ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.88K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Бугун пойтахтимиздаги Миллий матбуот марказида «Энг улуғ, энг азиз» анъанавий кўрик танловининг республика босқичи ғолиб ва совриндорларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.

👉 Батафсил
_______________

https://t.iss.one/aoka_uz
Andijon viloyatida 2 731 ta bo'sh yer uchastkalari auksion savdolariga taqdim etildi.

Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining tuman (shahar) filiallardagi mutaxassislari tomonidan joriy yilning 16 sentyabr holatiga 6 151 ta bo'sh yer uchastkalari "Yerelektron" AATga kiritildi hamda "E-IJRO Auksion" savdo maydonchasi orqali 1 358 ta bo'sh yer maydonlari tadbirkorlar uchun sotildi.

Bundan tashqari 1 373 ta bo'sh yer uchastkalari auksion savdo maydonchasining mana bu manzilida ko'rishingiz mumkin.

Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi axborot xizmati

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Xalqaro_loyihalar #Jahon_banki

🌐Jahon banki ishtirokidagi "Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish" loyihasi doirasida kadastr hujjatlarini raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔹Respublika bo'yicha mavjud kadastr hujjatlari
- 7 882 280 ta

🔹Respublika bo'yicha tizimga ulangan tumanlar soni
- 203 ta

🔹Raqamlashtirilgan kadastr hujjatlari
- 7 343 689 ta

🔹Foiz ko'rsatkichda
- 92%


(2021-yil 16-sentabr holatiga)

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram | Facebook
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Kadastr_xizmatlari

2021 yil sentabr oyi holatiga holatiga 🏢 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan Respublika kesimida 🧑🏻‍💻 Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va 💻 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali Kadastr xizmati bilan bog‘liq 720 348 ta xizmat ko‘rsatilgan.

Jumladan:

📄 fuqaroning nomida shaxsiy turar joyi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha 39 570 ta;

📝 bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 620 ta;

📗 ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 344 438 ta;

🏠 turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumot berish 175 ta;

💳 kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha 206 011 ta xizmatlar ko‘rsatilgan.
#Andijon #yer_nazorati

Andijonda noqonuniy qurilishlar bartaraf etilmoqda

Kadastr agentligi Andijon tumani bo'limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumanning Cho'lpon massivi hududidagi 610-konturda joylashgan qishloq xo'jaligida foydalaniladigan
0,10 gektar yer maydoni fuqaro B.A tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

Mazkur yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olgan fuqaroga bo'lim tomonidan 30-avgust kungi 01/07-583-05-sonli ogoxlantirish xati berilib, noqonuniy egallab olingan yer maydoni fuqaro hisobidan bartaraf etilishi ta'minlandi.

Hurmatli fuqaro va tadbirkorlar yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish yoki maqsadsiz va samarasiz foydalanish, noqonuniy qurilishlar qilish holatlari aniqlangan taqdirda O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 16 avgust kungi O'RQ-708-sonli Qonun bilan "Ma'muriy javobgarlik va Jinoiy javobgarlik to'g'risida"gi kodekslariga keskin choralar ko'rish bo'yicha yangi moddalar kirirtilganligini yana bir bor eslatib o'tamiz
#kadastr #yer_nazorati #Andijon

Кадастр агентлиги Андижон вилояти бошқармасининг ер ва кадастр назорати инспекторлари томонидан 2021 йилнинг ўтган даври мобайнида жами 712 та ҳолатда 105,5 гектар ер майдони ўзбошимчалик билан эгаллаб олингани аниқланди.

Аниқланган ер қонун бузилиш холатларинг 82 та ҳолатда 2,9 гектар ер майдонидаги ҳолат бартараф этилди.

630 та ҳолатда 102,6 гектар ер майдони бартараф қилиш жараёнида.

Telegram|Instagram|Twitter|Facebook| You tube | Tik Tok
#Prezident_Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-sonli Farmoniga asosan;

Telegram|Instagram|Twitter|Facebook| You tube | Tik Tok
Forwarded from Kadastr - Live
#TABRIKLAYMIZ

🎉 Bugun 16-sentabr O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori Umarov Fazliddin Karimovichning tavallud kunlari!


Shu munosabat bilan, Sizni agentligimizning oilasi nomidan samimiy qutlaymiz. Sizga mustahkam salomatlik va bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat tilaymiz. Agentlikda Siz boshchilik qilib turgan barcha ishlar ulkan muvaffaqiyatga erishishiga ishonamiz. Omad xamisha Sizga yo’ldosh bo‘lsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
🔰 17 сентябрь, жума куни ўтказилиши режалаштирилган брифинглар:

〰️〰️〰️
● Мавзу: Шартномавий муносабатларни янада такомиллаштиришга оид Президент фармони хусусида
● Вақти: 11:00
● Иштирок этади: Севара Ўринбоева, Адлия вазирлиги ахборот хизмати раҳбари

〰️〰️〰️
● Мавзу: Кадастр агентлиги фаолияти билан боғлиқ долзарб масалалар юзасидан
● Вақти: 14:00
● Иштирок этади: Неъмат Атамуратов, Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари

〰️〰️〰️
ОАВ ходимлари таклиф этилади.

https://t.iss.one/aoka_uz
Аndijon viloyatida joriy yilning oʼtgan davri mobaynida 377 mln 622 ming soʼmlik maʼmuriy jarimalar qoʼllanildi.

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat olib borayotgan inspektorlar tomonidan koʼchmas mulklarini oʼz vaqtida Davlat roʼyxatidan oʼtkazmaslik xolatlari boʼyicha 1 532 ta holatda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ushbu bayonnomalar bilan 377 mln 622 ming soʼmlik maʼmuriy jarimalar qoʼllanildi

Xisobot kuniga qadar 213 mln. 245 ming soʼm miqdoridagi jarimalar undirilishi taminlandi.

❗️Eslatib o'tamiz Ma'muriy javobgarlik to'g'risida kodeksning 68-1-moddasi bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik", —
- fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari,
- mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram|Instagram|Twitter|Facebook| You tube |
#Kadastr #qaror_ijrosi #Davlat_kadastrlari_palatasi #Andijon_viloyati #Shahrixon #Asaka #xatlov

🔰Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 avgust kungi 520-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Asaka hamda Shahrixon tumanlarida aholi xonadonlarini qayta xatlovdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

📊 Asaka hamda Shahrixon tumanlaridagi statistik ma'lumotga ko'ra 150 ta MFYlarda 10 703 gektar yer maydonida joylashgan 112 315 ta turar-joylar qayta xatlovdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

📝 Joriy yilning 16 sentyabr holatiga mavsum boshidan 4 096 gektar yer maydonida joylashgan 39 054 ta 34,8 % turar-joylar qayta xatlovdan o'tkazib chiqilidi.

Natijada,
- 294 gektar yer maydonida 2 159 ta yangi qurilgan obyektlar;
- 119 gektar yer maydonida 2 179 ta qo'shimcha aniqlangan obyektlar aniqlandi.

🖥 17 436 ta 16 % turar-joylar elektron xaritalarga tushurildi.
Forwarded from Kadastr - Live
​​#Kadastr #milliy_geoaxborot

🔰Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasiga muvofiq Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibi belgilab qo‘yilgan. Unga ko'ra tizimiga kiruvchi "BINO VA INSHOOTLAR DAVLAT KADASTRI" Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan yuritiladi.


🏘 BINO VA INSHOOTLAR DAVLAT KADASTRI (Hududlar kesimida)

🔹 Bino va inshootlardan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishni;

🔹 Mulk egalarining va obyektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini;

🔹 Shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini taʼminlash uchun yuritiladi.

2021-yil 1-avgust holatiga

🏠 Jami obyektlar soni: 7 909 851 ta

📲 Davlat kadastrlariga kiritilganlar soni 6 416 744 ta, 81,1 % ni tashkil qiladi.

Shundan, Andijon viloyati Bino va inshootlar davlat kadastri umumiy obyektlar soni 680 057 tadan 576 699 tasi DKYATga kiritilgan bo‘lib, 84,8 % ni tashkil qiladi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyundagi *“Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”*gi VM-389-sonli qarori.

Telegram Instagram YouTube Facebook
​​#Bilasizmi #Qonun_ijrosi #Andijon_viloyati

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining 2021 yil 16 avgust kuni qabul qilingan O'RQ-708-sonli Qonun bilan quyidagi javobgarliklar kuchaytirildi;

🔷Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa;

Bazaviy hisoblash miqdorining *uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha *miqdorda jarima yoki *uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash *yoki *bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish* bilan jazolanadi.

🔷Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish;

Bazaviy hisoblash miqdorining *to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima* yoki *ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash* yoxud *ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish* bilan jazolanadi

🔷Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Telegram|Instagram|Twitter|Facebook| You tube | Tik Tok
#Andijon #Asaka #kadastr #qaror_ijrosi

Andijon tumani muhandislari Asaka tumanidagi xatlov ishlarida ishtirok etishmoqda.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 avgust kungi 520-sonli qarori ijrosini ta'minlash bo'yicha Asaka tumanining Аxtachi va Obod mahallalarida xatlov ishlarida ishtirok etayotgan Аndijon tumani mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan oʼlchov ishlari bilan tanishildi.

O'lchov ishlarini olib borayotgan muhandislar tomonidan qaror ijrosi to'liq ta'minlanishi, yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, Аndijon tumani boʼlim boshligʼi va filial rahbarlari tomonidan muhandislarga tegishli koʼrsatmalar va topshiriqlar berildi.

Xatlov ishlari davom etmoqda.

Telegram|Instagram|Twitter|Facebook| You tube | Tik Tok