Andijon viloyati soliq boshqarmasi
844 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#keshbek

Soat 21:00 holatiga 4164 nafar fuqaro jami 568 mln so‘m keshbek summasini o‘z bank kartasiga o'tkazdi.
———————————
#кешбэк

По состоянию на 21:00 часов 4164 граждан уже перевели на свои банковские карты кешбэк в размере 568 млн сумов.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

"Soliq" mobil ilovasidagi tasdiqlangan "keshbek" mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?
_____________________
#кешбэк

Как перевести в мобильном приложении "Soliq" подтвержденные средства "кэшбэк" на банковскую карту

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 AOKAda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda “Keshbek”, "Soliq hamkor" tizimi va soliq tekshiruvlari mavzusi bo‘yicha aholi va tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushayotgan savollarga javoblar berildi.

👉Brifingni to‘liq tomosha qilish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#keshbek
#jamoatchilik_nazorati

Yana 15 mingdan ortiq iste'molchiga keshbek to‘lab berildi

23-fevral kuni 86,7 ming nafar iste’molchiga 15,1 mlrd so‘m keshbek to‘lab berilgani, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining soliq hisobotlaridagi kamchiliklar sabab o‘tgan oy uchun hisoblangan 5,4 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘lanmasdan qolganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

📊 11 839 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, kamchiliklar tuzatilishi hamda ularning qarzdorligi kamayishi bo‘yicha o‘zgarishlar inobatga olinib, qolgan keshbek summalari ham to‘lab berilmoqda.

Bugun yana 15 043 nafar iste'molchilarga 749,5 mln so‘m keshbek to‘lab berildi va jami keshbek olganlar soni 101778 nafarga, keshbek summasi esa 15,9 mlrd so‘mga yetdi.

Shundan 15:00 holatiga
33 mingdan ortiq fuqaro 7,8 mlrd so‘m keshbek summasini bank kartasiga o‘tkazdi.

❗️Fevral oyida yig‘ilayotgan keshbek summasi mart oyining 21-25-sanalarida to‘lab beriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#bilasizmi #imtiyoz #soliq #kontrakt

🧑🏻‍🎓 Kollej, texnikum va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod etiladi

🔵 O‘zbekiston soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga muvofiq professional (kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar) va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (👨‍👩‍👧‍👦 o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov amalga oshirilganda, to‘lov qilingan qismi daromad solig‘idan ozod etiladi.

☝️Soliq organiga 👩🏻‍💻📄deklaratsiya topshirish orqali kontrakt to‘lovida soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

📄 👩🏻‍💻Ta’lim uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda soliq chegirmasi taqdim etiladi:

👉 o‘z mablag‘lari;
👉 jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
👉 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).
👉 to‘lov oylik ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda, soliq organiga jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin (27.05.2010 yil Adliya Vazirligidan 2107-son bilan ro‘yxatga olingan Nizom).

❗️Bunda, soliq chegirmasi OTMda o‘qish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga, soliq davri uchun ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi.

📄 👩🏻‍💻 Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

👉 talaba bilan oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
👉tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
👉oliy o‘quv yurtlari hisob raqamiga pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
👉pasport nusxasi va ta’lim oluvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.

Aka-uka, opa-singil, amma-xola, amaki-tog‘a, vasiy va boshqalarning ta’limi uchun to‘lovlarda ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi❗️

👩‍💻Uydan chiqmagan holda soliq deklaratsiyalarini tez va oson topshiring.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_hamkor

Huquqbuzarliklar haqidagi har bir murojaat batafsil o‘rganiladi

Davlat soliq qo‘mitasi aholi murojaatlari asosida o‘tkazilayotgan soliq tekshiruvlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan ayrim munosabatlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

“Soliq” mobil ilovasi orqali yo‘llangan murojaatlar asosida nazorat tadbirlari o‘tkazilishidan avval, har bir murojaat batafsil o‘rganib chiqiladi.

Onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali chop etilgan har bir chek soliq organlari maʼlumotlar bazasiga avtomatik kelib tushadi, murojaatchining xabari bevosita ushbu subyektga o‘rnatilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi maʼlumotlari bilan solishtiriladi.

Bunda avtomatik rejimda ushbu obyektdagi nazorat-kassa texnikasidan chek chop etish davri, summasi, murojaatda ko‘rsatilgan tovar nomenklaturasi, yaʼni har bir detalga alohida eʼtibor qaratiladi.

Murojaatda keltirilgan huquqbuzarlik tasdiqlansa, ushbu huquqbuzarlik uchun qonunchilikda belgilangan miqdorlarda jarima belgilanadi. Jarima tadbirkorlik subyekti tomonidan 10 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarima miqdori ikki baravarga kamaytiriladi.

❗️Chek talab qilish faqatgina moddiy rag‘bat uchun, taqdim etish esa jarimadan xalos bo‘lish uchungina amalga oshirilmasligi lozim.

Bu jarayonlarda o‘z haq-huquqlarimiz va majburiyatlarimizni to‘la anglab yetgan holda, ularni o‘z vaqtida ado etishni odatga emas madaniyatga aylantirishimiz lozim.

👉Batafsil:

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Huquqbuzarliklar haqidagi har bir murojaat batafsil o‘rganiladi

Davlat soliq qo‘mitasi aholi murojaatlari asosida o‘tkazilayotgan soliq tekshiruvlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan ayrim munosabatlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

“Soliq” mobil ilovasi orqali yo‘llangan murojaatlar asosida nazorat tadbirlari o‘tkazilishidan avval, har bir murojaat batafsil o‘rganib chiqiladi.

Onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali chop etilgan har bir chek soliq organlari maʼlumotlar bazasiga avtomatik kelib tushadi, murojaatchining xabari bevosita ushbu subyektga o‘rnatilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi maʼlumotlari bilan solishtiriladi.

Bunda avtomatik rejimda ushbu obyektdagi nazorat-kassa texnikasidan chek chop etish davri, summasi, murojaatda ko‘rsatilgan tovar nomenklaturasi, yaʼni har bir detalga alohida eʼtibor qaratiladi.

Murojaatda keltirilgan huquqbuzarlik tasdiqlansa, ushbu huquqbuzarlik uchun qonunchilikda belgilangan miqdorlarda jarima belgilanadi. Jarima tadbirkorlik subyekti tomonidan 10 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarima miqdori ikki baravarga kamaytiriladi.

❗️Chek talab qilish faqatgina moddiy rag‘bat uchun, taqdim etish esa jarimadan xalos bo‘lish uchungina amalga oshirilmasligi lozim.

Bu jarayonlarda o‘z haq-huquqlarimiz va majburiyatlarimizni to‘la anglab yetgan holda, ularni o‘z vaqtida ado etishni odatga emas madaniyatga aylantirishimiz lozim.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#MHXS

MHXS bo‘yicha hisobot topshirish muddati ko‘chirildi

Moliya vazirligi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida 2021-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotni va u bilan bog‘liq soliq hisobotini taqdim etish tartibi to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.

❗️Shunga muvofiq, 2021-yil yakunlari bo‘yicha MHXS asosidagi yillik moliyaviy hisobot va MHXSga o‘tgan yuridik shaxslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha soliq hisoboti shakllarini (r/r 3221-1, 20.10.2020) taqdim etish uchun 1-martgacha etib belgilangan muddat keyinroqqa, biroq joriy yilning 15-mayidan oldin bo‘lmagan muddatga ko‘chirildi.

✔️Prezidentimizning 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son qarori 8-bandiga asosan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga o‘tgan yuridik shaxslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar” soliq hisobot shakllari joriy qilingan.
____________
#МСФО

Перенесены сроки представления отчётности по МСФО

Министерство финансов проинформировало о порядке представления финансовой отчетности по итогам 2021 года на основе международных стандартов финансовой отчетности (МСФО), а также связанной с ней налоговой отчетности.

❗️Согласно этому сроки представления годовой финансовой отчетности по МСФО и формы налоговой отчетности по показателям, необходимым для исчисления налогов юридических лиц, перешедших на МСФО (рег. No 3221-1 от 20.10.2020) по итогам 2021 года, которые были установлены до 1 марта, переносятся на более поздний срок, но не ранее 15 мая текущего года.

✔️Согласно п.8 Постановления Президента №4611 от 24.02.2020 установлены формы налоговой отчетности "Показатели, необходимые для исчисления налогов юридических лиц, перешедших на международные стандарты финансовой отчетности".

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2022-yil 1-martdan:

👉Soliq kodeksining 380-moddasi 1-qismiga muvofiq bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyoz MHEKMning 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi;

👉1.03.2024-yilga qadar
ish beruvchilarga nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi
Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi,
▫️budjet tashkilotlari;
▫️davlat korxonalari;
▫️ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar
bundan mustasno.
Bunda, ijtimoiy soliq summasi nogironligi bo‘lgan shaxslarning 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan 7-oydan boshlab qaytariladi.

PQ-57, 21.12.2021
__________
#новое_в_законодательстве

С 1 марта 2022 года:

👉 льгота, установленная в соответствии с ч.1 ст. 380 НК РУз по налогу на доходы физических лиц для инвалидов с детства и лиц с инвалидностью I и II групп, увеличивается с 1,41-кратного до 3-кратного МРОТ;

👉 до 1 марта 2024 года работодателям возвращается из Государственного бюджета в полном объеме сумма социального налога, уплаченная ими за лиц с инвалидностью.
За исключением:
▫️бюджетных организаций;
▫️государственных предприятий;
▫️юридических лиц, в уставном фонде (капитале) которых доля государства составляет 50% и более
.
При этом сумма социального налога возвращается начиная с седьмого месяца при условии осуществления лицами с инвалидностью непрерывной трудовой деятельности в течение 6 месяцев.

ПП от 21.12.2021 №57

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Blits_intervyu

Jamoatchilik qanday fikrda?

Soliqlar mamlakatimiz taraqqiyotiga, xalqimiz farovonligi va tinchligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Lekin, ming afsuski soliqdan qochish holatlari ham uchrab turibdi.

Nima uchun odamlar soliqdan qochadi?

Yashirin iqtisodiyotga nima sabab bo‘lyapti?

Mazkur savollarga yurtdoshlarimizdan javob olishga harakat qilamiz.

👉YouTubeda ko‘rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 1-mart

- soliq davri yakunlari bo‘yicha foyda solig‘i soliq
hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 339-moddasi 5-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️1 марта 2022 года крайний срок

- представления налоговой отчетности по налогу на
прибыль по итогам налогового периода
(ч.5 ст. 339 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mol_mulk #yer_soligi

Jismoniy shaxslar to‘lashi lozim bo‘lgan mol-mulk va yer solig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qanday olishi mumkin?

1️⃣ my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JShlarning solishtirma dalolatnomalari" bo‘limidan hisoblangan, to‘langan va mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin.

2️⃣ Elektron to‘lov tizimlari (“Click”, “Payme”, “Paynet”, “UPay”) orqali ma’lumot olishda soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) kiritiladi. Ilovadan qarzdorlik, joriy yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish hamda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

❗️To‘lov tizimlari orqali mol-mulk solig‘i 66 kod bo‘yicha, yer solig‘i 67 kod bo‘yicha to‘lanadi.

3️⃣ To‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk va yer soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq inspeksiyasiga tashrif buyurgan holda aniqlash mumkin.

📩 Soliq to‘lovchilarga mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash to‘g‘risidagi xabarnoma har yili 1-martdan kechiktirmay topshiriladi.

❗️Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.
__________
#налог_на_имущество #земельный_налог

Как физические лица могут получить сведения об уплате налогов на имущество и землю?

1️⃣ Получить сведения о начисленных и уплаченных суммах налога, а также имеющейся задолженности можно, если войти с помощью ЭЦП в персональный кабинет налогоплательщика в раздел "Акты сверок физического лица".

2️⃣ Получить информацию можно и в электронных платежных системах (“Click”, “Payme”, “Paynet”, “UPay”) путем ввода персонального идентификационного номера физического лица (ПИНФЛ). В приложениях доступна информация о наличии задолженности за текущий год и можно произвести оплату.

❗️В платежных системах оплата налога на имущество производится по коду 66, по земельному налогу - по коду 67.

3️⃣ За получением информации о подлежащих уплате налогах на имущество и землю также можно обратиться в Государственную налоговую инспекцию.

📩 Каждый год не позднее 1 марта налогоплательщиков уведомляют о необходимости уплаты налога на имущество и земельного налога.

❗️Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса физические лица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#savol_javob

Advokatlik byurosi xizmatlari QQSga tortiladimi?

🔸 2022-yil 1-yanvardan notijorat tashkilotlari, shu jumladan budjet tashkilotlari aylanma solig‘i to‘lovchilari hisoblanmaydi va tovar (xizmat)lar realizatsiya qilganda va (yoki) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirganda QQS to‘lashga o‘tadi.

👉O‘RQ-741, 29.12.2021

Advokatlar hay’ati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari faoliyatning notijorat tashkilotlar sifatida advokatlar tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq qismi bo‘yicha soliqlar va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinadi, quyidagilar bundan mustasno:
▫️bojxona to‘lovlari;
▫️ijtimoiy soliq;
▫️to‘lov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar.

👉Soliq kodeksining 477-moddasi

Advokatlar hay’ati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan) soliqlar va yig‘imlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun Soliq kodeksda nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.

Shu munosabat bilan, notijorat tashkilot sifatida xizmat ko‘rsatayotgan advokatlik byurolari QQS to‘lashga o‘tmoqda.

Ayni vaqtda EHF tizimida soliq to‘lovchilarning ushbu toifasi "QQS to‘lovchi" maqomida ko‘rinadi.

Yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlar uchun EHF shakllantirishda Soliq kodeksining 477-moddasida nazarda tutilgan imtiyozga biriktirilgan quyidagi MXIKdan foydalanish lozim:

Advokatlik xizmati – 10601001001000000

👉Xorijiy tashkilot vakolatxonasi QQS to‘lovchi hisoblanadimi?

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

🔰2022-yil 1-martdan

🔷 bolalikdan nogiron bo‘lgan shaxslar va I va II guruh nogironlari daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi;

🔷 2024-yil 1-martgacha ish beruvchilarga nogironlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq Davlat byudjetidan to‘liq qaytarib beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay

Respublika ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatining Shahrixon, Paxtaobod, Qo‘rg‘ontepa tumanlaridagi MFYlarda mahallabay ishlash tizimini yaxshilash, aholi roziligini ta’minlash, infratuzilma va ijtimoiy muhitni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Batafsil: 👆Andijon axboroti” information dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|