Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Ozini_ozi_band_qilish
#Taksi_agregator

Andijonda 8 609 nafar taksi haydovchisi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan.

Yil boshidan 30-sentabrgacha agregatorlar orqali 1 million 900 mingdan ortiq qatnov uchun 29 mlrd so‘mlik fiskal chek berilgan.

Bir martalik yo‘lovchi tashishning o‘rtacha narxi 15 271 so‘mni tashkil etgan. Yo‘l kiraning 99 foizi naqd ko‘rinishida to‘langan.

Taksi haydovchilarining 99,6 foizi erkaklar hisoblanadi.

Ular eng ko‘p Nexia, Cobalt, Lacetti, Spark va Matiz haydaydi.

Ularning yil boshidan 30 sentabrgacha bo‘lgan daromadi quyidagicha taqsimlangan:

2 961 nafari — 1 mln so‘mgacha;
2 445 nafari — 1-5 mln so‘m;
1 076 nafari — 5-10 mln so‘m;
1 954 nafari — 10-50 mln so‘m;
164 nafari — 50-100 mln so‘m.

9 nafar haydovchining daromadi 100 mln so‘mdan oshgan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|