тасдиқлайдиган ҳужжатлар берилмаган ҳолда фойдаланилган ер участкаси.

Ер участкаларидан мақсадсиз фойдаланиш – ер участкаларини ажратиб бериш ҳужжатларида белгилангандан бошқа мақсадда фойдаланиш ёки белгиланган муддатларда фойдаланмаслик дегани.

Кадастр агентлиги директорининг биринчи ўринбосари
Атабек Аллаберганов.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#матбуотанжумани

📍2021 йил ва 2022 йилнинг ўтган даврида (1 июнь ҳолатига) республика бўйича ер участкасини ўзбошимчалик билан эгаллаш билан боғлиқ 24 511 та (5 164,7 гектар) ҳолат аниқланди

Кадастр агентлиги органлари томонидан берилган ёзма кўрсатмалар асосида 11 228 та ҳолатда 3 050,5 гектар (46%) майдондаги қонунбузилишларни ихтиёрий бартараф этилиши таъминланди.

Ўзбошимчалик билан эгалланган майдонларни қайтариш ҳақида судларга 11 687 та даъво аризаси киритилди.

Ерга оид қонун бузилиши ҳолатларида жиноят аломатлари кузатилган 1 782 та иш ҳужжати прокуратура органларига юборилди.

Олиб борилган назорат тадбирларда 44 438 нафар (2022 йилда 14 338 та) шахс маъмурий жавобгарликка тортилди.

〰️〰️〰️
Бу ҳақда АОКАда Кадастр агентлиги раҳбарияти ва мутасаддилари иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилинди:

Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк