ANDIJON KADASTR
1.43K subscribers
7.52K photos
878 videos
6 files
4.99K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Аҳоли бандлигини таъминлаш ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Келгуси йилда ҳудудий дастурлар учун қарийб 75 триллион сўм ажратилиши қайд этилиб, бу дастурларни маҳаллалар кесимида бажариш чора-тадбирлари белгиланди.
Президент бундан буён дастурлар вазирликда эмас, маҳаллада шаклланишини, уларни ҳокимларнинг ўзи “маҳаллабай” тамойили асосида ишлаб чиқиши зарурлигини таъкидлади.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам обеспечения занятости населения и сокращения бедности.
Отмечалось, что в следующем году на региональные программы намечено выделить почти 75 триллионов сумов, определены меры по их реализации в разрезе махаллей.
Президент указал, что отныне программы должны разрабатываться не в министерстве, а помощниками хокимов по принципу «махаллабай».

#Mirziyoyev #videoselektor #mahalla #dasturlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Аndijon viloyatida faoliyat yuritayotgan inspektorlar tomonidan 368 mln 774 ming soʼmlik maʼmuriy jarimalar undirildi.

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat olib borayotgan inspektorlar tomonidan koʼchmas mulklarini oʼz vaqtida Davlat roʼyxatidan oʼtkazmaslik holatlari boʼyicha 1 566 ta holatda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ushbu bayonnomalar bilan 485 mln 267 ming soʼmlik maʼmuriy jarimalar qoʼllanildi

Hisobot kuniga qadar 368 mln. 774 ming soʼm miqdoridagi jarimalar undirilishi ta'minlandi.

❗️Eslatib o'tamiz Ma'muriy javobgarlik to'g'risida kodeksning 68-1-moddasi bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik",

- fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari,

- mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram Instagram Twitter Facebook
#rasmiy_munosabat

You tube ижтимоий тармоғида эълон қилинган ЧИНОБОТЛИК ОНА ҚОН ЙИҒЛАМОҚДА ОЛДИНГИ ХОКИМНИ АЙБИМИ БУ ЁКИ КАДАСТОР АГЕНТЛИГИНИ АЙБИМИ БУ сарлавҳаси остидаги берилган мақола юзасидан Давлат кадастрлари палатаси Андижон вилояти бошқармаси мазкур ҳолатни ўрганиб, якуни бўйича батафсил ахборот тақдим этилади.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Forwarded from Kadastr - Live
​​#Kadastr #uzb_qonuni

“Qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʼgʼrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga koʼra, quyidagi yerlar xususiylashtirilishi mumkin:

🔹yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar;

🔹fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar (ilgari YaTTlarning xususiylashtirilishi nazarda tutilmagan);

🔹xususiylashtiriladigan davlat obʼektlari joylashgan yerlar (ilgari bu ruxsat berilmagan);

🔹boʼsh turgan yerlar.

Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

🔺umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʼlgan yerni sotib olish;

🔺yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

Xususiylashtirishdan tushadigan mablagʼlar Davlat byudjetiga yoʼnaltiriladi (ilgari Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʼarmasiga yoʼnaltirilgan).

Ariza DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

Аriza koʼrib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.

Salbiy qaror asoslantirilgan shaklda boʼlishi shart.

Quyidagilar xususiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

🔶xususiylashtirish uchun asos mavjud emasligi;

🔶yerga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;

🔶yerda joylashgan koʼchmas mulkka qoʼyilgan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;

🔶aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti loyihalarida xususiylashtirishga monelik qiladigan maʼlumotlarning mavjudligi;

🔶davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʼyish toʼgʼrisida qaror mavjudligi;

🔶xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda oʼzga shaxsga oʼtkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;

🔶arizada notoʼgʼri, bir-biriga zid boʼlgan yoki buzib koʼrsatilgan maʼlumotlar aniqlanganligi;

🔶xususiylashtiriladigan yer puli toʼlanmaganligi.

Xususiylashtirishni boshqa sabablarga koʼra rad etishga yoʼl qoʼyilmaydi.

💻Boʼsh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auktsion orqali xususiylashtiriladi.

Yerga boʼlgan mulk huquqi uchun davlat orderi yer uchun toʼlov qilinganidan soʼng 1 ish kunida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi.

📌Quyidagi holatlarda xususiylashtirilgan yerni mulkdordan olib qoʼyish mumkin:

🔷yerga ijro hujjatlari boʼyicha undiruv qaratilganda;

🔷yer davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun sotib olinganda (egasining yozma roziligi bilan);

🔷yer musodara qilinganda;

🔷yer rekvizitsiya qilinganda (epidemiya, tabiiy ofat vaqtida).

Xususiylashtirilgan yerni natsionalizatsiya (haq evaziga davlat ixtiyoriga oʼtkazish) qilish Qonundan chiqarib tashlandi.

(OʼRQ–728-son, 15.11.2021 y.).

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
«ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2021»

(I Жамоатчилик сўровномаси)

«2021 ЙИЛНИНГ ЭНГ НАМУНАЛИ ДАВЛАТ ВА ЖАМОАТ ТАШКИЛОТИ»

2021 йилда фаол ишлаган, халққа энг яқин бўлган, аҳолининг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган «2021 ЙИЛНИНГ ЭНГ НАМУНАЛИ ДАВЛАТ ВА ЖАМОАТ ТАШКИЛОТИ»ни аниқланг!

Қайси ДАВЛАТ ВА ЖАМОАТ ТАШКИЛОТИ жорий йилда қандай ишлаганини сизнинг эътирофингиз аниқлаб беради.

Ушбу сўровнома орқали ҳар бир ташкилот раҳбарлари ва матбуот котиблари фаолиятига ҳам баҳо берилади.

(Танлов ҳақида батафсил)

Эслатма: Давлат ва жамоат ташкилотларининг номлари қисқартма шаклида берилган.

➡️ ОВОЗ БЕРИНГ ВА ФИКР БИЛДИРИНГ ⬅️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #kadastr_boshqarmasi #Bayroq_qabul_qilingan_kun

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi Qonun tasdiqlanganiga bugun 30 yil to‘ldi.

Ko‘kda hilpirar mag‘rur, O‘zbekiston bayrog‘i

Dillarga solar g‘urur, O‘zbekiston bayrog‘i

“O‘z bayrog‘im” deb xalqim, dilda qilar iftixor

Undagi har bir rangning, o‘z ramzi, maʼnosi bor.
ДИҚҚАТ ЭЪЛОН❗️

Ҳурматли ОАВ ходимлари, журналистлар, блогерлар, веб-сайтлар админлари, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ва вилоятдаги бошқарма, ташкилот ва муассасалар ахборот хизматлари раҳбарлари!

2021 йил 19 ноябрь куни Кадастр агентлиги Андижон вилояти бошқармаси ҳамда вилоят Ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси ҳамкорликда Пресс тур ташкил этмоқда.

🔰Унда, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 13 август кунги 520-сонли қарорига асосан Асака ва Шаҳрихон туманларида ўтказилаётган хатлов жараёнлари тўғрисида маълумот берилади.

Шунингдек, Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатаси вилоят бошқармалари томонидан амалга оширилаётган ишлар юзасидан ҳудудларга чиққан ҳолда ахборот берилади.

📣 Мазкур Пресс турга барча босма ва электрон ОАВ вакиллари, блогерлар, веб-сайтлар админлари, журналистлар, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ва вилоятдаги бошқарма, ташкилот ва муассасалар ахборот хизматлари раҳбарлари таклиф этилади.

⬇️ Маълумот учун:

@Andkadbot

📲+998-97-236-90-10, +998-33-110-22-11

🏣Жойи: Андижон.ш А.Навоийшох кўчаси
(Савло-саноат палатаси Андижон вилояти бошқармаси 3-қават 305-хона).

Санаси ва вақти: 2021 йил 19 ноябрь, соат 10:00
Xatlov jarayonlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

💠Avval habar berganimizdek Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev va o'rinbosari R.Nishonovlar Asaka va Shahrixon tumanlarida amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlarini o'rganib chiqmoqda.

💠 Palata raisi o'rinbosari R.Nishonov xatlov jarayonlari yakunlangan mahallalardagi ko‘chmas mulk obyektlarining ArcGIS dasturi orqali geoaxborot bazasiga birma-bir tushirilishini ko'zdan kechirib, xato va kamchiliklarga yo'l qo'yayotgan xodimlarga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar bermoqda.

💠 Shuningdek, Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlaridan iborat tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan egalik huquqi tasdiqlangan honadonlarga ko'chmas mulklarini davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha xabarnomalar tarqatilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
◻️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati mas'ul vakillari tomonidan Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanida aholi turar joylarni yalpi xatlovdan o'tkazish borasida qator ishlar amalga oshirilgan.

▫️ Qayd etish kerakki, bugungacha umumiy 102 771ta ko‘chmas mulk ob’ektlari, hamda 141 MFYlari xatlovdan o‘tkazildi.

📊Ushbu ma'lumotda siz, xatlov ishlarining ayni kungacha bajarilgan xolatining tumanlar kesimidagi ko'rsatkichlari bilan tanishasiz.


#DavKadastrPalata #Andijon #Asaka #Shahrixon #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
#Live #kadastr_boshqarmasi #xatlov_2021 #press_tur

Avval xabar berganimizdek, Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan xatlov ishlari yuzasidan bo'lib o'tishi rejalashtirilgan press-tur bo'lib o'tmoqda.

Qisqacha hisobot yakunlangandan so'ng Asaka tumanida amalga oshirilayotgan xatlov ishlar bilan tanishish uchun boriladi.
#Live #kadastr_boshqarmasi #xatlov_2021 #press_tur

Asaka tumani 51 mingdan ziyod ko'chmas mulklar qayta xatlovdan o'tkazildi - Davlat kadastrlari palatasi Asaka tumani filiali rahbari Sh.Alimqulov