Andijon viloyati soliq boshqarmasi
849 subscribers
4.24K photos
1.03K videos
72 files
3.64K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Soliqchilar uchun o'quv seminar tashkil etildi

Batafsil:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_mart_bayram_tabrigi

Ayol – oila, jamiyat va millat tayanchidir.

Aziz ayollar va dilbar qizlar, Sizlarni Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi jamoasi 8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" bilan samimiy muborakbod etadi. Sizlarga uzoq umr, baxt-saodat, oilaviy xotirjamlik tilaydi.

BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ AYOLLAR!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_mart

Ayol borki, olam munavvar.

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi jamoasi 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan hamkasb xotin-qizlar uchun ajoyib tadbir tashkil etdilar.

🌹 Bayram tadbiriga faxriy mehmonlar va ayni paytda nafaqa gashtini surayotgan sobiq hamkasblar ham taklif etildi.

🌹 Tadbir davomida Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i davlat soliq xizmati organlarida sidqidildan xizmat qilib ayol xodimlar va ularning yaqinlarini bayram bilan qutlab esdalik sovg‘alarni topshirdi.

🌹 Tadbirning badiiy qismida san’atkorlarning kuy qo‘shiqlari xotin-qizlarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#8_mart

Davlat soliq xizmati organlarida mehnat qilayotgan ayollarga ehtirom ko‘rsatildi

🔷Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev davlat soliq organlarida xizmat qilayotgan barcha ayollar bilan «videokonferens-aloqa» orqali suhbat uyushtirib, ularni bayram bilan samimiy qutladi.

🌹Tadbirda ishtirok etgan sohaning jonkuyar xotin-qizlari bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida barcha sohalarda xususan, davlat soliq xizmati organlarida ham ayollarning safi ortib borayotganini e’tirof etdilar.

O‘z navbatida ayol kadrlarga bildirilgan ishonch, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va ehtirom uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#uchrashuv

DSQ raisi: Ayollar ham soliq inspeksiyalarini boshqara oladi

Bugun, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlar bilan uchrashdi.

Samimiy muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda markaziy apparat va Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo DSI ayollari bevosita qatnashgan bo‘lsa, hududiy DSB va inspeksiyalari xodimalari videokonfrensaloqa orqali ishtirok etdi.

Dastlab, Sherzod Kudbiyev tizimda xizmat qilayotgan ayollarni yaqinlashib kelayotgan 8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuni bilan samimiy tabriklab, ularga yuksak ehtiromini bildirdi.

– Ayol timsoli, uning pokiza ziynati har qanday taʼrifdan baland turadi. Uni hech qanday qiyos yoxud tashbeh bilan ifodalab bo‘lmaydi, – dedi Sherzod Kudbiyev. – Har doim, har qanday rivojlangan jamiyatda ayollar roli muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu boisdan Yangi O‘zbekistonni har tomonlama rivojlangan davlat sifatida barpo etishga qaratilgan islohotlarda ham opa-singillarimizning davlat va jamiyatdagi nufuzini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Taʼkidlash joizki, hozirda soliq organlarida 2 400 ga yaqin xotin-qiz xizmat ko‘rsatmoqda. Ular xodim, boshqarma boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i, inspeksiya boshlig‘i sifatida o‘z vazifalarini aʼlo darajada bajarib kelmoqda.

Ayol rahbarlar boshqaruvidagi Xonobod va Kogon shahar DSI faoliyati yuqori baholanib, yetakchi davlat idorasi sifatida eʼtirof etilmoqda.

Soliq xizmati organlarida ayol rahbarlar sonini oshirish uchun
ham men sizlar bilan shaxsan o‘zim uchrashishga qaror qildim. Aniq bilamanki, orangizda rahbarlik vazifasini bemalol bajarishga qodir ayollar yetarlicha topiladi.

Bugungi suhbatimizdan keyin tez orada ana shunday hamkasabalarimizni inspeksiya yoki boshqarma boshlig‘i sifatida ko‘rsak ajabmas.

Shundan so‘ng, tizimda faoliyat yuritayotgan ayollar ham so‘z olib, keyingi yillarda soliq xizmati organlarida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, xususan, gender tenglik, xotin-qizlarning roli oshib borayotgani haqida iliq fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv tizimdagi har bir ayol xodima uchun qo‘mita raisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, o‘z fikr mulohazalarini bildirish imkonini berdi.

Tadbir yakunida bu kabi uchrashuvlarni anʼanaga aylantirish taʼkidlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv tizimdagi har bir ayol xodima uchun qo‘mita raisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkonini berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#8_mart

SIZLAR DOIMO E’ZOZ VA EHTIROMDASIZLAR!

Batafsil:👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qaror_loyihasi

💬 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Suv resurslarini aniq hisobga olish tizimini yo‘lga qo‘yish va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha ma’murchilikni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihada barcha foydalanilgan suv resurslari hisobini yuritish bo‘yicha yagona avtomatlashtirilgan nazorat tizimini joriy qilish nazarda tutilgan.

Qaror loyihasi bo‘yicha taklif berish 2022-yil 18-martgacha.

Batafsil

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|