Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
36.2K subscribers
25.9K photos
6.39K videos
109 files
9.81K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_BIZ

JALAQUDUQ TUMANIDAGI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR O'RINBOSARLARI UCHUN "METODIK MAHORAT KUNLARI" O'TKAZILDI

(Mazkur mahorat kunlari "Andijon axboroti" informatsion dasturida)

Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi
#26jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

"YURTBOSHIMIZNING USTOZLARGA BERGAN IMKONIYATLARI SABAB, BUGUN MEN 1000 AQSH DOLLARIDAN ZIYOD MAOSH OLMOQDAMAN"

(Izboskan tumani 17-umumta'lim maktabining oliy toifali Ona-tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Fotimaxon G’ofurovaning o’y-fikrlari)

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi
#27jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

"MANA SHU ZAMINNI FARZANDLARIGA TA'LIM BERAYOTGANIMDAN FAXRLANAMAN, 1000 AQSH DOLLARI MAOSH-BU MEN UCHUN ISHONCH"

(Izboskan tumani 35-umumta'lim maktabining oliy toifali Ingliz tili fani o'qituvchisi Ilhomjon Abdumalikovning o’y-fikrlari)

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASINING NAVBATDAGI “HAY’AT YIG’ILISHI” BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 28-yanvar kuni Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimi tasarrufidagi tuman, shahar MMTB rahbarlari, ta’lim sifati, ma’naviy muhit, iqtisod va moliyaviy yo‘nalishlar ma’sullari, ilg‘or ta’lim muassasalar vakillari va faxriy ustozlar ishtirokida navbatdagi “Hay’at yig‘ilishi” o‘tkazildi.

Yig‘ilish boshqarma boshlig‘i U.Shukurov raisligida olib borilib, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

Unda Boshqarma boshlig’i tomonidan yil davomida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda ta’lim muassasalarida ta’lim sifati samaradorligini oshirish, ustozlarni malaka toifalarini ko’tarish, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga kirish ko’rsatkichini oshirish va maktablardagi ma’naviy muhitni yaxshilash yo‘nalishlarida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar bisyor ekanligi ta’kidlandi.

Yig'ilish davomida aynan maktablarda ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchilarni oliygohlariga kirish ko’rsatkichini yaxshilash va boshqa yo‘nalishlarda kamchiliklarga yo’l qo’ygan maktab rahbarlariga nisbatan mehnat shartnomasini bekor qilish hamda intizomiy jazo-choralari qo’llash bo‘yicha ko’rsatmalar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJONDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGINING SAYYOR QABULI O’TKAZILDI

Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilayotgan inson qadrini ulug‘lash, aholini rozi qilish hamda fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash yo‘nalishlaridagi qator tashabbuslar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizim rahbarlari ishtirokida “Qabul kun”lari tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 29-yanvar kuni Respublika ishchi guruhi a’zosi, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosari F.Boqiyev ishtirokida Bo’ston tumanida qabul jarayonlari o‘tkazilib, unda tizim vakillari hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglandi.

Sayyor qabul davomida vazir o’rinbosari F.Boqiyev tomonidan murojaatlar o'rganilib, ijobiy hal etildi va fuqaro murojaatlari bilan ishlashda ikki karra ma’suliyat bilan masalaga yondoshish bo’yicha mutasaddilarga kerakli ko’rsatmalar berildi.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Web sayt
RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI TOMONIDAN "JASORAT MAKTABLARI" KOʻZDAN KECHIRILDI

Xabaringiz bor, “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror asosida joylarda targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Respublika ishchi guruhi a'zosi, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari F.Boqiyev joriy yilning 29-yanvar kuni Andijon viloyatida boʻlib, Boʻston tumanidagi 48-IDUM hamda Asaka tumai 25-DIMlarda tashkil etilgan "Jasorat maktablari"ni koʻzdan kechirdi.

Shuningdek vazir oʻrinbosari F.Boqiyev Asaka va Boʻston tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar maktablaridagi toʻgaraklar faoliyati bilan ham tanishib, Andijonda joriy yilning aprel oyida "Jasorat maktablari forumi"ni tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.