ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.68K photos
892 videos
6 files
5.09K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Товар-хомашё биржасида савдоларни ва унда маҳаллий корхоналар иштирокини кенгайтириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Давлатимиз раҳбари маҳаллий маҳсулотларни биржага қўйишда туманларни фаоллаштириш зарурлигини таъкидлади. Бу борадаги тартиб соддалаштириладиган бўлди.
Биржада экспорт-импорт маҳсулотлари савдоси ҳажмини ошириш масаласига ҳам алоҳида эътибор қаратилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по расширению торгов на товарно-сырьевой бирже и участия в них местных предприятий.
Глава государства поставил задачу активизировать участие районов в выставлении местных товаров на биржу. Определены меры по упрощению этой процедуры.
Особое внимание уделено увеличению объемов экспортно-импортных торгов на бирже.

#Mirziyoyev #videoselektor #birja #savdo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#live #sayyor_qabul

Baliqchi tumanidagi fuqarolarning muammolari mahallalarga borib joyida hal etilmoqda.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarining Baliqchi tuman bo'limi boshlig'i B.Raximov hamda filial bosh muhandisi D.Teshaboyevlar tomonidan Baliqchi tumanining Oqtepa va Siza mahalla fuqarolari yig'inlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib ularni kadastr sohasida qiynab kelayotgan muammolarini hal etish maqsadida tasdiqlangan reja-grafikka asosan joriy yilning 13-may kuni sayyor qabul o'tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar o'zlarini qiynab kelayotgan muammolari yuzasidan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'ldi. Yo'llangan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi.

Bunday sayyor qabullarni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad fuqarolar hamda tadbirkorlarni kadastr sohasidagi muammolarni tezkorlik bilan hal etish asosiy vazifa etib belgilab olingan.

Sayyor qabullar viloyatning boshqa hududlarida ham o'tkazilishi rejallashtirilgan.
Hurmatli Andijon viloyati Bo`ston tumani Gulshan MFY fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Andijon viloyati Bo
`ston tumani Gulshan MFYda sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 19-may kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Bo`ston tumani bo`limi boshlig'i Raximov Jamoldin Nasirdinovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Andijon viloyati Bo`ston tumani Gulshan MFY binosi.

🔰Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Туман ҳокимлиги
матбуот хизмати
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bilasizmi

Oʼzboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish qanday javobgarliklarga sabab boʼlishini bilasizmi?.

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi (3-qismi)ga asosan;

Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʼlgan va tutash boʼlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

— Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari;

— Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Ma'lumot uchun bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori (BHM 270 000 so'm).

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#auksion #DavKadastrPalata #Andijon

Andijon viloyatida 1 078 ta bo'sh yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarildi.

Davlat kadastrlari palatasi
Andijon viloyati boshqarmasining tuman (shahar)lardagi mutaxassislari Qurilish bo'limlari bilan hamkorlikda joriy yilning 19-may holatiga 3 598 ta bo'sh yer uchastkalari anqilandi hamda 1 078 ta bo'sh yer maydonlari tadbirkorlarga sotish uchun auksion savdolariga chiqarildi.

Tadbirkorlarga sotish uchun auksion savdolariga chiqarilgan yer uchastkalari tuman (shahar)lar kesimida

Andijon t. 96 ta
Baliqchi t. 55 ta
Bo'ston t. 12 ta
Buloqboshi t. 14 ta
Jalaquduq t. 187 ta
Izboskan t. 36 ta
Ulug'nor t. 8 ta
Oltinko'l t. 5 ta
Asaka t. 173 ta
Marhamat t. 53 ta
Shaxrixon t. 31 ta
Paxtaobod t. 62 ta
Xo'jaobod t. 116 ta
Qo'rg'ontepa t. 211 ta
Andijon sh. 14 ta
Xonobod sh. 5 ta

Yer uchastkasini
e-auksion.uz sayti orqali sotib olishingiz mumkin

Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi axborot xizmati

Telegram|Instagram|Twitter|Facebook| You tube | Tik Tok
#Andijon #Kadastr #Seminar #Qaror_ijrosi

Qaror ijrosi yuzasidan Andijon viloyatida o'quv seminar tashkil etildi.

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining mas'ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 200-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida boshqarmaning dasturga mas'ul tegishli idora xodimlari uchun o'quv seminar tashkil etildi.

💠 Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlari, tartib qoidalari va ahamiyali jihatlarini soha vakillariga yetkazish maqsadida tashkillashtirilgan yig‘ilish davomida soha vakillari amalga oshirilgan ishlar va bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar haqida kelishib olindi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#TAYINLOV

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasining "Yer va kadastr nazorati" bolimi bosh mutaxassisi lavozimiga Shomirzaev Srojiddin Shukuraliyevich tayinlandi.

Srojiddin Shukuraliyevich tayinlovdan oldin "O'zdavyerloyiha" DILI Andijon viloyati bo'linmasida bo'lim boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi jamoasi Srojiddin Shukuraliyevichni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

📢 Kadastr agentligi Andijon viloyat boshqarmasining tuman va shahar bo'limlarida mavjud bo'sh ish o'rinlari

- Baliqchi tuman bo'limi yetakchi inspektor

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Live #manaviyat_soati #kadastr_boshqarmasi #Andijon_viloyati

Kadastr agentli hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi хodimlari ishtirokida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlangan "Siyosiy-ma'rifiy" o'quv soatida ishtirok etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok