ANDIJON KADASTR
1.43K subscribers
7.58K photos
886 videos
6 files
5.03K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Oltinko'l tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

⭐️ 🌟Kadastr sohasida aholi muammolarini joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqlar berish maqsadida boshqarma rahbarlari ishtirokida fuqarolar uchun doimiy ravishda ochiq muloqot tarzda uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.

⚡️ Ana shunday uchrashuvlardan biri bugun Davlat kadastrlari palatasining Andijon viloyati boshqarmasi rahbari D.Akbarov tomonidan Oltinko‘l tumani Guliston mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirokida o‘tkazildi.

🗣Uchrashuvda joriy yilning 5-avgustida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni mazmun mohiyati, shuningdek qonun bilan fuqarolarga yaratilgan imkoniyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

🫥Shuningdek olib borilayotgan xatlov ishlari jarayonlarida xodimlar tomonidan korrupsiya, tamagirlik holatlariga uchraganda qanday yo'l tutish kerakligi, fuqarolarga xatlov jarayoniga turli vositachilarni aralashtirmaslik, moddiy manfaatdorlik taklif qilmaslik tushuntirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E’LON!

Hurmatli Ulug'nor tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Sizlarning kadastr sohasiga oid murojaatlaringizni o‘rganish hamda qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida🌟Davlat kadastrlar palatasi Ulug'nor tuman filiali mas’ullari ishtirokida 20-yanvar kuni 🕔 soat 11.00 da Ochiq muloqot tadbiri o‘tkaziladi.

📍Manzil: Ulug'nor tumani, Namuna MFY Margilon kochasi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi kurashish zamon talabi.

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mutaxassislari tomonidan Andijon va Buloqboshi tumanlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha murosasiz munosabatda bo‘lish, tizimda korrupsiyaning tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish va salbiy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf eshish maqsadida targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.

🫥O‘tkazilgan yig‘ilish davomida xodimlarini funksional vazifalarini to‘liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishlari, odob ahloq qoidalari va boshqa masalalar yuzasidan ham so‘z bordi.

🗣Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonunning talablaridan chetga chiqmagan holda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlarni ko‘rib chiqish (xatlov) jarayonida noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibini bilib oling.

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Ushbu xizmat kompozit tarzda ko‘rsatiladi;

3️⃣ Vakolatli organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

4️⃣ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

5️⃣Ariza beruvchi to‘lovlarni amalga oshiradi;

6️⃣Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko'rsatish muddati:

🔡) kadastr pasportini shakllantirish

🌟Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🟢umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
🟢ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

🔡) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

🟢2 ish kunigacha.

🪙 Xizmat narxi: Ko'chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlari

▶️ Xizmatdan foydalanish 👇

#onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xalq roziligi oliy qadriyat!

Aholi va tadbirkorlarni Kadastr sohasida muammolarini joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqlar berish maqsadida belgilangan reja asosida 🌟Davlat kadastrlari palatasining🇺🇿 Andijon viloyati boshqarmasi Ulug‘nor tuman filiali rahbari D.G‘ulomov ishtirokida ochiq muloqot tadbiri o‘tkazildi.

➡️Ochiq muloqot davomida fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ko‘chmas mulkka egalik huquqini olish hamda huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolari o‘rganildi va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

🗣Shuningdek "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi O‘RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati hamda qonun bilan fuqarolarga yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDA
NIMALARNI BILISHINGIZ KERAK?!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida" uslubiy qo'llanma ishlab chiqildi.

📃 Ushbu yo'riqnoma asosida tayyorlangan mazkur video orqali xatlov jarayonlarida e'tibor qaratish lozim bo'lgan tomonlar haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Noqonuniy qurilmalar ixtiyoriy bartaraf etildi.

⭐️Kadastr agentligining Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy tuman, shahar bo'limlari tomonidan yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini barvaqt aniqlash va belgilangan tartibda choralar ko'rish maqsadida doimiy nazorat tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.

🫥Jumladan, Buloqboshi tuman bo‘lim tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida tumaning Farovon mahallasida yashovchi fuqaro M.S tomonidan shu hududdagi tuman zaxirasida bo'lgan yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.

🗣Holat yuzasidan tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib fuqaroga sodir etilgan qonunbuzilish holatining huquqiy oqibatlari va ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha tushunchalar berildi. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida fuqaro tomonidan noqonuniy qurilishlar ixtiyoriy bartaraf etilib yer maydoni asl holiga qaytarilishi ta'minlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi 🇺🇿Andijon viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha bosh mutaxassislari tomonidan Oltinko‘l, Baliqchi va Paxtaobod tumanlarida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tizim xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish,“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunlar mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi hamda xodimlarni funksional vazifalarini to‘liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishlari yuzasidan ham so‘z bordi.

🫥Bundan tashqari “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida korrupsiya, tamagirlik, kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berilib, xodimlar ogohlikka chaqirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM