ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.88K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Farmon_ijrosi #Andijon_viloyati #seminar #Davlat_tili

Davlat tili mavqeyi va nufuzini oshirish bo'yicha amaliy o'quv-seminar bo'lib o'tdi.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasida “O‘ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI NUFUZI VA MAVQEYINI TUBDAN OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi PF-5850-sonli Farmoni hamda Kadastr agentligining 2021-yil 6-avgust kungi 244-23-sonli buyrug'ini ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti bilan hamkorlikda “Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish” bo‘yicha amaliy o‘quv-seminari bo‘lib oʼtdi.

O'quv seminar yakunida mutaxassislar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Andijon #xatlov #Asaka #Shahrixon

Asaka hamda Shahrixon tumanlari aholisi diqqatiga!

Yashab turgan xonadoningizning egalik huquqini tasdiqlovchi kadastr hujjatlari yo'qmi?

Batafsil: 🎥
#OAV_biz_haqimizda #Andijon #xatlov #Asaka #Shahrixon #UzA

Асака ҳамда Шаҳрихон туманларидаги 10 минг 703 гектар ер майдонида жойлашган 112 минг 315 та турар-жой қайта хатловдан ўтказилмоқда.

®️UzA
Raqamlashtirish – rivojlanishning muhim omili

Davlat rahbarining Oliy Majlisga 2020 yilgi Murojaatnomasida “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʼlidan borish imkoniyatini beradi”, - deya taʼkidlab, kelasi besh yil ichida raqamli iqtisodiyotga oʼtish vazifasini qatʼiy maqsad sifatida belgilab bergan.

Hamma sohalarda boʼlgani kabi kadastr sohasida ham raqamlashtirish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda, jumladan: qishloq xoʼjaligi yer maydonlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish orqali qishloq xoʼjaligi yer maydonlarini raqamlashtirilishi taʼminlanmoqda.

Joriy yilning oʼtgan davri mobaynida Andijon viloyatida 7 624 ta qishloq xoʼjaligi yerlaridan foydalanuvchilar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar ArcGIS dasutriga kiritilib maxsus dasturga yuklandi hamda 7 195 tasi Davlat roʼyxatidan oʼtkazilishi taʼminlandi.

Sohada raqamlashtirish ishlari davom ettirilmoqda

Telegram Instagram Facebook You tube
#Huquqiy_asoslar #Bino_inshootlar

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish axborot tizimlari orqali quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

🔹1-bosqichbinolar va inshootlarning texnik ko‘rsatkichlarini o‘lchash vositalari orqali aniqlash va axborot tizimida hisobga olish;

🔹2-bosqich obyektlarni chizmada joylashtirib, raqamli kadastr rejasini tuzish;

🔹3-bosqicholdingi bosqichlarda olingan maʼlumotlarni hisobga olgan holda, maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish yoki mavjud maʼlumotlarni yangilash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyun saanasidagi 389-son qarori

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Kadastr - Live
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligida Davlat ro`yxatiga olish, kadastr va kartografiya federal xizmati rahbari Oleg Skufinskiy boshchiligidagi 🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasining tashrifi bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorat

Аndijonda fuqarolar tomonidan 13,3 gektar yer maydonlarida uy-joy qurish uchun noqonuniy egallab olinganligi aniqlandi.

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat koʼrsatayotgan yer va kadastr nazorati inspektorlar tomonidan oʼtkazilayotgan xatlovlar natijasida joriy yilning
22 sentyabr holatiga yerlarni oʼzboshimchalik bilan egallab olish boʼyicha 716 ta holatdagi 105,5 gektar yer maydonlari aniqlandi.

Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan 105,5 gektar yer maydonlari turlari boʼyicha tahlil qilinganda;

🏠 13,7 gektari yoki 13,0 foizi uy-joy qurish uchun;

🏪 9,1 gektari yoki 8,6 foizi noturar joy qurish uchun;

🏞 12,2 gektari yoki 11,6 foizi tomorqa sifatida foydalanish uchun;

🦈 51,6 gektari
yoki 49,0 foizi baliq xovuz qurish uchun;

🌫 18,8 gektari yoki 17,8 foizi boshqa maqsadlarda egallab olingan

Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan 105,5 gektar yer maydonining
- 61,7 gektari ekin yeri,
- 14,4 gektari koʼp yillik daraxtzorlar oʼrni,
- 29,3 gektari boshqa turdagi yerlarni tashkil etmoqda.

Oʼzboshimchalik bilan egallangan 716 ta holatning
115 ta yerqonunbuzilish holatlari joyida bartaraf etilishi taʼminlandi.

Hurmatli fuqaro va tadbirkorlar yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish yoki maqsadsiz va samarasiz foydalanish, noqonuniy qurilishlar qilish holatlari aniqlangan taqdirda O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 16 avgust kungi O'RQ-708-sonli Qonun bilan "Ma'muriy javobgarlik va Jinoiy javobgarlik to'g'risida"gi kodekslariga keskin choralar ko'rish bo'yicha yangi moddalar kirirtilganligini yana bir bor eslatib o'tamiz
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #memarandum #xalqaro_uchrashuv

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Rossiya Federatsiyasi Davlat ro‘yxatiga olish, kadastr va kartografiya federal xizmati (Rosreestr) o‘rtasida “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Andijon #Kadastr #Korupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiya-jamiyat kushandasi.

Hozirgi globallashuv zamoni, mintaqalar va davlatlararo integratsiya jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya barcha mamlakatlarda ham qator muammolarni keltirib chiqarib, jamiyatni ich-ichidan yemirib, parokanda qilib tashlash xavfini solmoqda. Binobarin, bugun kattami-kichikmi, boymi-kambagʼalmi, qudratlimi-kuchsizmi bironta davlatni korrupsiyadan Рoli hudud, deb aytolmaymiz.

BMT va Xalqaro valyuta jamgʼarmasining maʼlumotlariga koʼra, jahon iqtisodiyoti korrupsiya tufayli yiliga 1,5-2,6 trillion dollargacha zarar koʼrmoqda.
Shu bois mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, barcha soxalar singari Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi tomonidan ham karupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha tizimli ishlar tashkil etib kelinmoqda.

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va viloyatimizda faoliyat koʼrsatayotgan tadbirkorlar, agarda Sizlarda soxa xodimlari tomonidan yer maydoni ajratib berish, kadastr hujjatlarini toʼgʼridan-toʼgʼri tezroq tayyorlatib berish hamda kadastr toʼlovlarini arzonlatib berish va boshqa shu kabi korrupsion holatlar aniqlansa zudlik bilan boshqarmaning ishonch telefoni ☎️74-224-20-25 yoki @Andkadbot telegram botiga hamda boshqarmaning Komplaens nazorati xizmati xodimining
📞 97-999-38-86
raqamiga murojaat qilishlaringiz soʼraladi.

🚷Boshqarma maʼmuriyati tomonidan Sizlarni shaxsiy maʼlumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Unutmaylik korrupsiya illatiga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir
.
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Йирик инвестиция лойиҳасини амалга ошириш учун энг яхши таклифлар танлаб олинади

Ҳукумат қарори (592-сон, 21.09.2021 й.) билан Йирик инвестиция лойиҳасини амалга ошириш учун энг яхши таклифни танлаб олишнинг маъмурий регламенти тасдиқланди.

💰 Маъмурий регламентга кўра, йирик инвестиция лойиҳаси дейилганда қиймати камида 10 миллион АҚШ доллари эквивалентидаги инвестиция лойиҳаси тушунилади.

☑️ Лойиҳани амалга ошириш учун энг яхши таклифлар Ташқи савдо, инвестициялар, маҳаллий саноатни ривожлантириш ва техник жиҳатдан тартибга солиш масалалари бўйича Ҳукумат комиссияси томонидан танлаб олинади.

🔰 Лойиҳа доирасида:

қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ерларда – фақат қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқариши учун қишлоқ хўжалиги мақсадларида;

қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ерларда – қонунчилик билан тақиқланмаган ҳар қандай фаолиятни амалга ошириш мумкин.

⚠️ Якка тартибдаги уй-жой ва кўп квартирали уйлар қурилишини назарда тутувчи лойиҳалар йирик инвестиция лойиҳаси ҳисобланмайди ва кўриб чиқилмайди.

Танланган ерга бўлган ҳуқуқнинг бозор қийматидан кам қийматдаги йирик инвестиция лойиҳаси бўйича таклифлар кўриб чиқилмайди.

🖥 Бўш турган ер участкаси бўйича ҳужжатлар йиғма жилди Кадастр агентлигининг Давлат кадастрлари палатаси томонидан “YERELEKTRON” AAT орқали тайёрланади.

📝 Талабгор йирик инвестиция лойиҳасини амалга ошириш бўйича фақат ДХМ ва ЯИДХП орқали ариза билан мурожаат этади.

💰 Ариза ДХМ орқали тақдим этилганда БҲМнинг 1 баравари (270 минг сўм) миқдорида йиғим ундирилади.

🌐 ЯИДХП орқали мурожаат этилганда бу миқдор 243 минг сўмни ташкил этади.

Ишчи орган (Инвестициялар ва ташқи савдо вазирлиги) ариза ва ҳужжатларни 3 иш куни ичида кўриб чиқади.

🔎 Камчиликлар аниқланмаса, лойиҳа Ҳукумат комиссиясига киритилиб, 10 иш кунида концептуал жиҳатдан кўриб чиқилади.

📌 Лойиҳани амалга ошириш мақсадга мувофиқ деб топилган тақдирда, Давлат кадастрлари палатасига бўш турган ер участкасини аниқлаш бўйича сўров юборилади.

🔄 Давлат кадастрлари палатаси сўров келиб тушган кундан бошлаб 20 иш куни ичида электрон шаклда ер участкаси бўйича ҳужжатлар йиғма жилдини тайёрлайди ҳамда ваколатли ташкилотлар билан келишилади.

📲 Йирик инвестиция лойиҳасига муқобил таклифлар Ишчи органнинг расмий веб-сайтида эълон берилган кундан бошлаб 60 кун давомида (60-кун соат 24:00 гача) қабул қилинади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2021 yilning oʼtgan davri mobaynida jami 716 ta holatda 105,5 gektar yer maydoni oʼzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.

Аniqlangan yerqonunbuzilishlarning 115 ta holatda 4,4 gektar yer maydonidagi holat bartaraf etildi.

601 ta holatda 101,1 gektar yer maydoni bartaraf qilish jarayonida.

Yer va kadast nazorati inspektorlari tomonidan nazorat ishlari davom ettirilmoqda.

Hurmatli fuqaro va tadbirkorlar yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish yoki maqsadsiz va samarasiz foydalanish, noqonuniy qurilishlar qilish holatlari aniqlangan taqdirda O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 16 avgust kungi O'RQ-708-sonli Qonun bilan "Ma'muriy javobgarlik va Jinoiy javobgarlik to'g'risida"gi kodekslariga keskin choralar ko'rish bo'yicha yangi moddalar kirirtilganligini yana bir bor eslatib o'tamiz.

Telegram|Instagram|Twitter|Facebook| You tube | Tik Tok
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Кадастр агентлиги фаолияти такомиллашмоқда
#22sept #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining 2021 yil 16 avgust kuni qabul qilingan O'RQ-708-sonli Qonun bilan quyidagi jazo turlari belgilandi.

Sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish;

Bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:
a) yerlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa,

Bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:
a) yerlarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa

Muayyan huquqdan mahrum qilib, sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u yer uchastkasining qaytarilishini hamda yerning qishloq xo‘jaligi oborotiga kiritilishini ta’minlasa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Forwarded from Kadastr - Live
#Prezident #Kadastr #Xalq_bilan_birga #Tashkiliy_nazorat

Ижобий ҳал бўлган мурожаатлар ҳудудлар кесимида:

Қорақалпоғистон Республикаси - 375 та
Андижон вилояти - 579 та
Бухоро вилояти - 685 та
Жиззах вилояти - 578 та
Қашқадарё вилояти - 963 та
Навоий вилояти - 214 та
Наманган вилояти - 470 та
Самарқанд вилояти - 761 та
Сурхондарё вилояти - 1 280 та
Сирдарё вилояти - 316 та
Тошкент вилояти - 945 та
Фарғона вилояти - 1 311 та
Хоразм вилояти - 641 та
Тошкент шаҳар - 384 та

Telegram Instagram YouTube Facebook