ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.39K photos
863 videos
6 files
4.9K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Ochiq_tanlov #ARGOS #Andijon_kadastr

Shaffoflik va ochiqlik bor joyda korrupsiya illati aralashmaydi.

Joriy yilning 1 aprel kuni Kadastr agentli Andijon viloyati boshqarmasi Baliqchi tuman bo‘limining yetakchi inspektori lavozimiga ochiq tanlov eʼlon qilingan edi.

Mazkur bo‘sh ish o‘rniga 5 nafar nomzod vacancy.argos.uz sayti orqali maʼlumotlarini (rezyume) topshirib belgilangan malaka talablarga to‘g‘ri kelgan 1 nafar nomzod Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi viloyat filialining test sinovlaridan qoniqarli o‘tganligi sababli, ushbu nomzod boshqarmaning ishga qabul qilish komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tkazilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube
▫️Yerlarni xususiylashtirishdagi masalalar▫️

Bugun, «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 71-son qarori bo‘yicha tizimda qilinayotgan ishlar tahlil qilindi.

Yiig‘ilishda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari qatnashib, bu yo‘nalishdagi belgilangan vazifalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.

#DavKadastrPalata #xususiylashtirish #qaror

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Агентликлар ишонч телефонлари ҳамда телеграмдаги қайта алоқа ботлари

🔸Миллий антидопинг агентлиги
Ишонч телефони +998951995501

🔸Кадастр агентлиги
Ишонч телефони 1097
Телеграм бот: @ygkuzbot

🔸Интеллектуал мулк агентлиги
Ишонч телефони 71-232-50-54
Телеграм бот: @ima_monitoring_bot

🔸Давлат хизматлари агентлиги
Ишонч телефони 1148
Телеграм бот: @dxa_murojaat_bot

🔸Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги
Ишонч телефонлари:
71 202 33 55, 71 200 00 61 ёки 1282 қисқа рақами
Моддий ёрдам олиш учун: www.birgamiz.com
Маслаҳат олиш учун: consalting.labormigration.uz

🔸Фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги
Ишонч телефони (71) 203 27 77
Телеграм бот: @kommunaluzb

🔸Атом энергетикасини ривожлантириш агентлиги
Ишонч телефони 71 203 66 55

🔸Стратегик ривожланиш агентлиги
Ишонч телефони 71 203 03 08

🔸Президент таълим муассасалари агентлиги
Ишонч телефони (71) 207 40 48
🔹Агентликнинг таълим муассасаларига қабул пайти ишлайдиган call-марказ рақами - 1206
🔹Агентликнинг таълим муассасаларига қабул пайти ишлайдиган қайта алоқа телеграм боти: @piimasavollar_bot

🔸Давлат активларини бошқариш агентлиги
Ишонч телефони 1082
телеграм-бот: @Davaktivuz_bot

🔸 “Ўзархив” агентлиги
Қайта алоқа боти
Ягона телефон рақами (55)-50-301-50

🔸Ёшлар ишлари агентлиги
Ишонч телефони 1093
телеграм-бот: @yoshlarmurojaati_bot

🔸Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш агентлиги
Ишонч телефони 1159
телеграм-бот: @istemolchigovuz_bot

https://t.iss.one/Rasmiy_xabarlar_Official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕑Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 11 – 15 aprel kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#faoliyat #boshqarma #palata
⚡️BOSHQARMA FAOLIYATI BILAN TANISHING

🏢Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmasi faoliyati bilan qisqacha tanishishingiz mumkin.

🔹Viloyatning 16 ta tuman va shaharlaridagi filiallari aholiga xizmat qilib kelmoqda.

🔹Boshqarma o‘z faoliyatini haftaning dushanba kunidan juma kunigacha soat 8.00 dan 17.00 ga qadar amalga oshiradi.

📍Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Andijon shahar A.Temur shox ko‘chasi 7-uyda joylashgan.

☎️Murojaat uchun telefon: (74) 224-20-25

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Кадастр агентлиги Миллий географик ахборот тизимини юритишда ваколатли орган сифатида белгиланмоқда.

Олий Мажлис Қонунчилик палатасидаги “Миллий тикланиш” демократик партияси фракциясининг йиғилиши бўлиб ўтди. Унда дастлаб, “Давлат кадастрлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш ҳақида”ги қонун лойиҳаси кўриб чиқилди.

Қонун лойиҳасида Кадастр агентлиги Миллий географик ахборот тизимини юритишда ваколатли орган сифатида белгиланмоқда. Шунингдек, давлат кадастрлари ягона тизимига киритиладиган давлат кадастрларининг ахборотини тақдим этиш тартиби Вазирлар Маҳкамаси томонидан белгиланиши назарда тутилмоқда.


БАтафсил: ®️УзА

Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Andijon

💠 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining tuman va shahar bo'limlarida "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida bo'lib o'tayotgan targ'ibot uchrashuvlari haqida xabar berib borilmoqda.

Joriy yilning 19-aprel kuni agentlik va palataning Bo'ston tumani bo'limi hamda filialida faoliyat yuritayorgan xodimlarni korrupsiya illatiga qarshi murosasiz kurashish borasida Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasining Komplaens-nazorat xozmati bosh mutaxassisi G'.Odilov uchrashuv o'tkazib o'zini tegishli ko'rsatma va tavsiyalarini berib o'tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#rasmiy_munosabat

Ижтимоий тармоқларда эълон қилинган "Андижон вил.Пахтаобод тум. 13 мактаб ичидан аукционда 0.55 га ер майдони сотилган. Бу конунийми? Халк талими вазирлигини розилиги борми?" сарлавҳаси остида мурожаат тарқалди, Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатаси Андижон вилояти бошқармалари мазкур ҳолатни алохида назоратга олганлигини ва мурожаатни ваколат доирасида ўрганиб батафсил маълумот берилишини маълум қиламиз.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Qaror #yer_nazorat_loyihasi #1097

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallash holati bo‘yicha ma’lumot bering.

Аvval xabar berganimizdek Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🇺🇿 Nizomga asosan jamoatchilik nazorati subyektlari maxsus vakolatli davlat organiga yerga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida fotosuratlar, videoyozuvlarni ilova qilgan holda axborot tizimi orqali arizalar va shikoyatlar bilan murojaat qilishi mumkin etib belgilandi.

👥 Jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga taqdim qilingan yerga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videoyozuvlarda sodir etilgan huquqbuzarlik holati, huquqbuzar shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniq aks ettirilishi hamda quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

💠 Videofaylning namoyish etish imkoniyati 720x480 pikseldan kam bo‘lmasligi;

💠
Videoyozuv davomiyligi 30 sekunddan kam bo‘lmasligi va 10 daqiqadan oshmasligi;

💠 Videoyozuv ma’lumotlarida sana va vaqt ko‘rsatilishi.

☑️ Huquqbuzarlik holati aks ettirilgan videoyozuvlarga har qanday tarzda o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi. O‘zgartirish kiritilgan videoyozuvlar ko‘rib chiqilmaydi, hajmini qisqartirish maqsadida videoyozuvning bevosita huquqbuzarlik holati aks ettirilgan qismini kesib olish bundan mustasno.

📹 Huquqbuzarlik holati aks ettirilgan videoyozuvlarni axborot tizimi orqali yuborishda quyidagilar to‘liq ko‘rsatilishi lozim:

Fuqaroning ismi, familiyasi, otasining ismi, doimiy yashash manzili, yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), bank hisobvarag‘i (videoyozuv yuridik shaxs vakili nomidan to‘ldirilganda);
uyali telefon raqami yoki bank plastik kartasi raqami va elektron manzili;

Huquqbuzarlik sodir etilgan joy, sana va vaqt.

📲 Axborot tizimiga kelib tushgan huquqbuzarlik holatlari qayd etilgan videoyozuvlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan uch ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

🔖 Huquqbuzarlik mavjud bo‘lgan taqdirda o‘n ish kuni mobaynida davlat yer nazorati tadbiri o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha murojaatni yuborgan shaxsga bir ish kunida elektron tarzda javob yuboriladi.
Маҳаллабай ишлаш тизими натижадорлигини ошириш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди.
Унда ҳоким ёрдамчилари фаолиятининг дастлабки натижалари кўриб чиқилди. Бир қатор шаҳар ва туман ҳокимларининг ўринбосарлари, сектор бошлиқлари вазифасидан озод қилинди.
Вазияти қониқарсиз деб баҳоланган маҳаллалардаги ҳолатни яхшилаш бўйича кўрсатмалар берилди. Энди ҳар бир маҳалла ихтисослашуви бўйича қўллаб-қувватланиши таъкидланди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам повышения результативности системы работы в разрезе махаллей. На нем рассмотрены первые результаты деятельности помощников хокимов. Заместители хокимов, руководители секторов ряда городов и районов освобождены от должности.
Даны указания по улучшению положения дел в махаллях, ситуация в которых оценена как неудовлетворительная. Отмечено, что каждой махалле будет оказываться поддержка в соответствии с ее специализацией.

#Mirziyoyev #videoselektor #mahalla #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter