ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
860 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Yil boshidan davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil yanvar- fevral oylari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

💠 Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni yil boshidan, umumiy 120 130 tani tashkil etdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#8март_байрами

💐ДУНЁДА ЭНГ АЗИЗ, МУҚАДДАС АЁЛ💐

Елкасида турмуш юкларин тутган,
Тинмаган, ҳаловат сирин унутган.
Гоҳида сабрда минг азоб ютган,
Шукрона руҳидан тўқланган хаёл,
Дунёда энг азиз, муқаддас аёл!

Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатасининг Андижон вилояти бошқармаларида фаолият юритаётган гўзал ва лобар аёл қизларимизни Кадастр агентлиги директорининг биринчи ўринбосари Атабек Валиджанович ZOOM платформаси орқали йиғилиш ўтказиб, тизимда ишловчи эркак ходимлар номидан "8 март - Халқаро хотин-қизлар куни" байрами муносабати билан самимий муборакбод этиб ўзини эзгу тилакларини билдирди ҳамда эсдалик совғалар билан тақдирладилар.
#8mart #bayram_tabrigi

Kimki boqsa ko'zlaringga ziyosan, ayol,
Go'yo gulsan, sertabassum ibosan, ayol
Qoshlaringga, ko'zlaringga nur bersa ham tun,
Dili poku mo'jizakor samosan, ayol!


Assalomu alaykum hurmatli va qadrli hamkasblar aziz va mo'tabar opa singillar sizlarni bugungi 8-mart "Xalqaro hotin-qizlar bayrami" bilan chin qalbdan tizimdagi barcha erkak hamkasblar nomimdan samimiy muborakbod etamiz. Yuzingizdan kulgu labingizdan tabassum hech qachon arimasin.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi jamoasi.

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN AZIZ AYOLLAR!

@andijonkadastr
#8mart

8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tizimida faoliyat yuritayotgan ayol va qizlar uchun bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Batafsil: Andijon TRK lavhasida.
@andijonkadastr
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil fevral oyida jami 7 606 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 95
▫️Andijon viloyati - 241
▫️Buxoro viloyati - 403
▫️ Samarqand viloyati - 127
▫️Sirdaryo viloyati - 223
▫️Surxondaryo viloyati - 1116
▫️Qashqadaryo viloyati - 745
▫️Toshkent shahar - 698
▫️Toshkent viloyati - 1269
▫️Navoiy viloyati - 202
▫️Namangan viloyati - 642
▫️Xorazm viloyati - 663
▫️Jizzax viloyati - 555
▫️ Farg‘ona viloyati - 574
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 53

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #oylik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Kadastr #Andijon #Seminar #Geodeziya_kаrtografiya

Geodeziya va kartografiya sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga o‘quv seminar tashkil etildi.

Kadastr agentligi tomonidan Andijon viloyatida geodeziya va kartografiya sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat yetish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-son qarori, 2022 yil 25 fevraldagi “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 88-son qarori, 2020 yil 14 yanvardagi “Kartografiya va geodeziya materiallarining cheklovchi griflarini belgilash, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratish, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish, hisobga olish va saqlash tartibi hamda geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini taʼminlash bo‘yicha ruxsat berish tartibotlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 22-son hamda 2021 yil 28 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida geodeziya va kartografiya sohasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 395-son qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar, geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishga doir asosiy shartlar hamda talablar yuzasidan profilaktika tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram Twitter Facebook
#OAV_biz_haqimizda

Маълумотларга кўра, бугунги кунда қишлоқларда 70-80 фоиз аҳоли уй-жойининг кадастр ҳужжати йўқ?

Яқинда Андижон вилоятида кадастр ҳужжати йўқ аҳолининг уй-жойи қонуний расмийлаштирилди?

Шу ва бошқа Давлат кадастрлари палатаси тизим ташкилотлари томонидан амалга оширилаётган ишлар юзасидан Палата раиси ўринбосари Р.Нишонов билан УзА журналисти Шахноза Мамтуропова суҳбатлашди.
#Andijon #Kadastr #yer_nazorati

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida joriy yilning o'tgan 2 oyi davomida 80 ta holatda 3,3 gektar yer maydonlari noqonuniy egallab olingani aniqlandi.

Aniqlangan holatlarning 58 tasi joyning o'zida bartaraf etilishi ta'minlandi hamda 12 ta holat yuzasidan noqonuniy qurilishlarni majburiy tartibda buzdirish yuzasidan sud organlariga davo arizalari kiritildi.

Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Live #manaviyat_soati #kadastr_boshqarmasi #Andijon_viloyati

Kadastr agentli hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi хodimlari ishtirokida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlangan "Siyosiy-ma'rifiy" o'quv soatida ishtirok etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube