ANDIJON KADASTR
1.43K subscribers
7.52K photos
878 videos
6 files
4.99K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#OAV_biz_haqimizda #Siyosiy_soat

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari xodimlari "Siyosiy_ma'rifiy" soatda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Mazkur tadbir Andijon TRKning ANDIJON AXBOROTI informatsion dasturida.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Andijon #Kadastr #yer_nazorati

Аndijonda 16,5 gektar yer maydonlari o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

🏢 Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan Yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari natijasida joriy yilning o'tgan davri mobaynida 251 ta holatdagi 16,54 gektar yer maydonlari oʼzboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

📊 Yuqoridagi oʼzboshimchalik bilan egallab olingan 16,54 gektar yer maydonlarining turlari bo'yicha tahlil qilinganda;

💠 119 ta holatda 10,02 gektari qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar;

💠 113 ta holatda 2,25 gektari aholi punkti yerlari;

💠 2 ta holatda 0,2 gektari sanoat, transport, mudofa yerlari;

💠 8 ta holatda 0,3 gektari suv fondi yerlari;

💠 9 ta holatda 3,6 gektari zaxira yerlari hisobidan egallab olinganligi aniqlandi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Andijon #Kadastr #korrupsiyagaqarshikurash

Korrupsiya - jamiyat rivojlanishini ortda qoldiradi.

Avval xabar berganimizdek kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash, korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🏢 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasining Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi G‘.Odilov tomonidan muntazam ravishda targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlarni amalga oshirirsh uchun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xo'jaobod tuman bo‘limida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Hududlarda o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlarda, xodimlarning ishga o‘z vaqtida kelishlari, ichki tartib qoidalarga amal qilish, xizmat xonasida va kompyuterlarida ish faoliyatiga xalaqit qilishi mumkin bo‘lgan turli xil materiallar, ortiqcha buyumlar saqlamaslik hamda kadastr muhandislarining korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymasliglari uchun tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Telegram Instagram
#OAV_biz_haqimizda #sayyor_qabul #Xalq_bilan_birga

Sayyor qabul davomida 2 nafar fuqaroning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi.

⚜️ Xabaringiz bor, aholi muammolarini o'rganish hamda ularni bartaraf etish maqsadida Andijon viloyatiga poytaxtdan Respublika ishchi-guruhi kelgan edi. Bo'ston tumanida bo'lib o'tgan sayyor qabul davomida 2 nafar fuqarolarning murojaatlari Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi mas'ullari tomonidan joyini o'zida ijobiy hal etildi.
Ya'ni Bo'ston tumanidagi R.Abduraximova hamda Izboskan tumanidagi O.Sodiqovalarning yashash honadonlariga kadastr hujjatlari tayyorlab berildi.

Batafsil:📹 06:10
O'zbekiston 24 MTRKning AXBOROT 24 informatsion dasturida.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#Vakant_kadastr #Andijon

🔻Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qiladi:

🔸Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining tuman bosh muhandislari:

-
Andijon tumani filiali bosh muhandisi;

- Jalaquduq tuman filiali bosh muhandisi;

🔸Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining Xo'jalik hisobi bo'limida:

Xonobod shahar filialida Xo'jalik hisobi yetakchi mutaxassisi;

❗️Hujjatlar 2022-yil 21-maygacha qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.

🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

Telegram Instagram Twitter Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

YER BILAN BOG'LIQ KORRUPSIYA VA TAMAGIRLIK HOLATLARIGA DUCH KELSANGIZ HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIGA YOKI KADASTR
AGENTLIGINING 1097 QISQA RAQAMIGA MUROJAAT QILING!

FIRIBGARLAR TUZOG'IGA TUSHIB QOLMANG!

Telegram Instagram Twitter Facebook
Товар-хомашё биржасида савдоларни ва унда маҳаллий корхоналар иштирокини кенгайтириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Давлатимиз раҳбари маҳаллий маҳсулотларни биржага қўйишда туманларни фаоллаштириш зарурлигини таъкидлади. Бу борадаги тартиб соддалаштириладиган бўлди.
Биржада экспорт-импорт маҳсулотлари савдоси ҳажмини ошириш масаласига ҳам алоҳида эътибор қаратилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по расширению торгов на товарно-сырьевой бирже и участия в них местных предприятий.
Глава государства поставил задачу активизировать участие районов в выставлении местных товаров на биржу. Определены меры по упрощению этой процедуры.
Особое внимание уделено увеличению объемов экспортно-импортных торгов на бирже.

#Mirziyoyev #videoselektor #birja #savdo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#live #sayyor_qabul

Baliqchi tumanidagi fuqarolarning muammolari mahallalarga borib joyida hal etilmoqda.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarining Baliqchi tuman bo'limi boshlig'i B.Raximov hamda filial bosh muhandisi D.Teshaboyevlar tomonidan Baliqchi tumanining Oqtepa va Siza mahalla fuqarolari yig'inlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib ularni kadastr sohasida qiynab kelayotgan muammolarini hal etish maqsadida tasdiqlangan reja-grafikka asosan joriy yilning 13-may kuni sayyor qabul o'tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar o'zlarini qiynab kelayotgan muammolari yuzasidan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'ldi. Yo'llangan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi.

Bunday sayyor qabullarni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad fuqarolar hamda tadbirkorlarni kadastr sohasidagi muammolarni tezkorlik bilan hal etish asosiy vazifa etib belgilab olingan.

Sayyor qabullar viloyatning boshqa hududlarida ham o'tkazilishi rejallashtirilgan.
Hurmatli Andijon viloyati Bo`ston tumani Gulshan MFY fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Andijon viloyati Bo
`ston tumani Gulshan MFYda sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 19-may kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Bo`ston tumani bo`limi boshlig'i Raximov Jamoldin Nasirdinovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Andijon viloyati Bo`ston tumani Gulshan MFY binosi.

🔰Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Туман ҳокимлиги
матбуот хизмати
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube